12- amaliyot mavzu: Jamoat binolarining arxitekturaviy
kompozitsion xususiyatlari. Maktab binolari.
Reja:
1. Jamoat binolarini loyihalashning funksional asoslari.
2. Jamoat binolarining tasnifi.
3. Maktab binolari
Tayanch iboralar:
kompozitsion, struktura, funksional, magistral,
klasifikatsiya, texnologik, standartlash, unifikatsiyalash, tiplashtirish.
Jamoat binolari va inshootlari shaxarlarning xajm-rejaviy,
kompozitsion strukturasida muxim rol uynaydi. Ular shaxarlarning
markazlari qurilishida va tashkillanishida asosiy kompozitsion element
bo‘lib xizmat qiladi. Ularning ko‘chalar, maydonlar, transport magistrallari
bilan rejaviy va funksional bog‘lanishi shaxar rejasining asosini yaratadi.
Har bir arxitektura inshootining asosida uning xayotiy funksiyasi yotadi.
Hozirgi zamon odamlari ijtimoiy xayotining shakli xilma-xildir: ijtimoiy-
siyosiy, ma’muriy, madaniy, maishiy va boshqalar. Bu xilma-xil
protsesslarni tashkil etish uchun esa ashyoviy qobiq bo‘lgan turli xil jamoat
binolari
xizmat qiladi. Jamiyatning uzluksiz rivojlanishi, xayotiy
protsesslarga bo‘lgan talablarning o‘zgarishi, fan va texnikaning
rivojlanishi
jamoat
binolarida
kechadigan
funksional-texnologik
protsesslarni xam o‘zgarishga olib keladi. SHuning uchun
jamoat
binolarining tiplari xam o‘zgarib turadi, bir xillari yuqoladi, boshqalari esa
paydo bo‘ladi. Jamoat binolarining klassifikatsiyasi funksional vazifa va
foydalanishning o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan xolda, jamoat
binolari maxsus va universal ko‘rinishlarga bo‘linishi mumkin. Maxsus
jamoat binolari aniq funksiyaga ega bo‘lib, butun foydalanish davrida bu
funksiyasini o‘zgartirmaydi.
Hozirgi kunda loyixalash me’yorlari asosida jamoat binolari
quyidagicha guruxlarga bo‘linib klassifikatsiya kilinadi:
1.
Ta’lim, tarbiya va kadrlar tayyorlash muassasalari. Bu gurux turli
tipdagi maktabgacha bo‘lgan tarbiya muassasalarini, umumta’lim va
maxsus maktablarni, maktab-internatlarni, akademik litseylarni, kasb-
xunar kollejlarini, oliy o‘quv yurtlarini o‘z ichiga oladi.
2.
Sog‘liqni saqlash, dam olish, jismoniy tarbiya va sport muassasalari.
Bu
gurux
kasalxonalarni,
ambulatoriyalarni,
poliklinikalarni, turistik idoralarni, dam olish oromgoxlarini, sport
binolari va inshootlarni o‘z ichiga oladi.
3.
Ilmiy tadqiqot institutlari, loyixa va konstruktorlik muassasalari.
4.
Arxiv muassasalari.
5.
Madaniyat, ma’rifiy va tomosha muassasalari: kutubxonalar, muzeylar
va ko‘rgazma zallari, teatrlar, kinoteatrlar, konsert zallari va shunga
o‘xshash binolar.
6.
Axoliga xizmat ko‘rsatadigan savdo, umumiy ovqatlanish muassasalari.
7.
Axoliga maishiy xizmat ko‘rsatadigan muassasalar.
8.
Kommunal xo‘jalik muassasalari.
9.
Boshqarish, bank va kredit, sug‘urta qilish muassasalari (ma’muriy
binolar).
10. Turli xil jamoat idoralari.
11. Transport muassasalari: hamma turdagi transportlar uchun vokzallar,
transport agentligi va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish idoralari.
12. Mexmonxonalar, motellar va kempinglar.
13. Ko‘p funksiyali jamoat binolari.
Universal jamoat binolari ikki ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Birinchi
ko‘rinishga xonalari bir necha soat ichida o‘zgartirilib, boshqa vazifani
o‘tashga tayyor bo‘luvchi, ko‘p maqsadli funksiyaga ega bo‘lgan jamoat
binolari kiradi. Ikkinchi ko‘rinishiga vaqt-vaqti bilan
xonalarning
o‘lchamlari, ularning guruxlanishi va uskunalarini
joylashtiruvlari
o‘zgartiriladigan jamoat binolari kiradi. Bu o‘zgartirishlar funksional
protsesslarning mukamallashganligi munosabati bilan yuzagga keladi. Ba’zi
bir jamoat binolarining transformatsiya sxemasi kuyidagi rasmda keltirilgan.
Zallarning transformatsiya sxemasi:
a) tennis yoki xokkey uchun; b) kinofilmlar uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |