SHamol tezliklarining gorizont tomonlari bo‘yicha o‘zgarish grafigi
(a) va qaytalanishi
bo‘yicha uning bosh yo‘nalishini
aniqlash grafigi (b);
- shamolning bosh yo‘nalishi
bu qiymatlarni grafikning o‘rtasi deb qabul qilingan nuqtadan boshlab
mos ravishda gorizont yo‘nalishini ko‘rsatuvchi chiziqlar bo‘y-lab
masshtabda qo‘yib chiqiladi; gorizont yo‘nalishini ko‘rsatuvchi chiziqlarda
hosil bo‘lgan nuqta-lar
birlashtiriladi; hosil bo‘lgan «SHamol guli» asosida uning bosh yo‘nalishini
ko‘rsa-
tuvchi strelka chiziladi.
Bosh planda ko‘rsatilgan binolar va inshootlar arab raqamlari bi-lan
markalanadi. Marka nomerini bino konturining ostki tomonidagi o‘ng
burchagida yozish tavsiya etiladi.
Bosh plan chizmasida asosiy yozuv (shtamp) ning ustida bino va
inshootlar ruyxati (eksplikatsiya), texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar jadvallari,
loyiha bo‘yicha turli ko‘rsatmalar matnlari ham keltiriladi.
Bino va inshootlarni joylashtirish plani
Bunday plan asosida qurilish uchastkasi xududidagi barcha yangi
loyihalangan hamda saqlanib qolinadigan binolar va inshootlarning
joylashgan o‘rni aniqlanadi.
Binolarni joyga bog‘lash uchun chizmada quriladigan qurilish geo-dezik
to‘ri planning barcha qismini qamrab olgan bo‘lishi kerak. Bun-day to‘rni
tomonlari 10 sm bo‘lgan kvadrat ko‘rinishida chiziladi. Ko-ordinata boshi
listning pastki chap burchagida belgilanadi. Qurilish geodezik to‘rining
koordinatalarini arab raqamlari (0, 1, 2,… va h.k) va rus alfavitidagi harflar
(gorizontal o‘qlarni A, vertikal o‘qlarni B harfi) bilan belgilanadi. SHunday
qilib, 0A – koordinata boshi, 1A, 2A, 3A – gorizontal o‘qlar, 0B – koordinata
boshi, 1B,2B, 3B – ver-tikal o‘qlar. Koordinata o‘qlari orasidagi masofa
100m ga teng bo‘la-di. CHizma masshtabi 1:500 bo‘lganda har 50 m da
oraliq o‘qlar kiritili-shi mumkin (masalan, 0A+50, 1A, 1A+50 va h.k.).
Loyihalanayotgan bino koordinatasi aniq biror ob’ektga bog‘lan-gan
bo‘lsa, qurilish geodezik to‘rini chizishga hojat qolmaydi.
Bino va inshootlarni joylashish planida bino konturi tasvirida otmostka,
kirish qismidagi pandus yoki maydonchalar, tashqi zinalar ko‘rsatiladi.
Kontur ichida ostki tomonda o‘ng burchakda binoning bosh planda
belgilangan nomeri, chap burchagida – qavatlar soni to‘g‘risida ma’lumot
yoziladi.
Bino konturining diagonal bo‘yicha ikkita qarama-qarshi burchakla-rida
binoning koordinatsiya o‘qlari kesishgan nuqtalar uchun qurilish
koordinatalari beriladi. Bunday koordinatalar murakkab konfiguratsiyali yoki
kontur chiziqlari qurilish geodezik to‘rning ko-ordinata chiziqlariga parallel
bo‘lmagan binolar uchun barcha burchak-larda berilishi kerak. Markaziy
kompozitsiyali (masalan, plani ayla-nasimon) bino va inshootlar uchun
bunday koordinatalar bino markazi va yana birorta ahamiyatli nuqta uchun
beriladi. CHiziqli inshootlar uchun o‘qining koordinatasi yoki boshlang‘ich
va oxirgi nuqtalarining koordinatasi berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |