Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi darslik


Vaqtinchalik tayanch va so‘rilardan foydalanish



Download 4,86 Mb.
bet37/68
Sana14.04.2023
Hajmi4,86 Mb.
#927890
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68
Bog'liq
Toshkent arxitektura qurilish instituti

8.4. Vaqtinchalik tayanch va so‘rilardan foydalanish


Konstruksiyalarning konstruktiv xususiyatlari va ishlash sharoitlariga bog‘liq holda montaj qilishning, shu jumladan so‘rilardan montaj qilishning vaqtinchalik tayanchlardan foydalangan holdagi turli usullari – yarim osma va osma yig‘ish uchraydi.
Montaj qilish jarayonida konstruksiyani tutib turuvchi va uning massasidan tushayotgan yuklanishlarni qabul qiluvchi yaxlit so‘rilarda qobiqlar, gumbazlar, arkalar, ko‘priklarning oraliq qurilmalarining ayrim turlarini va boshqalarning montaji amalga oshiriladi.
Xavfsiz va unumli ishni ta’minlovchi kranosti yo‘llari bo‘ylab harakatlanuvchi ko‘chma so‘rilar, katta oraliqni tomyopmalarni montaj qilishda yig‘ishning qulayligi uchun qo‘llaniladi va bu elementlarning tutashgan tugunlari ostida joylashtiriladi (8.4-rasm).

8.4-rasm. Ko‘chma so‘rilardan foydalanib ark tomyopmasini montaj qilish:
1 – minorali kran; 2 – arkning montaj tutashuv joylari; 3 – domkratli ko‘chma montaj qiluvchi so‘rilar.
Vaqtinchalik tayanchlardan foydalanish bilan agar konstruksiyalarni butunligicha o‘rnatish imkoni bo‘lmasa yoki maqsadga muvofiq bo‘lmasa, uni qismlari bo‘yicha (asosan katta oraliqlar va katta massali) montaj qilish amalga oshiriladi.
Yarim osma yig‘ish shunisi bilan ajralib turadiki, bunda montaj qilish jarayonida konstruksiya vaqtinchalik tortqichlar bilan tutib turiladi yoki oraliq tayanchlarga o‘rnatiladi. Bunday usulda gumbazlar, arkalarning ayrim konstruksiyalari, ko‘priklarning oraliqli qurilmalari konstruksiyalari montaj qilinadi.
Osma yig‘ishni qo‘shimcha tayanchlarsiz amalga oshiriladi. Konstruksiyani bir tomonidan doimiy tayanchga yoki avval montaj qilingan qismga mahkamlab, vaqtinchalik konsol tizimi hosil qilinadi. Bu usulning qo‘llanilishi inshootning montaj qilish jarayonida yig‘iladigan katta qulochli konsollarning zarur mustaxkamligini va barqarorligini ta’minlaydigan konstruktiv xususiyatlari mavjud bo‘lgandagina mumkindir.
Montaj qilish uchun so‘rilardan foydalanishni arkali konstruksiyalarni barpo etish misolida izohlash mumkin. Katta oraliqli bunday konstruksiyalar fuqarolik va sanoat vazifalarini bajaruvchi binolar – vokzallarda, sport zallarida, har xil omborlarda qo‘llaniladi. Tayanch konstruksiyalarga gorizontal kuchlanishlarining (tirkovchi) uzatilishini istisno qilish uchun arkalarni turg‘un holatini ta’minlash uchun tortqichlar bilan loyihalanadi. Tortqichlar bo‘lmaganda ustunlarga yoki temirbeton asosga ham vertikal, ham gorizontal kuchlanishlar uzatiladi.
Odatda, (ravog‘i) oralig‘i 48 m dan ortiq bo‘lgan arkalar vaqtinchalik tayanchlardan foydalangan holda yarim arka qilib yoki yanada mayda elementlar tarzida montaj qilinadi. Vaqtinchalik tayanchlarning soni arkaning oralig‘i (ravog‘i) ga, montaj mexanizmlarining yuk ko‘tarish qobiliyatiga va arkaning konstruktiv yechimlariga bog‘liq bo‘lib, ular ko‘pincha tomyopmani montaj qilish texnologiyasi qanday bo‘lishi kerakligini belgilab beradi.
Osmalari montaj blokining tortqiga tiralishida vujudga keladigan kuchlanishlarni qabul qilishga mo‘ljallanmagan tortqili arkalarni montaj qilganda teleskopik konstruksiyali vaqtinchalik tayanchlardan foydalaniladi. Bu holatda arka elementlari va tortqilar alohida montaj qilinadi. Ikki arka montaj qilinib, tugunlar mahkamlanib va tortqilar taranglashtirilgandan so‘ng gumbaz hosil qilish (ko‘chirish) amalga oshiriladi, bu jarayonda vaqtincha tayanchlardagi domkratlar yoki boshqa ko‘tarib turuvchi elementlar sekin, ohista tushiriladi. Gumbaz hosil qilish (ko‘chirish) deganda, shunday amal tushuniladiki, buning natijasida montaj qilinayotgan konstruksiyaning xususiy massasidan tushayotgan yuklanish tayanch loyiha elementlariga to‘liq uzatiladi, vaqtinchalik montaj tayanchlari esa yuklanishdan ozod bo‘ladi. Tayanchlar tortqi satxidan pastroqqa tushiriladi va montaj qilish davomida keyingi oraliqlarga ko‘chiriladi.
Montaj qilish uchun ikkita vaqtincha tayanch mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan uch sharnirli arkani (8.5-rasm) montaj qilish misolini ko‘rib chiqamiz. Har bir tayanchning o‘rtacha teleskopik qismi arkaning ikki


Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish