8.3. Karkas elementlarini o‘rnatish ketma – ketligi
Elementlarni o‘rnatish ketma – ketligiga bog‘liq holda montaj qilishning differensial (alohida), kompleks va aralash
(kombinatsiyalashgan) usullari qo‘llaniladi.
Differensial usulda bir xil nomli konstruktiv elementlar bir vaqtda mustaqil oqimlar bilan montaj qilinadi. Bunda montajchilarning ish unumi oshadi va kranlarni yuk ko‘tarish qobiliyatidan yanada to‘laroq foydalaniladi. Differensial montaj bitta yoki bir – birining ketidan harakatlanuvchi bir qancha montaj mexanizmlari bilan amalga oshirilishi mumkin.
Bu usul bir qavatli sanoat binolarida faqat stropila fermalarini ketma – ket o‘rnatishga imkon bermaydi, chunki hatto ularning montaj uzellari to‘liq payvandlanganidan keyin ham ularning mustaxkamligini ta’minlab bo‘lmaydi. Barpo etilayotgan binoda ketma – ket stropila osti va stropila fermalari o‘rnatilganda fermalarga plitalarini o‘rnatish uchun montaj kranidan foydalanish qiyin bo‘ladi yoki imkoni bo‘lmaydi.
Kompleks usulda barcha konstruksiyalarni o‘rnatish bir oqimda olib boriladi, natijada binoning to‘liq montaj qilingan yacheykalari paydo bo‘ladi. Keyingi ishlarni bajarish uchun front ochiladi, qurilishning umumiy muddatlari qisqaradi.
Montaj qilishning kompleks usuli konstruksiyalarni binoning har bir yacheykasida kompleks o‘rnatishdan iborat va karkasining konstruksiyalari metalldan bo‘lgan binolar uchun xosdir. Birinchi yacheyka uchun avval to‘rtta ustun montaj qilinadi, ularga darxol loyihaviy holat ta’minlanadi va ular orasida zarur bo‘ylama bog‘lanishlar o‘rnatiladi. Keyin ikkita kranosti to‘sini o‘rnatiladi, stropilaosti fermasi montaj qilinadi. Yacheykani montaj qilish stropila fermalarini progonlar va bog‘lanishlar bilan o‘rnatish, yopma elementlarni qo‘yish orqali tugallanadi. Keyin konstruktiv elementlarni o‘rnatish ketma – ketligi saqlanadi, lekin montaj qilinadigan elementlar soni o‘zgarishi mumkin. Kompleks usuldan turli ismli konstruksiyalarning massalaridagi farq katta bo‘lganda qo‘llanish maqsadga muvofiq emas.
O‘z ichiga avvalgi ikki usulning afzalliklarini qamrab olgan aralash usulda elementlarni o‘rnatishning eng xilma – xil va ketma – ketligiga yo‘l qo‘yiladi.
Yig‘ma temirbetonli bir qavatli sanoat binolari uchun xos bo‘lgan bu usul poydevorlar stakanlarini, ustunlarini, kranosti to‘sinlarini, devor panellarini, pardadevorlarini, deraza panjarasini alohida o‘rnatishga va stropilaosti, stropila konstruksiyalarini, ustyopma panellarini va ba’zida kranosti to‘sinlarini kompleks usulda, yagona oqimda montaj qilishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |