Nazorat savollari:
1.
Sanatoriya va davolash-proflaktika binolarining turlarini aytib
bering.
2.
Sanatoriyalarni loyihalashda qo‘yiladigan talablarni tushuntirib
bering.
3.
Sanatoriyalarning asosiy vazifasi nimalardan iborat? Ular
shifoxonalardan qanday jihatlariga ko‘ra farqlanadi?
4.
Sanatoriya va pansionat orasida qanday farq bor?
5.
Ko‘p funksiyali majmua deganda nimani tushunasiz?
13- amaliyot mavzu: Savdo-sotiq binolarini loyihalash. YOpiq
bozorlar binolarini loyihalash.
Reja:
1. Savdo–sotiq binolarini loyihalash.
2. YOpiq bozorlar binolari loyihalash.
Tayanch iboralar:
rigellar, balkalar va fermerlar, tom
konstruksiyalari, . rigellar va ustunlar yassi ramalari, plitalar, sharnirlar.
sinik rigel va qiya ustunlar
Savdo korxonalari
CHakana savdo do‘konlari savdo zalining maydoni bo‘yicha (m
2
),
buyurtma qilish do‘konlari – kuniga buyurtmalar soni bo‘yicha hisoblanadi.
Do‘konlar mo‘ljallanishi bo‘yicha farqlanadi: oziq-ovqat va nooziq-ovqat
mahsulotlari savdosi, maxsus (mol guruhlari bo‘yicha), oziqa mahsulotlari
keng assortimenti bo‘lgan universal va nooziq-ovqat mahsulotlarning
universal assortimenti savdosi.
Savdo zalida oziqa mahsulotlarini va nooziq-ovqat mahsulotlarini
joylashtirish amaldagi sanitar normalarga mos nazarda tutilishi kerak.
Do‘konlarning savdo zallari oziq-ovqatlar va mahsulotlar qo‘yilgan
joyga erkin bora olinadigan qilib loyihalanadi.
Do‘konning savdo zali, qoida bo‘yicha, kamida 30 m
2
maydonli bo‘lishi
kerak.Kichik magazinlarning bloki savdo markazlari qoshida loyihalansa
uning savdo zali 15-25 m
2
maydonli bo‘lishi mumkin, savdo kioski xaridorlar
kirmaydigan hollarda 4-6 m
2
maydonli bo‘lishi mumkin.
Maydoni 250 m
2
gacha savdo zallarining balandligi, sokol yoki erto‘la
qavatlarida joylashtirilsa, tepa turtib chiqqan konstruksiyasigacha 2.5 m
bo‘lishi mumkin. Maydoni 650 m
2
savdo zallari balandligi kamida 3.6 m,
1000 m
2
lisida – kamida 4.2 m bo‘lishi shart.
Eslatma: Prilavkali do‘konlarda prilavka orti bo‘ylama chuqurligi, qoida
bo‘yicha, kamida 2.4 m bo‘lishi shart (devor oldi jihozi o‘rni bilan).
Do‘konlar tarkibida savdo zali qatori ko‘zda tutiladi (quvvati va
mo‘ljallanishlariga bog‘liq holda):
-
xizmat byurosi, byurtma qabuli va ulashish bo‘limlari, yangi
iste’mol mollarining namoyish zali yoki xududi;
-
kafeteriy-barlar yoki kafe, saqlash kameralari, xojatxonalar,
bolalarga xonalar va boshqalar;
-
iste’mol mollarini sotuvga tayyorlash va saqlash xonalari (qabul
qilish va yuk tushirish xonalari, omborchalar, sovitgich kameralar, kesish,
komplektlash va boshqa xonalar);
-
qadoqlash ash’yolari va konteynerlarni saqlash xonalari,
inventarxona,
kirxona,
jihozlarning
ta’mirlash
ustaxonalari,
reklamadekoratsiya ustaxonalari, shisha idishlar qabuli punktlari, yuvish
xonalari, chiqindilar kameralari;
-
ma’muriy va maishiy xonalar (idora, yong‘in-qo‘riqchi himoya
xonasi, maishiy kiyim-kechak almashtirish xonalari, dushxonalar,
xojatxonalar).
Xonalarning tarkibi va maydonlari texnologik talablar bo‘yicha loyiha
topshirig‘ida beriladi.
Omborchalarga kirish joylari yuk tushirish xonalari tomonidan (yuk
qabuli) nazarda tutilishi zarur.
Savdo zali maydoni 100 m
2
gacha bo‘lgan do‘konlarda omborchalarga
yuk olib kirish savdo zali orqali bo‘lishiga ruxsat etiladi.
YUk qabuli-tushirish xonalari bitta moshina o‘ringa 16 m
2
maydon
hisobidan ko‘zda tutiladi.Mexanik vositalardan foydalaniladigan ichki yo‘lak
kengligi kamida 1.8 m bo‘lishi shart; kichik savdo ob’ektlarida 1.5 m
bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Sovitish kameralari mahsulotlar turi bo‘yicha alohida-alohida ko‘zda tutiladi;
kamera maydoni kamida 6 m
2
(kengligi kamida 2.6 m) bo‘lishi kerak.
Sovitish kamerasining balandligi kamida 2.4 m bo‘lishi shart.
Savdo yo‘nalishida bo‘lmagan binolarning savdoga mo‘ljallangan xonalari
ikkinchi qavatdan yuqori bo‘lmagan sathlarda joylashtirilishi kerak. Savdo
zali maydoni 100 m
2
bo‘lsa, ularga kirish savdo yo‘nalishida bo‘lmagan
binolar xonalariga kirish dahlizlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Keluvchilar uchun savdo-ko‘rgazma salonlari, buyurtma qabuli va tarqatish
zallari omborxona va buyurtmalarni komplektlab ishlab chiqarish
xonalaridan alohida joylashtirilishi mumkin.
Buyurtmalarni qadoqlash va koplektlash xonalari, mahsulot va
iste’mol mollari saqlash xonalari, maishiy-xizmat xonalari texnologik
talablar bo‘yicha buyurtmalarning tayyorlov hajmiga mos nazarda tutiladi.
Buyurtmalarni komplektlash sexlarining gabaritlari qo‘llaniladigan jihozlar
o‘lchamlarini hisobga olgan holda qabul qilinadi.
. Bozorlar tarkibida nazarda tutilishi kerak:
-
yil bo‘yi savdo qilinadigan savdo zallari va ustqoplamasi bor
sabzavotlar savdosi maydonlari (1 ta savdo joyiga, jihoz va o‘tish
yo‘laklarini hisobga olgan holda, 6-8 m
2
savdo maydoni to‘g‘ri kelishi
zarurligi hisobidan);
-
xaridorlarga xizmat ko‘rsatish xonalar (xizmat byurosi, kafeteriy,
bar, boshqalar);
-
saqlash xonalari: omborchalar (jumladan bokslar), sovutgich
kameralari, sovitgich jihozi va go‘sht chopish xonalari);
-
veterenar-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari – go‘sht va sut-
moy mahsulotlari uchun alohida-alohida (ko‘zdan kechirish, laboratoriya,
izolyator, qaynatish, sovitish va boshqalar);
-
yordamchi xonalar (torozu xonalari, kassa apparati, inventar,
maxsus kiyim-bosh, yuvish, ta’mir ustaxonasi xonalari);
-
xodimlar uchun ma’muriy-xizmat va maishiy xonalar (idora,
yong‘inqo‘riqlash himoyasi, maishiy kiyim-kechak almashtirish xonalari
bilan, xojatxonalar, dushxonalar);
-
tara va konteynerlarning saqlash joylari, chiqindi yoqgich, bozor
ichi transporti va tozalash moshinalari, jamoat xojatxonalari.
Xizmat ko‘rsatish elementlari tarkibi, xonalarning tarkibi va maydonlari
texnologik asoslar bo‘yicha loyiha topshirig‘ida beriladi (mahsulotlarning
sotilish hajmi, saqlash hajmi va boshqalarni hisobga olgan holda).
Loyiha topshirig‘ida bozor majmuasi tarkibiga har xil qo‘shimcha
ob’ektlar kiritiladi: do‘konlar, jamoat ovqatlanishi korxonalari va maishiy
xizmat, mehmonxonalar (chetdan kelganlar uylari), boshqalar.
Savdo joylari 150-250 ta bo‘lgan o‘rta quvvatlik yopiq bozorlar tarkibi
tavsiyaviy 13-ilovada keltirilgan.
Bozorlarning savdo zallari va sabzavotlar savdosi tepa qoplamali
maydonlarining gabaritlari texnologik talablar bo‘yicha savdo joylarini
ratsional joylashtirishni, shamollatish va yoritishni, o‘tish yo‘laklarini va
telejka yoki avtotransport yo‘llarini hisobga olgan holda o‘rnatiladi.
Bozor zallari mahsulotlar yuk tushirish va saqlash joylari bilan qulay
bog‘langan bo‘lishi kerak. Har xil q/h iste’mol mollari savdosi
maydonlarining nisbati mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda qabul
qilinadi.
O‘tish yo‘laklarining kengligi evakuatsiya talablariga va mahsulotlarni
savdo joylariga olib o‘tish talablariga javob berishi shart. Bozorning
markaziy o‘tish yo‘lagi kengligi kamida 2.8 m, ikkinchi darajali peshtaxta
yo‘laklari oralig‘i kengligi kamida 1.8 m bo‘lishi kerak; peshtaxta bilan orqa
devor oralig‘i kamida 1.5 m bo‘lishi shart.
Erosti hosili bilan savdo qilinadigan zal (yoki bo‘lim) asosiy zaldan
alohida va yuk tushirish joyiga to‘g‘ridan to‘g‘ri biriktirilgan bo‘lishi zarur.
YUk tushirish joyi bir moshina o‘rniga 16 m
2
maydon zarurligi
hisobidan nazarda tutiladi. YUk tushirish joyi bilan omborchalarni va
sovitgich kameralarni bog‘lovchi yo‘lak kengligi kamida 1.8 m bo‘lishi kerak.
Mavsumiy sabzavot savdosi tashkil etish uchun qattiq pol qoplamali va
usti yopiq savdo qilish maydonlari ko‘zda tutiladi. Savdo joyi yaqinida
sabzavotlarni yuvish joyi, qo‘l yuvish jihozi va ichimlik suv favorachasi
ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Savdo maydonidagi o‘tish yo‘laklari 3.136
bandni hisobga olgan holda nazarda tutiladi.
Xojatxonalar, qoida bo‘yicha, alohida joylashgan bloklarda nazarda
tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |