elementlarga taqsimlash
Karkasli binolarni loyihalashda karkasning vertikal yuk ko‘taruvchi elementlari
mustahkamligi yuqori bo‘lgan ashyodan bo‘lgandagina to‘la karkasli sistemani
tanlash muvofiq. Hisobiy zilzilaviyligi 7-8 ballga mo‘ljallangan karkasli binolar
uchun tashqi tosh devorlar va ichki temir-beton yoki temir romlar ishlatishga ruxsat
etiladi. Bunda tosh binolar uchun qo‘yilgan talablarga rioya qilish kerak. Bunday
binolarning balandligi ikki qavat yoki 7 m dan oshmasligi zarur.
To‘sinli va to‘sinsiz, yig‘ma va yig‘ma-yaxlit karkaslarni ajratishda ular
elementlarini yiriklashtirish va birikmalar sonini kamaytirishga intilish zarur. Bu
karkaslarning elementlari ishlab chiqarishda ham, montajda ham qulay bo‘lishi kerak.
Zilzilaviy tumanlar uchun loyihalanayotgan to‘sinli va to‘sinsiz karkaslar
gorizontal yuklanishni qabul qilish usuliga qarab ramali yoki bog‘lovchili - ramali
sistemasini tanlash mumkin.
Ramali sistemalarda ham vertikal ham gorizontal (zilzilaviy, shamolli)
yuklanishlarni karkasning ustunlari va rigellari yoki ustunlar va qavatlararo yopmalar
qabul qiladi. Ramali konstruksiyaning karkaslari xonalarni erkin rejalash imkonini
beradi, bu esa jamoat binolari uchun qiymatlidir. Ramali karkasning xususiy
tebranishlar davri boshqa karkasli sistemalarnikiga qaraganda ancha kam, bu esa
zilzilaviy kuchlarning pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari, ramali sistemaning
karkaslari to‘g‘ri loyihalash uchun qo‘l keladigan aniq hisobiy sxemaga ega. Bunday
echimning (sxemaning) kamchiligi shundan iboratki, karkas elementlarida qavatlararo
gorizontal yuklanishning notekis taqsimlanishidir. Bu esa karkasni yig‘ma temir-
betondan tayyorlashda birxillashtirishni qiyinlashtiradi. Bu kamchilik o‘z o‘rnida
yig‘ma ustunlar elementlarida beton markasini o‘zgartirish va karkas elementlarining
oldingi o‘lchamlarini saqlagan holda binoning butun balandligi bo‘ylab yoki bir
qismini bir xilda armaturalash yo‘li bilan bartaraf etiladi.
Bino er ostki qismining tashqi o‘q bo‘yicha qirqimi: a) texnik erto‘la bilan; b) erto‘lasiz
Karkas elementlarning joylashish sxemasi.
Karkas elementlarning joylashish sxemasi.
SHuni nazarda tutish kerakki, katta balandlikda va bino rejasida kichik
o‘lchamlarga ega bo‘lgan rama sistemalari ham yuqori tebranuvchanligi bilan
farqlanadi.
Rama bog‘lanishli sistemada gorizontal yuklanishni (shamol, zilzila) ham
vertikal diafragmalar (90% gacha), ham karkasning o‘zi qabul qiladi. Bunday echim
qavatning balandligi bo‘ylab egiluvchan momentni tenglashtirishga va yig‘ma
elementlarning nomenklaturasini birxillashtirishga imkon beradi. Vertikal
diafragmalar binoning bikrligini oshiradi. Ular xonalarni erkin rejalashni
qiyinlashtiradi. Karkas elementlarining qavatlararo yopma diafragmalari yoki bikrlik
o‘zagining birgalikda ishlashiga yaxlit temir-beton orqali erishiladi. Yig‘ma temir-
betonda ramali bog‘lanishli karkasni tayyorlashda uni bikrligini oshirish maqsadida
qavatlararo yopmani yaxshilab betonlash talab qilinadi. Gorizontal yuklanishni qabul
qiluvchi diafragmalar binoning butun balandligi boylab har doim va xonalar o‘qiga
simmetrik ravishda o‘rnatish tavsiya etiladi. Baland binolarning yuk ko‘taruvchi
konstruksiyalari sifatida (16 qavat va undan yuqori) karkaslarning bikrlik diafragmasi
yoki o‘zagini qabul qilish zarur.
Yig‘ma karkasning konstruktiv qirqimlari sxemasini tanlashni karkas
elementlari va ularning birikmalari, bino qavatlarining soni, uning hisobiy
zilzilaviyligi va karkas sistemasiga bog‘liq ravishda tasir qiluvchi zilzilaviy kuchning
xarakterini e’tiborga olib bajarish kerak. Zilzilaviy tumanlar uchun temir-beton
karkaslarni loyihalash va qurilish tajribasida karkasning yig‘ma elementlari uchun
qirqimning bir necha usullari qo‘llaniladi. Bu o‘rinda karkas yoki ustunlar va
rigellarni biriktiruvchi murakkab elementlarga ajratiladi. Ko‘rsatilgan qirqimlar usuli
karkasning ham ko‘ndalang, ham bo‘ylama yo‘nalishida bajarilishi mumkin.
Karkasni chiziqli elementlarga qirqish, temir-beton yig‘ma elementlarini
tayyorlash texnologiyasi, ularni tashish va montaj qilishni sezilarli darajada
engillashtiradi. Lekin bunday qirqimda to‘sinlarning ustunlar bilan
To‘sinsiz karkas elementlarining joylashish sxemasi.
Bikrlik diafragmasini joylashtirish sxemasi.
Yig‘ma elementlar uchun karkaslarni qirqish sxemasi: A – to‘g‘ri chiziqli; B– “N”
shakldagi; C – qo‘shuvsimon shakldagi; D – “P” shakldagi; E – fazoviy.
Yig‘ma ustunlarni stakansimon shakldagi poydevor bilan birikish joyi.tutashuvi
maksimal egiluvchan momentini hosil qiladi. Bu esa tutashuvlarni konstruksiyalashni
qiyinlashtiradi.
Karkasni aralash elementlarga qirqish quyma temir-betondan yasalgan
karkasning ijobiy xususiyatlaridan foydalanishga imkon beradi. Karkasni bunday
qirqish zavodda tayyorlanadigan elementlarini qo‘shuvsimon shaklda bajarishga
imkon beradi, to‘sinlar esa qanotning choragida yoki o‘rtasida tutashishi mumkin.
Zarur bo‘lsa, qo‘shuvsimon elementlar N-simon , P-simon yoki fazoviy temir-
beton elementlari bilan mustahkamlanishi mumkin. Bunday temirbeton elementlarda
ramaning bir yo‘nalishidagi bikr qismlari, fazoviy elementlar uchun ikkala yo‘nalish
uchun korxona sharoitlarida yaxlit tayyorlanadi, bunday yo‘nalishlar zilzilaviylik
nuqtai-nazaridan maquldir.
YUk ko‘taruvchi konstruksiyalarni ishonchliligini oshirish maqsadida yig‘ma
karkas elementlarini biriktirishni (bog‘lanishlarini) ularni bajarish va nazorat qilish
uchun qulay joylarni tanlash kerak. Qirqimning qabul qilingan konstruktiv sxemasiga
mos keluvchi karkas elementlarining og‘irligi, shakli, geometrik o‘lchamlari,
tayyorlash, tashish va montaj (yig‘ish) sharoitlari bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |