Tomoshagoh muassasalar – kinoteatrlar, teatrlar,
konsert zallari, sirklar
Teatrlar, kinoteatrlar, klublar, konsert-filarmoniyalarning tomosha
zallari 20-jadval ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda loyihalanadi.
Balkonli, lojali, pog‘onali zallarning maydoni ajratib turuvchi
konstruksiyalar chegarasida aniqlanadi, jumladan:kinoteatrlar uchun -
estradani qo‘shgan holda, teatrlar, konsert zallari, universal zallar uchun –
estradaning yoki avansahnaning oldi chegarasigacha (yoki orkestr chuqurligi
to‘sig‘igacha).
Tomosha zallarining o‘lchamlari sahnadan yaxshi ko‘rinish va eshitish
texnologik talablarni hisobga olgan holda aniqlanadi. Tomosha zalining
uzunligi dramatik va musiqa-dramatik teatrlarda sahnaning qizil chizig‘idan
oxirgi qatorgacha bo‘lgan uzunlik uzoqlashuvi - 25-27m, operabalet
teatrlarida 30-35 m qabul qilinadi.
20-jadval
Zallarning nomlanishi
Zaldagi bir o‘rin
hajmi, m
3
Zaldagi bir o‘rin
maydoni, m
2
1
2
3
Auditoriyalar, konferens-zallar
4-5
1,0-1,5 dan 1,8-
2,0*gacha
Kinoteatrlar
4-6
0,7-1,0
Universal va klub zallari, konsertzallari
4-6
0,7(0,65)* - 0,8
Dramatik teatrlar
4-5
0,7
Musiqa-dramatik teatrlar; musiqa
komediya
5-7
0,7
Opera va balet teatrlari
6-8
0,7
*
Sig‘diraolishlik miqdori va stollar bilan jihozlanishiga bog‘langan holda. Qavs
ichida yo‘l qo‘yiladigan parametrlar.
Eslatma: Ko‘rsatilgan kattaliklardan zalning solishtirma hajmi ko‘rsatkichlari
og‘ishi 20% ga kamayish tomoniga - ventilyatsiya, konditsiyalashtirish hisoblariga
mumkin bo‘ladi.
Kinoekranli tomosha zallarining parametrlariga talablar tavsiyaviy 11-
ilovada keltirilgan.Tomoshabinning ko‘rish nuri yo‘nalishi oldi tomonida
o‘tirgan tomoshabinning ko‘zidan ko‘tarilish balandligi kamida 0.06 m
bo‘lishi kerak.
Tomosha zalida pol nishabi (o‘tish yo‘lagi panduslari) ko‘pi bilan 1:7
qilib qabul qilish zarur; yo‘lakni pog‘onali qilinsa pog‘ona balandligi ko‘pi
bilan 0.2 m bo‘lishi shart.
Siljimas suyanchiqli kreslolar o‘rnatilgan tomosha zallarida o‘tish
yo‘lagi kengligi kamida 0.8 m bo‘lishi shart; kenglikni 0.65 m gacha
kamaytirish 300 o‘ringacha bo‘lgan kichik zallarda , hamda lojada,
balkonlarda, yozgi kinokonsert zallarida yo‘l qo‘yiladi.
Kreslolar oraliq kengligi (suyanchiq tepa o‘qlari oralig‘i) kamida 0.52 m,
stul va o‘rindiq kengligi – kamida 0.45 m bo‘lishi shart.
Tomosha zalida tepa sath yoki balkonlar loyihalanishida qatorlar soni
uchtadan oshmasa, tomoshabinlar o‘rni polidan shipning turtib tushgan
konstruksiyalarigacha balandlik kamida 2.1 m, qatorlar soni uchtadan ko‘p
bo‘lsa – kamida 3.0 m qilib belgilanishi zarur.
Kinoteatrlarning tomosha zallari parametrlari, kinoproektor tiplari va soni,
kinoproeksion xonalari tarkibi va maydonlari texnologik talablar bo‘yicha
tavsiyaviy 11-ilovani hisobga olgan holda aniqlanadi.
Kinoproeksion guruhlari tarkibida ko‘zda tutiladi: proeksion xonasi
peremotka xonachasi bilan, kinomexanik komnatasi ustaxonasi bilan,
radiouzel, xojatxona; ko‘rsatilgan xonalarning umumiy maydoni bo‘lishi
kerak: 35 mm li filmlar uchun - 40-60 m
2
, 70 mm li uchun - 100 m
2
.
Teatr zallarida an’anaviy kalosnikali sahnalar qatori (sahna karmonlari
bilan, sahna karobkalari bilan, ishchi galereyalar va kalosnikalar bilan) har
xil tipli estrada va sahnalar (markazlashgan, arenali, panoramali, aylanasimon
va boshqa) qabul qilinishlari mumkin. Sahna tiplari, uning parametrlari,
sahna va kalosnikalar
“karmonlari”ning gabaritlari texnologik talablar bo‘yicha aniqlanadi.
O‘rni 300 gacha kichik zallarda sahnalar kengligi 12-18 m, bo‘ylama
chuqurligi 8-12 m, balandligi 10-13 m qilib qabul qilinadi. O‘rni 400 va
undan ko‘p zallarda sahnalar kengligi kamida 20 m, bo‘ylama chuqurligi 12-
18 m, balandligi 18-20 m ( tarhda 6x12 m li karmonlari va balandligi kamida
1.9 m li, tarhda o‘lchamlari sahna o‘lchamlariga teng tryumlari bilan).
Sahna va avansahna plansheti, arersahnalar va karmonlarning poli bir
sathli qilib nazarda tutilishi zarur.
Avansahna qurilish portali kengligi chegaralarida ko‘zda tutiladi,
avansahnadan ikkitadan kam bo‘lmagan tomosha zaliga chiqish yo‘lagi
nazarda tutiladi.
Sahnaning qizil chizig‘i sahna poli tekisligi bilan sahna tomonidan
qurilish portali tekisliklarining kesishgan chizig‘idir.
Sahnaning (avansahnaning, estradaning) plansheti sathi balandligi
birinchi qator poli sathidan ko‘pi bilan 1.1 m, 300 o‘ringacha bo‘lgan kichik
sig‘diraolishlik miqdorli zallarda – 0.8 m bo‘lishi shart.
Eslatma: 1. Texnologik asoslar bo‘yicha qiya sahna planshetlari qabul
qilinishi mumkin.
2.
Namoyishlarda
yoritish
ishlarini
boshqarish
texnologiyasiga mo‘ljallangan xonalar va boshqalar loyiha topshirig‘ida
beriladi.
Kinokonsert zallarida, jumladan klublardagi estrada, qurilish
portali, avansahna o‘lchamlari zalning mo‘ljallangan yo‘nalishi bo‘yicha
texnologik talablar bilan, 3.114 bandni hisobga olgan holda, aniqlanadi.
Tomoshabinlar kompleksi xonalari tomoshabinlarning o‘rni soni
bo‘yicha tavsiyaviy 10-ilovaning ko‘rsatkichlariga mos hisoblanadi.
Ko‘p zalli tomoshagohlar majmualari uchun xonalarning hisobi
texnologik asoslar bo‘yicha, zallardan foydalanish rejimi hisobga olingan
holda, ulardan avtonom foydalanish bilan birga amalga oshiriladi.
Tomoshagohlar majmuasi tarkibida axborot va bo‘sh vaqtni o‘tkazishga
mo‘ljallangan xonalar, ko‘rgazmalar zallari, artistlar xonalari va boshqalar
joylashtirilishi mumkin.
Orkestr chuqurligi parametrlari texnalogik talablar bo‘yicha berilgan
orkestr tarkibini hisobga olgan holda o‘rnatiladi (bir orkestrantga kamida 1,2
m
2
maydon ta’minlanishi hisobidan). Orkestr chuqurining kengligi kamida 2.5
m , chuqurlik o‘lchami kamida 1.9 m bo‘lishi shart.
Orkestr chuqurligining to‘sig‘i bareri balandligi – 0.9 m. Barerdan
birinchi qator joyigacha masofa - kamida 0.9 m.
Artistlarning sahnaga chiqish oldidan kutib turish xonasi sahnaga
yondosh joylashtirilishi va bir nafar artistga 1.8-2.0 m
2
maydon to‘g‘ri kelishi
hisobga olinishi shart.
Artistlar uchun grim xonalari quyidagi maydon ko‘rsatkichlarini
hisobga olib ko‘zda tutiladi: xonalarda bir nafarga - 9 m
2
(balet, sirk artistlari
uchun 11), ikki nafarga - 6 m
2
dan (balet artistlari uchun 7.5 dan), uch
nafarga- 4.5-5.0; 4 nafarga – 3.5-4.5; 6 nafarga – 3-3.5; 6 nafardan ko‘p
bo‘lsa - 3 m
2
/nafar.
Dushxonasi bilan xojatxonalar solistlar grim xonalari qoshida ko‘zda
tutiladi, artistlar xonalari qoshida xojatxonalar quyidagi hisobkitoblar
bo‘yicha nazarda tutiladi: 1 unitaz va 1 dush 3-4 nafar artistga, yuzqo‘l
yuvish jihozi har bir grim va xojatxona qoshida bo‘lishi shart.
Studiya va repititsiya zallari, ularning gabariti, ular qoshidagi
qo‘shimcha xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik talablar bo‘yicha
ko‘zda tutiladi. Dramatik teatrlarda ikki-uchta repititsiya zallari,
musiqadramatik va opera-balet teatrlarida uchtadan kam bo‘lmagan
repititsiya zallari ko‘zda tutiladi.Balet repititsiyasi o‘tkaziladigan xonalar
balandligi kamida 4.2 m bo‘lishi shart.
Ma’muriyat va badiiy raxbariyat, texnik ta’minlash xonalari 5-6
m
2
/kishi hisobidan, alohida kabinetlar 9÷12÷18 m
2
maydonli qilib ko‘zda
tutiladi.
Texnologik va muxandislik ta’minoti xonalarinig tarkibi va maydonlari,
jumladan ovoz va aloqa xonalari texnik-muxandisligi talablari bo‘yicha qabul
qilinadi.
Ishlab chiqarish xonalarining tarkibi – ustaxonalarning,ularnig gabaritlari va
maydonlari texnologik asoslar bo‘yicha aniqlanadi. Ustaxonalarning
balandligi (yog‘ochsozlik, chilangar, matolarga chizgilar berish, jihozlarga
qarovchi xonalari) kamida 3.6 m bo‘lishi shart; dastgohli dekaratsiyani
montaj qilish uchun xona balandligi sahna karmoni balandligidan kam
bo‘lmasligi kerak. Kichik ustaxonalar, qoida bo‘yicha, kamida 15
m
2
maydonli bo‘lishi shart.
Joriy repertuarning dekaratsiyasi omborlari sahna yaqiniga joylashtirilishi
kerak; omborxonalarning balandligi va maydonlari texnologik talablar
bo‘yicha qabul qilinadi.
Tryumlarda (balandligi 2.4 m) yig‘ma dekaratsiya, yong‘inga qarshi
darparda, sahna shiti xonalarini joylashtirish mumkin.
Sirk maneji (arenasi) diametri 13 m bo‘lishi kerak va barer ko‘rinishidagi
to‘sig‘i balandligi va kengligi 0.5 m bo‘lishi shart. Manejga chiqish o‘qlari
bo‘yicha
to‘rttadan kam bo‘lmasligi zarur:
asosiysi
artistlarniki va yordamchilari.
Asosiy chiqish joyi qoshida artistlarning va hayvonlarning chiqishni
kutib turuvchi joyi yoki xonasi ko‘zda tutilishi shart (maydoni texnologik
talablardan olinadi).
Estrada asosiy chiqish joyi tepasiga joylashtiriladi. Estrada qoshida
orkestr xonasi ko‘zda tutiladi.
Sirkning maneji (arenasi) tepa kupol osti fazosi balandligi texnologik
talablar bo‘yicha qabul qilinadi.
Sirklarda hayvonlarning arena qoshidagi xonalari arena poli sathida
arenaga chiqish joyiga yaqin joylashtirilishi shart; xonalar tabiiy nur tushib
turadigan va tashqariga alohida chiqish joyi bor holda joylashtirilishi zarur.
Ustaxonalar, omborxonalar, ma’muriy-xo‘jalik, o‘quv-trenirovka
xonalari, hayvonlarni saqlash xonalari texnologik talablar bo‘yicha loyiha
topshirig‘ida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |