Turli turdagi binolar montajining o„ziga xos xususiyatlari
Engil turdagi binolar montaji
. Bunday bir qavatli sanoat binolarining geometrik
parametrlari (oraliq va balandlik), chegaralangan bo‗lib, ularda ko‗pincha ko‗priksimon kranlar
bo‗lmaydi. Bunday binolarda ko‗pincha engil tomyopma konstruksiyalari qo‗llaniladi: to‗g‗ri
burchakli kesimga ega etib payvandlangan profillar, quvurlardan tayyorlangan fermalar, strukturali
tomyopma konstruksiyalari va boshqalar. Engil turdagi binolarning xamma konstruktiv elementlari
uncha og‗ir bo‗lmagan massaga ega bo‗lib, ularning og‗irligi 8 t dan oshmaydi.
Binoning karkasini montaj qilishni boshlashdan oldin, nol siklidagi ishlar tugallangan
bo‗lishi, pol osti beton ishlari bajarilgan bo‗lishi kerak, bu esa montaj kranlarini va transport
vositalarini to‗siqlarsiz xarakatlanishini ta‘minlaydi.
Binoning qurilish maydonini yuzasi, uning konstruktiv echimlari va u bilan bog‗liq
konstruksiyalarni xajmini hisobga olgan xolda, tomyopma konstruksiyalarini elementlab yoki blokli
montaj qilish qabul qilinadi. Bloklar yig‗ilishi stellajlarda, stendlarda va konveyer liniyalarida amalga
oshiriladi. Ramali konstruksiyalarni elementlab, strukturalilar esa faqat yiriklashtirilgan bloklar bilan
montaj qilinadi.
Elementlab montaj qilish yuk ko‗tarish qobiliyati 10...20 t bo‗lgan o‗ziyurar gusenitsali,
pnevmog‗ildirakli va avtokranlar yordamida amalga oshiriladi. Montaj ishlari yuqori sur‘atini
ta‘minlash uchun konstruksiyalarni uzluksiz montajga etkazish uchun omborni ishi aniq yo‗lga
qo‗yilishi kerak. Konstruksiyalarni yiriklashtirib yig‗ish IBLda nazarda tutilmagan bo‗lsa, unda ular
montaj qilinayotgan oraliqdagi yig‗uvchi stendlarida emas omborda bajarilishi kerak. SHunda,
avtotransport harakati uchun va konstruksiyalarni ― transportdan montaj‖i uchun eng qulay va
xavfsiz sharoitlar yaratilgan bo‗ladi, chunki ularni loyiha holatiga kutarish o‗rnatilish yonida
vaqtinchalik taxlanmasdan amalga oshiriladi.
Blokli montaj qilishda yuk ko‗tarish qobiliyati 40...50 t bo‗lgan kranlar qo‗llaniladi.
Tomyopma bloklarini yiriklashtirib yig‗ish montaj kranlaring ishchi zonalarida, ya‘ni binoning montaj
qilinayotgan oralig‗ida yoki chegaradosh oraliqda joylashtirilgan maxsus stendlarda amalga oshiriladi.
Stendlarda bloklarni yiriklashtirib yig‗ish yuk ko‗taruvchanligi kichikroq bo‗lgan mobil strelali kran
yordamida bajariladi.
Montajni qushni oraliqlarga siljishiga qarab stend yangi manzilga (to‗xtash joyi) asosiy
montaj krani bilan ko‗chiriladi. Binoning maydoni katta va montaj qilinayotgan konstruksiyalarning
hajmi juda ko‗p bo‗lganda tomyopma bloklarini yig‗ish konveyer liniyalarida amalga oshiriladi.
Strukturali konstruksiyalarni montaj qilishda, quyidagi montaj qilish texnologiyasi ko‗zda
tutiladi. Birinchi bo‗lib ustunlar o‗rnatiladi, keyin ko‗tariladigan joyda 30×30 m tomyopma strukturasi
yiriklashtirilib ko‗tarishga tayyorlanadi. Blok loyixaviy holatiga ikkita kran bilan ko‗tariladi (8.1-
rasm). Blok maxsus traversalar yordamida to‗rtta joyidan ilinadi. To‗suvchi engil devorlarni
elementlab yoki 3...4 ta paneldan iborat yiriklashtirilgan elementlardan montaj qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |