11. rasm. Tom yopma panellarini montaj qilish: 1 – tom yompa plitalari shtabeli; 2 – montaj krani;
3 – kolonnalarni montajga jihozlash; 4 – tom yopma plitalarini ketma-ket yotqizish
Stropila konstruksiyasi ustiga o‘rnatilgan birinchi plita to‘rtta tayanch
tugunlarida payvandlanadi. Har bir navbatdagi plitaning qo‘yma payvandlash
detallari uchtadan kam bo‘lmagan tayanch tugunlarida fermaning yuqori
belbog‘idagi qo‘yma payvandlash detallariga payvandlanadi (plitaning
to‘rtinchi burchagi payvandlash uchun noqulaydir).
Har bir yacheykada birinchi plitanio‘rnatishda
bitta
montajchi
qo‘shni
yacheykaga yotqizilgan plita ustida turadi, ikkinchi montajchi esa kolonnaga
osilgan zina-maydonchada turadi. So‘ngra ikkita montajchi ham keyingi
plitani qabul qilish va o‘rnatish uchun yangi qo‘yilgan plita ustiga o‘tishadi.
Tom yopmasining chetki plitalari inventar to‘siq konstruksiyalari bilan
jihozlanmog‘i lozim. Plitalar orasidagi choklar tez qotadigan sement asosidagi
sement-qumli qorishma bilan yoki mayda donali beton aralashmasi to‘ldiriladi.
Bir qavatli sanoat binolarida tom yopmasining elementi sifatida katta
o‘lchamli plitalar – qobiqlar, 2T plitalar, boshqa industrial buyumlar ko‘zda
tutilishi mumkin, ular isitgich va tom qoplamasi bilan bajarilgan holatda
ob’ektga keltiriladi.
Tom yopma plitalarini taxlash montaj kranining ish zonasida montaj
oqimiga kiradigan boshqa elementlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Plitalar 8...9 ta donagacha bo‘lgan sonda shtabelda yotqiziladi, ba’zan
shtabellarni montaj kranining ikkala tomoniga o‘rnatishadi. Bu shtabellardagi
barcha plitalar montaj qilinadigan oraliqqa to‘liq joylanishi lozim. Faqat tom
yopmasi plitalari uchun karkasning eng engil elementlari sifatida ikkita qo‘shni
fermalarga elementlarni yotqizishda kran strelasi qulochini o‘zgartirishga yo‘l
qo‘yiladi. Montaj krani sifatida uzaytirilgan guskali kranni qo‘llash optimal
echim deb hisoblanib, bu o‘z navbatida asosiy ilmoqda fermalar va to‘sinlarni,
boshqa guskadagi ilmoqda esa tom yopmasi plitalarini ko‘tarish hamda montaj
qilish imkonini beradi.
Fermalar orasidagi vaqtinchalik tirgaklar plita qo‘yma payvandlash
detallarini tirgak yotqizilgan fermaga payvandlangandan keyin olib tashlanadi.
Tom yopmasining temirbeton plitalarini stropila to‘sinlari o‘rnatish bo‘yicha
montaj qilish fermalar bo‘yicha olib borilgan ketmaketlikda va aynan o‘sha
usullar bilan bajariladi.