Bino va inshootlar


-Ma’ruza: Yuridik huquqni himoyalovchilar uchun



Download 24,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/153
Sana16.04.2022
Hajmi24,05 Mb.
#555953
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   153
Bog'liq
УМК ГЕДРОТЕХНИКА

11-Ma’ruza: Yuridik huquqni himoyalovchilar uchun
mo‘ljallangan binolar
Reja:
1) Jamoat binolarining klassifikatsiyasi.
2) Jamoat binolariga qo‘yiladigan asosiy talablar.
3) Jamoat binolarini bloklashtirish va kooperatsiyalash
.
Tayanch iboralar:
Jamoat binolari, bloklashtirish, kooperatsiyalash.
Jamoat binolari va inshootlari katta doiradagi ijtimoiy tadbirlar,
odamlarning siyosiy, xo‘jalik, ma’muriy, ilmiy va biror mahsulot ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa faoliyatlari uchun moddiy baza
bo‘lib xizmat qiladilar. Jamoat binolarining vazifalari xilma-xil, ko‘lami
keng, 200 ga yaqin turi ma’lum. Lekin ularni funksional vazifalari bo‘yicha
bir-biriga yaqinlarini, o‘xshashlarini umumlashtirib 10 ta katta guruhga
keltirish, o‘z navbatida har bir guruhga tegishli jamoat binolarini 3 tadan
kamida 7 tagacha guruhchalarga bo‘lish mumkin. Masalan, bunday
klassifikatsiya quyidagicha amalga oshiriladi.


1-guruh. Ta’lim, tarbiya va kadrlar tayyorlash muassasalarining
binolari. Bu guruhga taaluqli binolarni qo‘yidagi guruhchalarga bo‘lish
mumkin:
1.1.Umumiy tipdagi, mahsuslashtirilgan, sog‘lomlashtirish va
boshlang‘ich maktablar bilan birlashtirilgan maktabgacha bolalar
muassasalari binolari;
1.2.Umumta’lim
va
ixtisoslashtirilgan
maktablar,
maktabinternatlar,gimnaziyalar, litseylar binolari;
1.3.Kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar binolari;
1.4.Oliy
o‘quv
yurtlari(institutlar,
universitetlar,akademiyalar,konservatoriya,
institutlargatenglashtirilgan
oliy
bilim
yurtlari
vaboshqa shu
kabi)binolari;
1.5.Mutahassislarni malakasini oshirish institutlari binolari;
1.6.Maktabdan tashqari muassasalar (usmirlar saroyi, bilim
uylari,aviatsiya ishqibozlari klubi kabi muassasalar) binolari.
2-guruh. Ilmiy-tekshirish muassasalari, loyiha va jamoat tashkilot-lari
hamda boshqaruv muassasalari binolari. Bu guruhga taaluqli binolarni ham
qo‘yidagi guruhchalarga bo‘lish mumkin:
2.1. Ilmiy tekshirish institutlarining binolari (yirik maxsus inshootlar
bundan mustasno);
2.2. Loyiha tashkilotlari va konstruktorlik byurolarining binolari;
2.3. Informatsion markazlar binolari;
2.4. Boshqaruv organlarining binolari (turli ma’muriy xududlarning
xokimiyatga va boshqa idoralari binolari);
2.5. Partiyalar va boshqa jamoat tashkilotlarining binolari; 2.6.
Davlat yoki nodavlat sug‘urta va kredit tashkilotlari binolari;
2.7.Arxivlar binolari.
3-guruh.Sog‘liqni saqlashva dam olish muassasalari binolari va
inshoot-lari. Bu guruhga taaluqli binolarni qo‘yidagi turlarga bo‘lish mumkin:
3.1.Davolash muassasalari (shifoxonalar), ambulatoriya, poliklinika,
dispanser, apteka va shunga o‘xshash muassasalar binolari;
3.2.Sanatoriylar,sanatoriy-profilaktoriylar binolari; 3.3.Dam olish vaturizm
muassasalaribinolari.
4-guruh.Jismoniytarbiya-sog‘lomlashtirish vasportbinolari vainshootlari. Bu
guruhga taaluqli binolarni ham 3 turga bo‘lish mumkin:
4.1. Ochiq jismoniy tarbiya-sport inshootlari;


4.2. YOpiqjismoniy tarbiya-sport binolari va inshootlari;
4.
3.Jismoniy tarbiya-sport va sog‘lomlashtirish komplekslari
binolariva inshootlari.
5-guruh.Madaniy-oqartuv va tomosha muassasalarining binolari. Bu
guruhgataaluqlibinolar ham bir necha guruhchalarga bo‘linishimumkin:
5.1. Kutubxonalar binolari;
5.2. Muzeylar va ko‘rgazmalar binolari;
5.3. Klublarbinolari (tomosha zalli turli klublar, madaniyat
uylari va saroylari, dam olish markazlari va boshqalar);
5.
4.Tomosha binolari (teatrlar, kinoteatrlar, sirk va
boshqalar).
6-guruh.Savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy hizmat
ko‘rsatish muassasalari binolari. Bu guruhga taaluqli binolar ham guruhning
nomida qayd etilganiga muvofiq ravishda qo‘yidagi turlarga bo‘linadi:
6.1. CHakana
savdo
muassasalari
uchun
binolar(do‘konlar,magazinlar,savdo markazlari va shunga o‘xshash
binolar);
6.2. Umumiy ovqatlanish muassasalari binolari (oshxonalar,kafelar,
restoranlar va shunga o‘xshash muassasalarbinolari). Sanoat korxonalariga
taaluqli yordamchi binolarda joylashgan umumiy ovqatlanish muassasalari
bunga kirmaydi;
6.3. Aholiga bevosita xizmat ko‘rsatuvchi maishiy xizmat korxonalari
binolari. Mahsulot (masalan, kiyim kechak, poyafzal kabi) ishlab chiqarish
bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar bundan mustasno.
7-guruh.
Bevosita
aholiga
xizmat
ko‘rsatuvchi
transport
muassasalaribinolari. Bu guruhga taaluqli binolar ham turlarga bo‘linishi
mumkin:
7.1. Vokzallar (shohbekatlar) binolari (avtovokzal, aerovokzal,
aeroport, daryo va dengiz vokzallari binolari);
7.2. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish idoralari, transport agentliklari,
vokzaldan boshqa joyda joylashgan kassa pavil’onlari.
8-guruh. Aloqa xizmati muassasalari binolari. Bu guruhga qo‘yidagi
muassasalar binolari kiradi:
8.1. Pochta, telegraf kabi aloqa idoralari binolari;
8.2. SHahar va shaharlararo telefon aloqasi stansiyalari, uyali
telefon aloqasi firmalari binolari;
8.3. Radio va telestudiyalar binolari;


8.
4.Ommaviy
axborot
vositalari
muxarririyatlari
binolari.9guruh.Kommunal xo‘jalik muassasalari binolari.Bu guruhga
taaluqli binolar ham qo‘yidagi guruhchalarga bo‘linadi:
9.
1.Aholining turli marosimlarni o‘tkazishlari uchun binolar
(masalan, to‘yxonalar, dafn qilish byurolari kabi);
9.2. Uy-joylarni
ekspluatatsiyaqilish
idoralari
(uy-joy
shirkatlari,uyushmalari binolari);
9.3. Mehmonxona muassasalari, motel va kemping binolari;
9.4. Jamoat xojatxonalari;
9.5. O‘t o‘chirishdepolari binolari.
10-guruh.Ko‘p funksiyali binolar va komplekslar.
Bu guruhga taaluqli binolarni ham ikki turga ajratish mumkin:
10.1. Turli jamoat muassasalari bir binoda joylashgan jamoat
markazlari; bunday binolar va komplekslarda turli maqsadlarga
mo‘ljallangan xonalar bo‘lishi mumkin;
10.2. Universal jamoat binolari (masalan, zaruriyat tug‘ilganda ichki
jihozlarni o‘zgartirib xonalarining funksional vazifasini o‘zgartirish mumkin
bo‘lgan binolar).
Jamoat binolari xizmat ko‘rsatish ko‘lamiga ko‘ra umumshahar, rayon
va mikrorayon ahamiyatiga ega bo‘lishlari mumkin va shunga mos ravishda
shaharning ma’lum xududlarida joylashtiriladi.
Jamoat binolarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq konstruktiv
echimlarini belgilash va loyihalashda qabul qilish uchun, ularni
mukammallik (kapitallik) bo‘yicha 4 klassga bo‘linadi. I klass binolarga
hukumat idoralari, umumshahar ahamiyatiga ega bo‘lgan jamoat binolari:
muzeylar, ko‘rgazmalar, vokzallar kabi binolar kiradi. 2 klass binolarga
tipovoy loyihalar asosida ommaviy tartibda quriladigan jamoat binolari
(masalan, maktablar, bog‘cha-yaslilar kabi binolar) kiradi. 3 klass binolarga
kam o‘rinli (bir vaqtning o‘zida bo‘ladigan odamlar soni 300 tadan ko‘p
bo‘lmaydigan) jamoat binolarn kiradi. 4 klass binolarga vaqtinchalik
foydalanishga mo‘ljallangan jamoat muassasalari (mavsumiy savdo
yarmarkalari, umumiy ovqatlanish muassasalari binolari kabi) binolari kiradi.
Jamoat binolari ulardagi funksional jarayonlarning turlitumanligi bilan
ajralib turadidar. Jamoat binolarini loyhalashtirishda funksional talablarning
bajarilishiga katta e’tibor berilishi kerak. Funksional jarayonlarni amalga
oshirish uchun xonalarda zarur bo‘lganshart sharoit yaratilishi, buning uchun
xonalarning hajmiy-plan o‘lchamlari to‘g‘ri belgilanishi, ulardagi tovush,
yorug‘lik rejimi, mikroiqlim talab darajasida bo‘lishi lozim. Tomosha


zallarida, bundan tashqari, tomoshabinlar tomonidan ko‘rish ob’ektini aniqva
to‘siqsiz ko‘rishini ta’minlash talab qilinadi.
Jamoat binolarining mukammallik klassi to‘g‘ri belgilanishi va shunga
muvofiq ravishda bino konstruksiyalari mustahkamlik, ustivorlik, uzoqqa
chidamlilik talablariga javob beradigan bo‘lishi kerak. Texnik talablarga
ko‘ra,I va 2 klass jamoat binolarining uzoqqa chidamlilik va olovbardoshlik
darajalari mos ravishda I va II darajadan past bo‘lmasligi kerak. 3 klass
jamoat binolarining uzoqqa chidamlilik darajasi II darajadan, olovbardoshlik
darajasi esa III darajadan past bo‘lmasligi talab qilinadi, ya’ni asosiy
konstruksiyalarni olovbardoshligi nisbatan pastroqmateriallardan qilinishiga
qaramay, bino-ning hisobiy hizmat muddati 50 yildan kam bo‘lmasligi kerak.
4 klass, ya’ni vaqtinchalik jamoat binolarining uzoqqa chidamlilik va
olovbardoshlik darajalari cheklanmaydi.
Konstruktiv yong‘in xavfi bo‘yicha jamoat binolari 4 klassga bo‘linadi.
Bunday
klasslarga
bo‘linish
binodagi
asosiy
konstruktiv
elementlariningkonstruktiv yong‘in xavfliligi klassiga bog‘liq holda amalga
oshiriladi (1-jadval). To‘siq konstruksiyalardagi proyomlarni to‘ldiruvchi
elementlar (eshiklar, darvozalar, deraza va lyuklar)ning yong‘in xafliligi
e’tiborga olinmaydi.
1-jadval.
Binoning
konstruktiv
yong‘in
xavfi
YUk
ko‘taruvchi
kolonnalar,
rigel-
Tashqi
devorlar
tashqi
tomondan
Devorlar,
pardadevorlar,
chordoqsiz
Zinaxona
devorlari
va
yong‘inga
qarshi
Zina marshlari
va
maydonchalari
bo‘yicha
klassi
lar,
fermalar
tomlar
to‘siqlar
S0
K0
K0
K0
K0
K0
S1
K1
K2
K1
K0
K0
S2
K3
K3
K2
K1
K1
S3
Me’yorlanmaydi
K1
K3
Binoning konstruktiv yong‘in xavfi bo‘yicha S0 klassga taaluqli
binolar yong‘inga xavfsiz binolar hisoblanadi. S1 klass binolar yong‘inga
kam xavfli, S2 klass binolar yong‘inga xavfligi o‘rtacha va S3 klass binolar
yong‘inga xavfli binolar hisoblanadilar.
Funksional yong‘in xavfi bo‘yicha ham jamoat binolari 4 klassga (F1,
F2, F3 va F4) bo‘linadilar. F1 klass jamoat binolariga maktabgacha bolalar


muassasalari, kasalxonalar, kvartira tipida bo‘lmagan qariyalar va nogironlar
uylari binolari kiradi. Ma’lum vaqtda odamlar ommaviy ravishda tashrif
buyuradigan tomosha va madaniy-oqartuv muassasalari binolari yong‘in
xavfi bo‘yicha F2 klass binolarga kiradilar. F3 klass jamoat binolariga bir
vaqtning o‘zida ko‘p sonli aholiga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarining
binolari (savdo, umumiy ovqatlanish muassasalari, vokzallar, aeroportlar va
shunga o‘xshash) kiradi. O‘quv muassasalari, ilmiy tekshirish va loyiha
tashkilotlari binolari yong‘in xavfi bo‘yicha F4 klass jamoat binolariga
mansub hisoblanadilar.
Jamoat binolari odatda binolar ansamblida kompozitsion markaz
vazifasini bajaradilar. SHuning uchun ularga yuqori darajada me’moriybadiiy
ma’nodarlik talablari qo‘yiladi. SHu bilan birga jamoat binolariga iqtisodiy
talablar ham qo‘yiladi, ya’ni ulardagi zarur xonalar ro‘yxatini aniqlaganda,
xonalarning o‘lchamlarini belgilaganda xaqiqiy extiyojlardan va jamiyatning
imkoniyatlaridan kelibchiqish kerak.
Jamoat binolarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llaridan biri
ularni bloklashtirnsh, ya’ni bir nechta uncha katta bo‘lmagan jamoat
muassasalarini bitta nisbatan katta binoda (7.1-rasm, a) joylashtirishdir.
SHuningdek, jamoat binolarida kooperatsiyalash usulidan foydalanish, ya’ni
bloklashtirilgan binodagi xonalarning ma’lum bir qismidan bloklashtirilgan
muassasalar to-monidan turli vaqtda foydalanish ham katta iqtisodiy samara
beradi. Masalan, bitta binoda ikki yoki undan ortiq muassasa joylashtirilsa,
ular uchun umumiy majlislar zali (1-rasm, b)qilish mumkin.

Download 24,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish