Bino va inshootlar qurilishi


KONVEYER QOSHIDAGI MATERIAL VA KONSTRUKSIYALARNING



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

KONVEYER QOSHIDAGI MATERIAL VA KONSTRUKSIYALARNING 
OMBORLARI 
Metall mahsulotlarini qabul qilish, saralash va qisman yiriklashtirish uchun metall 
konstruksiyalarning omborxonalari konveyer liniyasi bo‗ylab joylashtiriladi. Konveyer bilan 
omborxona oralig‗iga maxsus yo‗l plitalaridan tashkil topgan yo‗l quriladi, bunda avtotransport va 
kranlar xarakatlanib konveyerda montaj ishlarini olib boradi. Odatda 2-3 ta chorpoyali kranlar 
omborda qushimcha ravishda xizmat qiladi. Bu kranlar juda sekin yurganligi sababli konveyerdagi 
montaj ishlarini bajarmaydi, ammo ortish-tushirish uchun bemalol qo‗llasa bo‗ladi.
Alohida materiallar va konstruksiyalarning omborlari avtomobil yo‗llariga bog‗lanadi va 
konveyerni to‗xtash joylariga Yaqin joylarga joylashtiriladi.
Qurilayotgan binoning oraliqlaridan birida joylashgan konveyerda, bloklar oraliqda ensiz 
tomoni bilan ko‗chiriladi va unga bog‗langan omborning o‗lchamlari ham chegaralangan bo‗ladi. 
BLOKLI MONTAJ QILISH USULLARI 
Konveyerli yig‗ish va yirik blokli montaj har-xil usullar bilan bajarilib bo‗lib, konveyer 
liniyasini joylashishi va ishlatilayotgan asbob-uskunalar bilan farqlanadi.
To‗liq tayyor bo‗lgan blok uzatadigan aravacha yordamida konveyerga ko‗ndalang yo‗l 
bo‗ylab uzatiladi va elektr chig‗irlari yordamida siljitilib suriladi.
YUk ko‗tarish-tashish transport mexanizmlarlari bilan bloklarni oraliq bo‗ylab, o‗rnatish 
joyigacha tashishga quyidagi faktorlar ta‘sir etadi:
• blok massasi; 
• binoning er ostki qismining barpo etish davridagi texnologik
uskunalar poydevorlarining, kommunikatsiyalarini ko‗pligi, va ularni barpo etish usullari va 
boshqalar (ochiq yoki yopiq). 
SHu asosiy mezonlardan kelib chiqqan holda bloklarni konveyerdan ko‗chirishni ikkita asosiy 
sxemasi ishlab chiqilgan: 
• blok yukko‗taruvchi –transport mexanizmlari, uskunalar va konstruksiyalar yordamida 
o‗rnatiladigan joyiga erdagi yo‗llar orqali ko‗chirilib va u erda ko‗tarilib loyiha holatiga o‗rnatiladi; 
• blok konveyerdan ko‗tarilib, bino karkasining yuk ko‗taruvchi konstruksiyalari – kranosti 
to‗sinlari yoki stropilaosti fermalariga tushirilib va loyiha holatiga surilib ko‗chiriladi. 
Tayyor bloklarni oraliq bo‗ylab ko‗chirishni quyidagi usullari ishlab chiqilgan va qo‗llaniladi: 


• kranosti to‗sinlari usti bo‗ylab harakatlanadigan past bo‗yli o‗rnatgichlar bilan; 
• o‗ch oraliqni o‗rtasida relsli yo‗llarda harakat qiluvchi og‗ir minorali kran yoki og‗ir yuk 
ko‗taruvchi o‗ziyurar gusenitsali kran bilan; 
• maxsus yuk ko‗taruvchi konstruksiya bilan; 
• har bir oraliqda o‗zining rels yo‗llarida harakatlanidigan baland o‗rnatuvchilar bilan; 
• pnevmog‗ildirakli baland o‗rnatuvchi yordamida; 
• oldindan montaj qilingan stropilaosti to‗sini yoki ferma bo‗yicha harakatlanadigan past 
bo‗yli o‗rnatgichlar bilan; 
• bloklarni o‗ch oraliqda o‗rnatuvchisiz montaj qiladigan keng oraliqli chorpoyali kran bilan. 
8.6- rasm. Tomyopma bloklarini konveyerdan o‗rnatkichga uzatish sxemasi: 
a – yiriklashtirilgan blokni konveyerdan pastki o‗rnatkichga uzatish; b – blokni stroplarga 
ilish; 1 – tayyor tomyopma blok montaj zonasiga uzatishdan oldin; 2 – blokni o‗rnatkichga ko‗chirib 
o‗tkazish; 3 – blokni prolyot bo‗ylab o‗rnatish joyiga uzatish. 
Bloklarni konveyer aravachasidan ko‗tarish balkali tirgakli-traversa yordamida kran bilan 
amalga oshiriladi. Blok ikki tarmoqli stroplar bilan boshmoqlardan ilinadi, boshmoqlar stropilaosti 
fermasini yuqoridagi belbog‗iga boltlar bilan mahkamlangan bo‗ladi (8.6-rasm). To‗liq tayyor 
tomyopmasi bloklarini montajini asosiy sxemalarini tushuntiramiz. 
1. Tomyopma bloklari konveyerda yiriklashtirilib , konveyer relslari bo‗ylab montaj 
qilinadigan oraliqqa uzatiladi. Aravachadan blok montaj krani bilan ko‗tariladi, o‗rnatkichga 
ko‗chirilib urnashtiriladi, o‗rnatkich kranosti to‗sinlaridagi temir yo‗l bo‗ylab xarakatlanib o‗rnatish 
joyiga keladi va ustunning tayanch maydonchalariga o‗rnatiladi (8.7-rasm). Blok loyihaviy holatiga
o‗rnatkichning domkrat uskunalari yordamida tushiriladi.

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish