15-Ma’ruza: Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarining
binolari
Reja:
1.Savdo-sotiq muassasalarining shahar strukturasida joylashtirish
2.Savdo markazlari va yopiq bozorlarning shakllanishi
3.Umumiy ovqatlanish muassasalarining arxitekturaviy echimlari
4.Ma’muriy va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari
Tayanch so‘zlar:
Savdo-sotiq muassasalari, savdo markazlari, yopiq bozorlar, umumiy
ovqatlanish muassasalari,ma’muriy binolar, maishiy xizmat ko‘rsatish binolari,
vazifasiga muvofiqlik,texnik muvofiqlik,badiiylik talablari,eksterer, interer.
Har qanday bino quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
vazifasiga muvofiqligi, ya’ni bino qaysi jarayonga maqsadga mo‘ljallangan
bo‘lsa, u shu jarayon talabiga to‘liq javob berishi kerak yashash uchun qulay,
dam olishga moslashtirilgan, mehnat qilishga qulay va hokazo; texnik
tomondan muvofiqligi, ya’ni bino kishilarni tashqi tahsirlardan past yoki
yuqori temperatura, yog‘ingarchilik, shamol va boshqalardan to‘la asrashi,
mustahkam va ustivor bo‘lishi, ekspluatatsiya sifatlarini uzoq yil davomida
saqlashi lozim; bino ko‘rinishi me’morchilik va badiiylik talablariga mos
holda tanlanish, uning tashqi eksterer va ichki interer ko‘rinishi chiroyli,
shinam, atrof-muhit bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak; iqtisodiy jihatdan
qulayligi, ya’ni bino va inshoot qurilishida mehnat sarfini kamaytirish,
qurilish materiallari hamda vaqtni tejash ko‘zda tutiladi.
Binolar vazifasiga muvofiqligiga ko‘ra ikki guruhga: asosiy va
yordamchi vazifalarga mo‘ljallangan binolarga bo‘linadi. Masalan, maktab
binosining asosiy vazifasi o‘quvchilarni o‘qitishga mo‘ljallangan, shuning
uchun ham bu bino asosan o‘qitish xonalaridan o‘quv sinfi, laboratoriyalar va
hokazolardan iborat bo‘lishi kerak. Ammo bu binoda yordamchi vazifaga
mo‘ljallangan xonalar, ya’ni ovqatlanish xonasi ommaviy tadbirlar uchun
mo‘ljallangan xonalar, maktab o‘qituvchilari va boshliqlari xonalari ham
mavjud bo‘lishi kerak.
Ushbu bo‘limda savdo-sotiq va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari
to‘g‘risida so‘z yuritilarkan bu erda shuni aytish lozimki, shahar strukturasida
bundan katta hizmat ko‘rsatish sferasi bo‘lmasa kerak, chunki inson hayot
turmush jabhalarining hamma soxasi ushbu xizmat bilan chambarchas
bog‘liqdir. SHuning uchun ham bu narsaning boshqa turdagi xizmatlardan
farqi, uning iloji boricha inson yashash joyiga yaqinlashtirish, kundalik xarid
darajasini oshirish hamda uni yiriklashtirib boshqa turdagi xizmat
ko‘rsatuvchi savdo-sotiq komplekslari yaratishdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy jarayon mamlakat rivojlanishida muhim rol o‘ynab,
savdo-sotiq va maishiy xizmat ko‘rsatishni tubdan o‘zgartirib yuboradi.
Ilmiy-texnika jarayoni esa savdo-sotiq sferasiga va maishiyxizmat
ko‘rsatishga, hamda umumiy ovqatlanish sferasiga ham ta’sir ko‘rsatib
ularning texnologik jarayonini yaxshilashga, zamonaviy darajadagi texnik
imkoniyatlardan foydalanishni taqozo etadi.
Rayon, shahar savdo-maishiy xizmat markazlarining ish faoliyatining
yaxshilanishi esa, o‘z navbatida ushbu sferada binolarning arxitekturasiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Zamonaviy savdo-sotiq va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari, hamda
markazlari asosan yirik turdagi komplekslardan va maxsus muassasalardan
iborat bo‘lib, o‘zaro yoki yakka holdagi: savdo-sotiq, umumiy ovqatlanish va
maishiy xizmat ko‘rsatish muassalaridir. Bular ham o‘z navbatida
turkumlarga bo‘linadi. Asosiysi savdo-sotiq binolari ichida do‘konlardir.
Zamonaviy do‘konlarning arxitekturaviy echimi ham «universam»
larnikidan farq qiladi. Hozirga kelib «universam», «univermag» lar o‘rnini
chet ellarda mashhur bo‘lgan yirik do‘konlar, «market» lar egallamokda.
Savdo markazlari va ularning arxitekturasi hamzamonaviylashib bormoqda.
Ayniqsa hozirgi vaqtga kelib yirik savdo markazlarining tarkibi juda tez
o‘zgarib va xususiylashtirib bormoqda,bu esa o‘z navbatida arxitekturaviy
rejalashtirish echimini nihoyat darajada mukammal o‘rganib,so‘ngra
loyihalashnitaqozo qiladi.
Zamonaviy sharoitlarda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish va umumiy
ovqatlanish savdo korxonalari,shuningdek alohida yoki qo‘shimcha qurilgan
obektlar bilan bir qatordabarchaxizmatlar bir joyga mujassamlashtirilgan
binolar kompleksi-savdo markazlari katta rol o‘ynamoqda.
Boshqa savdo va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga nisbatan savdo
markazlari qatorafzalliklarga ega bo‘lib,bunda transport va kesib o‘tish
muammolari xal etiladi,xaridorlarga ahamiyatli qulayliklar yaratiladi.
Konstruksiyalarni unifikatsiyalash va bir rejaviy sistemani qo‘llash asosida
qurilish muddatlari qisqaradi. Bu murakkab va xilma-xil binolar majmuasini
loyihalashda keng kompozitsion imkoniyatlar ochiladi.
Savdo markazlarini tashkil etish shaharning tarkibiy rejalashtirilgan
o‘lchamlariga va axolining soniga bog‘lik. SHu sababli xizmat ko‘rsatish
tarmog‘i, zonalar, xududlar va ayni vaqtda xizmat ko‘rsatishning turi hamda
xarakteri bo‘yicha tabaqalanadi.
So‘ngi vaqtlarda xizmat ko‘rsatish tarmog‘ining «pag‘onali» prinsipi
keng tarqalmoqda.
-1-pog‘ona-1,5-2 ming yashovchisi bo‘lgan turarjoy binolari
guruxlariga korxonalar tomonidan birinchi navvatda zaruriy bo‘lgan
maxsulotlar bilan xizmat ko‘rsatish. Bunday 65 kichik korxonalar majmuasi
150 m xizmat ko‘rsatish radiusiga ega bo‘lib, birlamchi xizmat ko‘rsatish
punkti deb ataladi. Ular alohida yoki biror bino ichida qo‘shimcha kuriladi;
-2-pog‘ona-5-8 ming kishilik mikrorayonda 400 m xizmat ko‘rsatish
radiusida bo‘lgan, kooperatsiyalangan savdo markazi binosi va unda
mujassamlangan xo‘jalik bloki;
-3-pog‘ona-30-50 ming aholisi bo‘lgan turarjoy xududida xizmat
ko‘rsatuvchi korxonalar majmuasi –tuman savdo markazi. Xizmat ko‘rsatish
radiusi 750-1000 m atrofida;
-4-pog‘ona-shaharning katta tumaniga yoki shaharga xizmat
ko‘rsatuvchishahar ahamiyatidagi savdo markazi.
SHunday qilib, savdo markazlari sig‘imi va belgilanish maqsadiga
ko‘ra asosiy-shaharning katta turar-joy massiviga yoki shaharga xizmat
ko‘rsatuvchi va ikkinchi darajali turar-joy yoki mikrorayonlarning savdo
markazlari turlariga bo‘linadi.
Savdo markazlarini tashkil etish nafakat shahar sistemasida ularning
joylashishiga, balki, xizmat ko‘rsatish xarakteri va sotiladtgan maxsulotlar
turiga bog‘liq bo‘lib, ular davriy ko‘llaniladigan ikki asosiy guruxga
bo‘linadi.
Birinchi gurux-ular birinchi navvatda zarur bo‘lgan maxsulotlar.
Ikkinchi gurux-bular asosan keng iste’mol mollari bo‘lib, xar bir
oylada zarur bo‘lgani xolda doim sotib olinmaydi.
SHahar savdo markazlariga kuyidagilar xizmat ko‘rsatadti. Korxonalar
maxsuslashtirilgan tamaddixonalari va kafelari orqali, maishiy xizmat
korxonalari, atelelar, yirik aloqa bo‘limlari, jamg‘arma banklar,
sartaroshxonalar, go‘zallik salonlari va boshqalar.
Bahzan savdo markazlari tizimiga konkret sharoitlarga ko‘ra yopiq
bozorlar, garajlar va mexmonxonalar ham kiradi.
Maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar ikki guruxga bulinadi:
-birinchi guruxga aholining tez-tez tashrif buyuruvchi korxonalari,
masalan, atelelar, poyafzal va ta’mirlash ustaxonalari, kiyim-kechak, trikotaj,
teri-galanteriya va kimyoviy tozalash shahobchalari kiradi. Bu guruxda,
shuningdek, sartorashxonalar va kir yuvish qabul shaxobchalari ham mavjud;
-ikkinchi guruxga aholii davriy ravishda tashrif buyuruvchikorxonalar,
ya’ni elektr jixozlarini, radio-televizor, musiqa asboblari, mebellarni
ta’mirlash bo‘yicha ixtisoslashgan yirik ustaxonalar, sartorashxonalar, uy-
joylarni ta’mirlash asosida ish olib boruvchi qabul shaxobchalari va maishiy
xizmat kombinatlari kiradi.
Savdo markazlarining hajmiy-rejaviy va konstruktiv echimlari ham
xilma-xildir.
Masalan:
1. Bino savdo markazi bo‘lganda;
2.Savdo markazi ikki qatorli bo‘lib,qatorlar orasida piyodalar uchun yo‘lka
tashkil etilgan xolda;
3.YOpiq savdo markazlari binosi,unda piyodalar xarakati tevaragida
joylashgan bo‘lganda.
Korxonalarni joylashtirishda ularning maqsadli belgilanishi va
texnologtk xususiyatlari inobatga olinadi. Masalan tez-tez tashrif
buyuriladigan oziq-ovqat do‘koni, pochta, dorixona va boshqalarni binoning
birinshi qavatida, maydon yoki kuchalarga yaqin erda joylashtiriladi.
SHaharlar kattalashgan sari, aholining oziq-ovqat maxsulotlariga
bo‘lgan talabi ham oshib boradi. Katta sig‘imli (500 savdo o‘rinli va undan
ortiq) yopiq bozorlar shahar markazida joylashgan bo‘lib, o‘rta va kichik
sig‘imli (savdo o‘rinlari 500 tagacha) bozorlar esa tuman ahamiyatiga ega
yopiq bozorlar hisoblanadi.
YOpiq bozorlar hajmiy-rejaviy tuzilishiga ko‘ra bir zalli (kichik
sig‘imli), pavilion turidagi, ikki-uch zalli (o‘rtacha va katta sig‘imli) pavilion
ko‘rinishidagi (turlisig‘imli) bozor turlariga bo‘linadi.
YOpiq bozorlar o‘zining hajmiy-fazoviy kompozitsiyalari, umumiy
absalyut o‘lchamlari, shuningdek, alohida qismlarining o‘lcham va
proporsiyalari bilan boshqa ma’muriy-maishiy maqsadlardagi binolardan
sezilarli darajada ajralib turadi.
Katta shaharlarda xizmat ko‘rsatish radiusi o‘rtacha 1-1,5 km.kichik
shaharlarda esa 1,5-2 km.dan oshmasligi kerak.
Bir obekt uchun er maydonining xajmi 1,5 ga., shahar tumanlarida esa
bozor kurilishi uchun 0,5 ga. er maydoni mo‘ljallanadi.
Umumiy ovqatlanish muassasalari xalq xo‘jaligining eng yirik
sohalaridan biri bo‘lib, savdo-sotiq va xizmat ko‘rsatishda alohida
ahamiyatga ega.
Umumiy ovqatlanish muassasalarini ommaga tatbiq qilish va
tejamkorlik bilan foydalanish ko‘pincha axoli yashash joylarining
xususiyatlaridan, turar joylarning qurilishidan, ularni rejalashtirish tarkibidan,
yashash joylarining sonidan, xizmat ko‘rsatish kontingentidan, hamda
muassasa tiplarini joylashtirishdan, uning xajmidan, xizmat ko‘rsatish
uslubidan, sanitariya-gigiena va iqtisodiy omillardan tashkil topadi.
Aholii yashash xududlarida umumiy ovqatlanish muassasalari tarmog‘i
yopiq va ochiq turga bo‘linadi. YOpik turdagi tarmoqqa sanoat muassasalari
qoshidagi, maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar, o‘quv yurtlari,
sanatoriyasog‘lamlashtirish va shifoxona muassasalari kiradi.
YOpiq turdagi tarmoqqa aholii yashash joylaridagi umumshahar
qurilish
xududlaridagi,
mexmonxonalardagi,
savdo-sotiq
jamoat
markazlaridagi hamda barcha yo‘llardagi umumiy ovqatlanish muassasalari
kiradi.
SHahardagi umumiy ovqatlanish muassasi turlariga restoranlar,
ixtisoslashgan, yarim tayyor maxsulotlar, kulinariya va konditer
maxsulotlaridan iborat kafe-barlar, umumiy tarzdagi gazakxonalar,
maxsuslashtirilgan majmualar kiradi. Bu muasasalar shahar ahamiyatiga ega
bo‘lgan magistral kuchalarida, transport tuqtash bekatlarida, shahar
savdosotiq majmua markazlarida hamda shahar va uning atrofidagi madaniy
dam olish maskanlarida hamda boshqa joylarda bo‘lishi mumkin. SHahar
xududidagi umumiy ovqatlanish muassasalaridan eng ko‘p tarqalgan
turioshxona, choyxonalar bo‘lib, asosan, bularni axolini diqqatini tortuvchi
gavjum joylarda, bozorlarda, ko‘chalarda, ishxonaga yaqin va
o‘quvchilarning o‘qish joylarida bo‘lgani mahqul hisoblanadi.
Kafelarni
hamshahar
magistral
kuchalarida,dam
olish
joylarida,mexmonxona,vokzal,stadion,bozor va jamoat joylarida kurilgani
maqsadga muvofiqdir.
Qolgan turdagi maxsus ovqatlanish muassasalari xizmat ko‘rsatish
imkoniyati bo‘lgan joylarda bo‘lishi lozim.
YUrtimizda umumiy ovqatlanish muassasalarini loyihalash va
kurilishini asosan ikki guruxga bo‘lish mumkin: maxsulotlarni tayyorlab
beruvchi va tayyorlab etkazib beruvchi.
Tayyorlab beruvchi muassasalar-dastlabki xomashedan tayyor
maxsulot va yarim fabrikat tayyorlab,etkazib beruvchi tashkilotlarga xizmat
qiladi.
Tayyorlab
etkazib
beruvchi
muassasalarning
vazifasi-
tayyorlovchilardan yarim fabrikatlar olib,oxirgacha tayyorlab berish va ularni
taqsimlash.
Umumiyovqatlanishmuassasalariningmaxsus
ixtisoslash-ganligiga
qarab,umumiy turga,ixtisoslashgan turga va majmualarga ajratish
mumkin.Umumiy
turdagi
muassasalar-
oshxonalar,choyxonalar,restoranlar,ko‘plab assortimentga ega bo‘lgan
kafelar katta doiradagi ko‘plab xo‘randalarga xizmat qiladi.
Ixtisoslashgan turlargarestoranlar,kafe va gazakxonalar kiritilgan
bo‘lib,bular asosan bir turdagi maxsulot chiqaruvchilardir.
Ma’muriy va kommunal xo‘jalik binolari to‘g‘risida so‘z borar ekan
avvalo Ushbu turdagi muassasa va tashkilotlar uchun,larning qay darajada
katta va kichikligiga qarabalohida olingan binolar quriladi.
Bular turli-tuman bo‘lib, vazirliklar, qishloqjoylarida trestlar, xalq sudi,
Davlat banklari, jamoat ma’muriyati va x.k.CHet elda esa buni «ofis» deb
aytiladi. Qandayligidan qat’iy nazar,uning vazifasi bino ichida maksimal
darajada xizmat kiluvchiga sharoit yaratib berishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |