4-ma’ruza: Bir va ko‘p qavatli sanoat binolarinining sinchlari (karkaslari).
Tayanch so‘z va iboralar:
ustunlar, tokchali ustunlar
Reja:
1.
Sanoat binolarining metall ustunlari
2.
Sanoat binolarining temirbeton ustunlari
Bir va ko‘p qavatli sanoat binolari sinchlarini tuzishda temir beton va
po‘lat ustunlar qo‘llaniladi.
56
Bir qavatli sanoat binolari temir beton ustunlari tokchali yoki tokchasiz
(ko‘prik kranlar bilan jihozlangan holda) holda bo‘lishi mumkin. Ularni bino
tarxida j
oylashishiga qarab o‘rta va chekka qator ustunlariga ajratiladi (2.13-rasm).
Ustunlar kesimi to‘g‘ri to‘rt burchakli, tavr profilida va ikki ko‘rinishga
ega bo‘ladi. Ustun ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari unga tushayotgan yuk
miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Ustunlar kesimi unifikatsiyalangan bo‘lib, to‘g‘ri
to‘rt burchak kesimli ustunlar uchun 400x400: 400x600: 400x800: 500x500:
500x600: 500x800mm, kesimi tavr profilida bo‘lgan ustunlar uchun kesimi
uchun esa 400x1000: 500x1000: 500x1300: 500x1400: 500x1500: 600x1400:
600x1400: va 600x2400mm qilib olinadi. Bunda ustunlarni balandligi bo‘yicha
mahsus detallar o‘rnatilgan bo‘lib, ularga devor panellarini qotirish ko‘zda
tutiladi (2.14-rasm). Ustunlar qurilish maydonlarida yig‘iladigan bir necha
qismdan iborat bo‘lishi ham mumkin.
Ustunlarni koordinatsiya o‘qlariga bog‘lash muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
unifikatsiya qilingan elementlarni montaj qilish, yig‘ma konstruksiyalar
orasidagi tirqishlar va choklarni hisobga olish uchun modul o‘lchamlar ko‘zda
tutilgan bo‘ladi. (2.14-rasm).
Tokchali ustunlar kran usti va kran osti shoxlardan iborat bo‘ladi. Kran usti
shohlari kesimi ko‘pincha kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rt burchakli bo‘lib, 400x400:
yoki 500x500mm qilib olinadi. Bu ustunlarni sinfi V20-V40 bo‘lgan yuqori
sifatli betonlardan hamda har xil sinfdagi armaturalardan tayyorlanadi.
Ustun uzunligi sex balandligi va ustunning poydevori ichiga tushiriladigan
qismi to‘rt burchakli ustunlar uchun: agar bino ko‘prik kran bilan jihozlanmagan
bo‘lsa, 750mm; agar bino ko‘prik kran bilan jihozlangan bo‘lsa, 850mm; ikki
shoxli ustunlar uchun bu kattalik sex balandligi 10,8m bo‘lganda – 900mm; sex
balandligi 10,8 metrdan yuqori bo‘lgan hol uchun – 1000mm; ikki shoxli
ustunlar uchun 1050 va 1350mm qilib olinadi.
2.13-rasm. Bir qavatli sanoat binolari temir beton ustunlarining asosiy
xillari:
57
a – ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rt burchakli ustunlar qadami 6m
bo‘lgan kransiz binolarda qo‘llaniladigan ustun;
b – bu ham, ustunlar qadami 12m bo‘lganda qo‘llaniladigan ustun;
v – ikki tarmoqli, ko‘proq kransiz binolarda qo‘llaniladigan ustun;
g – ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri to‘rt burchakli bo‘lib, ko‘prik krani
bilan jihozlangan binoda qo‘llanadigan ustun;
d – bular ham, faqat qo‘sh tavrli kesimga ega bo‘lgan ustunlar;
e – ikki tarmoqli ko‘prik krani bilan jihozlangan binolarda
ishlatiladi;
j – ustun umumiy ko‘rinishi.
1– yopma ko‘taruvchi konstruksiyalarni qotirishda ishlatiladigan zakladka
detali;
2 – 3 – bular ham, kran osti balkasini qotirishda ishlatiladi
4 – bu, ham devor panelini qotirishda ishlatiladi.
2.14a-rasm. Ustunlarda o‘rnatilgan mahsus quyma (zakladka) detallari va anker
boltlarining joylashishi
a – kransiz binolarning chetki qatorlari uchun;
b – kransiz binolarning o‘rta qatorlari uchun;
58
v – kranli binolarning chetki qatorlariga mo‘ljallangan to‘g‘ri
burchakli ustun;
g – kranli binolarning o‘rta qatorlariga mo‘ljallangan to‘g‘ri burchakli
ustun;
d – kranli binolarning chetki qatorlariga mo‘ljallangan ikki tarmoqli
ustun.
1. – quyma detallari
2. – po‘lat kallak
3. – anker boltlar
4. – konsol sirtidagi quyma detal
5. – ustun chetidagi quyma detal
2.14-rasm. Bir qavatli sanoat binolarining ustun va devorlarini
koordinatsiya o‘qlariga bog‘lash.
a – ustunlarni o‘rta o‘qlarga bog‘lash;
b,v – bularda ham, ustun va devorlarni chekka bo‘ylama o‘qlarga
bog‘lash;
g,e – bularda ham bino to‘ri qismidagi ustun va devorlarni va
harorat choki ko‘ndalang joylashgan joydagi ustunlarni ko‘ndalang o‘qlarga
bog‘lash;
j,i – oraliqlar balandligi bir xil bo‘lgan binolardagi bo‘ylama holda
joylashgan harorat choklari ustunlarni bo‘ylama o‘qlarga bog‘lash;
59
k,m – bularda ham parallel joylashgan oraliqlar balandligi har xil
bo‘lgan joylardagi bog‘lanishlar;
p,t – ko‘taruvchi devorlarni bo‘ylama koordinatsiya o‘qlariga
bog‘lash
– har xil balandlikdagi oraliqlarni baland oralig‘ini ustuni
– ko‘ndalang holda joylashgan baland oraliq to‘ri bilan taqalgan balandligi
pastroq bo‘lgan oraliq ustuni.
Bir qavatli sanoat binolarining karkaslari, odatda. ustunlar va yopma-
laming ko‘taruvchi konstruksiyalaridan iborat bo‘lgan ko‘ndalang rama- larva
bo‘ylama elementlar: poydevor. kran osti, bog‘lama to‘sinlari, to‘sin osti
konstruksiyalari hamda yopma plitalardan tashkil topadi (
7.1-rasm).
8.1-rasm.
Bir qavatli ishlab chiqarish binolarining temir-beton ustunlari:
a-bir shoxli to‘rtburchak kesimli - chetki va o‘rta; b-shunday, ikki shoxli.
1.
60
61
8.2 -
rasm
. Yig‘ma temir-beton ustunda po‘latli detallarni joylashuvi:
1-po‘latli taxtacha zulfinlar bilan; 2 kran osti to‘sinining mahkamlash detali; 3-
ustunni ko‘tarish uchun quvurcha; 4 kran osti to‘sinini tayantirish uchun po‘latli
tayanch taxtacha; 5-tashqi devorni mahkamlash uchun mo‘ljallangan elementlar.
Karkas materiali u qabul qiladigan kuchli va kuchli bo‘lmagan ta’sirlar tavsifi,
oraliqlar o‘lchamlari, ustunlar qadami. bino balandligi, qurilish joyi, o‘tga
chidamlilik talablari hamda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichiarga asoslanib qabul qilinadi.
Zamonaviy qurilish sanoatida asosan, yig‘ma temir-betonli karkaslar ishlatiladi.
Karkas ustunlari.
Ustunlar ko‘prik kranli va kransiz binolar uchun
mo‘ljallanadi. Konstruktiv echimi bo‘yicha bir shoxli va ikki shoxli ustunlar
tayyorlanadi. Binoda joylashgan o‘rni bo‘yicha chetki, o‘rta bo‘ylama qatorlar va
chetki ko‘ndalang qatorlarda qo‘llaniladigan ustunlar mavjud (5.
]-8.2-rasmlar).
Pol to‘shamasidan ko‘taruvchi yopma konstruksiyalar pastki sathi- gacha
balandligi 9,6 m gacha bo‘lgan ko‘prik, kransiz binolarda qo‘llaniladigan
ustunlarning kesimi 400x400, 500x500. 600x500 mm qabul qilinadi. Kesimi
400x400 mm bo‘lgan o‘rta qatorlar ustunlari ustida to‘sinlar tayanishini yaxshilash
maqsadida maxsus rafaqlar loyihalanadi. Kransiz bino balandligi 9,6 m dan oshsa, bu
vaqtda kranli binolar uchun mo‘ljallangan ustunlar ishlatiladi.
Ko‘prik kranli binolarda qo‘llaniladigan ustunlar kran usti va kran osti
qismlaridan iborat. O‘rta qatorlarning ustunlari ikkitadan, chetki qatorlarning
ustunlari bittadan rafaqqa ega bo‘ladi. CHetki va o‘rta qatorlar ustunlarining qadami
6 m bo‘lganda ularning kesimi 400x600 va 400x800 mm. 12 m bo‘lganda esa
500x800 mm qabul qilinadi.
Kranlar yuk ko‘tarishi 30 t gacha va bino balandligi 10,8 m dan osh- ganda ikki
shoxli ustunlar ishlatiladi. Ular bosqichli va bosqich-rafaqli bo‘lib, mos holda chetki
va o‘rta qatorlar ustunlari sifatida qabul qilina- dilar. Ustunlar balandligi 10,8 dan 18
m gacha bo‘ladi.
Ustunni 0 belgidan pastga chuqurlashtirish kattaligi uni xili va balandligi, kranlarning
yuk ko‘tarish qobiliyati, pol satxdan pastda xonalarning mavjud bo‘lishligiga bog‘liq
holda qabul qilinadi. Osma jihozlari bo‘lgan yoki bo‘lmagan binolarda ustunlarning
poydevorlarga o‘rnatish chuqurligi 0,9 m olinadi. Ko‘prik kranli binolarda to‘g‘ri
to‘rtburchak kesimli ustunlar qabul qilinsa, chuqurlashtirish kattaligi 1.0 m; ikki
shoxli ustunlar qabul qilinib, ularning balandligi 10,8 m bo‘lsa - 1,05 m; 12,6-18 m
bo‘lsa - 1,35 m; yuk ko‘tarishi 50 t dan ortiq kran loyihalangan bo‘lsa, 1,6 m qabul
qilinadi.Ustunlarning ijobiy konstruktiv echimlariga silindrik ko‘rinishdagilari misol
bo‘ladi. Bu echimni qo‘llash beton sarfini 30-50 %, po‘latni - 20-30 % ga kamay-
tirish imkoniyatini yaratadi.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |