Bino va inshootlar qurilishi


BINO VA INSHOOTLARNI ANIQ VA TO„G„RI BARPO ETISHNING



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

BINO VA INSHOOTLARNI ANIQ VA TO„G„RI BARPO ETISHNING 
GEODEZIK TA‟MINOTI 
Zamonaviy industrial qurilish ishonchli geodezik ta‘minot bo‗lishini talab qiladi. 
Ko‗p qavatli yig‗ma va monolit binolar konstruksiyalarini barpo etish aniqlik va to‗g‗ri 
o‗rnatilishiga yuqori talablar bilan xarakterlanadi. O‗rnatilgan qo‗yim(dopusk)larga 
amal qilmaslik, cheklanishlar va xatoliklar yig‗ilishi ishlarni bajarishni qiyinlashtiradi, 
ayrim elementlarni va umuman binoning yuk ko‗taruvchanlik qobiliyatini va 
to‗rg‗unligini kamayishiga olib keladi. 
Binoni aniq barpo etishning asosi 
kompleks geodezik rejalashtirish ishlari
bo‗lib, ularning bir qismi tayyorlov davri ishlariga kirsa, qolgan qismi bevosita binoni 
barpo etishda amalga oshiriladi. Unga kiradi: 
• binoda o‗qlari biriktirilgan va bu o‗qlarni qavatlarga ko‗chirish imkoni 
bo‗lgan geodezik rejalashtirish planini yaratish ; 
• har bir montaj qilinadigan qavatni qavatlararo yopmalarida oraliq va 
yordamchi o‗qlarni rejalashtirish; 
• elementlarni montaj qilish shartlariga asosan kerakli o‗rnatuvchi chiziqlarni 
belgilash; 
• qavatlarda montaj gorizontini aniqlash; 
• qavatlar bo‗yicha bajarish sxemasini to‗zish. 
Binoning poydevorlarini cho‗kishi va karkasning deformatsiyasini sistematik 
nazorat qilish majburiydir. 
Binoning er ustki qismini barpo etishni boshlagunga qadar sokol va erto‗la 
yopmasida o‗qlar o‗rni belgilanadi. Har bir bosh o‗q binoga qo‗yidagi tartibda 
ko‗chiriladi. Teodolit bino obnoskasidan tashqarida binoning o‗qi mahkamlangan shtir 
ustida joylashgan holda o‗rnatilib, binoning qarama-qarshi tomonida joylashgan shunga 
uxshash belgiga stvor o‗qi bo‗ylab yunaltiriladi, keyin binoning sokol paneliga 
yunaltirilib unda stvor o‗qi belgilanadi. Xuddi shuningdek boshqa bosh o‗qlar 
ko‗chiriladi. Odatda o‗qlarning kerakli belgilari binoning sokoliga va qavatlararo 
yopmasiga bo‗yoq yordamida chiziladi, bundan tashqari qushimcha ravishda o‗qlarning 
uzaro kesishish joylari ham belgilanadi. Har bir o‗q binoga maydonning ikki joyida 
mahkamlangan o‗q nuqtalaridan ikki marta ko‗chiriladi. Loyihadagi va amaldagi 
o‗qlar orasidagi masofa va burchaklar bir-biridan QMQdagi reglamentlashtirilgan
qiymatlardan farq qilmasligi kerak. Ikki bo‗ylama o‗qlar orasidag farq ±3 mm, yonma-
yon ko‗ndalang o‗qlar orasidagi farq ±1 mm bo‗lishi mumkin. 
Qurilish maydonining sharoitlari va binoning konstruktiv xususiyatlariga 
bog‗liq holda asosiy o‗qlarni boshlang‗ich gorizontdan montaj qilinadigan qavatga 
ko‗chirish yotiq yoki vertikal proeksiyalash usuli bilan amalga oshiriladi. YOtiq 
proeksiyalashda teodolit ko‗chiriladigan asosiy yoki yordamchi o‗qni chizig‗ida 
o‗rnatiladi. Binoning sokolida o‗qni holati mahkamlangan belgi-chiziqqa yunaltiriladi. 
Kuchiriladigan o‗qni orayopmaga proeksiyalash uchun uning stvorida vizirli nishon 


(ko‗p hollarda − shoqulli uchoyoq) o‗rnatiladi, o‗qni holati orayopmaga ko‗chiriladi 
va belgi-chiziq bilan belgilanadi (3.3-rasm). 
3.3-rasm. Belgini montaj gorizontiga ko‗chirish sxemasi: 
1 – qurilish reperi; 2, 8 – reykalar; 3, 7 – nivelirlar; 4 – ruletkaga o‗rnatilgan qushimcha yuk; 
5 – ruletka; 6 – kronshteyn; 9 – ishchi reper; 
a
va 
b – 
nivelir bo‗yicha sanoqlar

Vertikal proeksiyalash usuli yuqori qavatli (16 qavatdan yuqori) yoki qurilishni 
tor sharoitlarida qo‗llaniladi. Uning uchun vertikal proeksiyalashni maxsus priborlari 
ishlatiladi. O‗qlarni qavatlarga ko‗chiriladigan tayanch nuqtalari kolonna yoki panellar 
qatorining o‗qlarida emas, parallel siljitilgan bo‗ylama va ko‗ndalang chiziqlarda 
joylashtiriladi. 
Ko‗chiriladigan asosiy o‗qlar soni binoning konstruktiv xususiyatlariga bog‗liq. 
Yirik panelli binolar uchun qamrovlar chegarasidagi ko‗ndalang o‗qlar va bir chetki 
bo‗ylama o‗q ko‗chiriladi. Karkasli binolarda hamma bo‗ylama va ko‗ndalang o‗qlar 
ko‗chiriladi. 
Har bir qavatda montaj gorizonti nivelir yordamida aniqlanadi. Karkasli 
binolarda kolonna bosh qismini tayanch yuzasi, kran osti to‗sinlari o‗rnatiladigan 
konsollar, yirik panelli va monolit binolarda – ichki va tashqi devor panellari 
o‗rnatiladigan erdagi panellar va qavatlararo yopmalarni yuzalari nivelirlanadi. Montaj 
gorizonti sifatida eng baland no‗qtani raqamiy belgisi olinadi.Montaj gorizonti sathi 
mayaklar yordamida tayyorlanadi. 
Montaj gorizonti qo‗yidagi tartibda aniqlanadi. Panel (kolonna, bloklar) 
o‗rnatilish joylari belgilangandan so‗ng mel yoki rangli qalam bilan mayaklar o‗rni 
belgilanadi ( kolonnalar uchun – nivelir reykasini o‗rnatilish joyi) . Keyin nivelir 
qamrov tashqarisiga o‗rnatilib mayaklar uchun belgilangan joylar nivelirlanadi va 


reykadagi sanoqlar yoziladi. Aniqlangan eng baland nuqta va montaj chokini minimal 
qalinligini e‘tiborga olgan holda montaj gorizontini amaldagi sathini raqami aniqlanadi. 
Uzunligi 100 m dan kam bo‗lgan binolarda bitta montaj gorizonti, bundan ham 
uzun bo‗lganda umumiy gorizont sifatida deformatsion choklar orasidagi uchastka 
qabul qilinadi. 
Devor panellari va bloklarni, balandligi 5 m gacha bo‗lgan ustunlarni, kran osti 
to‗sinlarini va stropila fermalarini vertikalligini (tikligi) geodezik nazorati reyka-
shoqul yordamida amalga oshiriladi. YAnada uzunroq kolonnalarni vertikalligi bir-
biriga nisbatan perpendikulyar tekisliklarda joylashgan ikkita teodolit yordamida yuqori 
o‗q chizig‗i kolonnani pastki qismiga proeksiyalanish orqali amalga oshiriladi. Kolonna 
pastki qismini o‗rnatishda rejalashtirish o‗qlaridagi chiziqlarga yoki montaj qilingan 
pastdagi kolonnalarning o‗qlariga nisbatan amalga oshiriladi. Kolonnalar qatorini 
vertikalligi tekshirilgandan so‗ng rigel, to‗sin va fermalarga tayanch bo‗lib xizmat 
qiluvchi ularning konsoli va ko‗ndalang yuza qismi nivelirlanadi. Kolonnalarni 
montaji va nivelirlashlari tugagandan so‗ng rigel , to‗sin va fermalar o‗rnatiladigan 
yuzalardagi belgilarni o‗rni aniqlanadi. Nivelirlashni bajarishni soddaroq yo‗li 
qo‗yidagicha. Montaj qilishdan oldin erda turgan kolonnani baland qismidan yoki 
konsolidan pastki qismiga qarab butun songa teng o‗lchov o‗lchanadi va shu sathda 
bo‗yoq bilan gorizontal chiziq chizilib belgilanadi , undan kolonnani pastki qismiga 
qadar bo‗lgan masofa 1.5 m dan ortiq bo‗lmasligi kerak.Kolonnalar o‗rnatilib 
bo‗lgandan so‗ng nivelirlashni shu pastgi gorizont bo‗yicha oborish mumkin. 
Montaj ishlarini har bir bosqichida montaj qilingan konstruksiyalarni rejalash 
o‗qlariga nisbatan holatini hujjatli qayd qiladigan geodezik ijro etish sxemasi bajariladi. 
Bu yig‗ilib qolgan xatolarni e‘tiborga olishni va yuqori qavatlar konstruksiyalari 
montajini holatini korrektirovka qilish imkonini beradi. 
Foydalanadigan adabiyotlar ro‗yxati
 
1.
Bozorboev N. Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi. I-qism. O‗quv 
qo‗llanma Toshkent, 2000. 
2.
Bozorboev N., Sobirov M. Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi. II-
qism. O‗quv qo‗llanma Toshkent, 2000. 
3.
Texnologiya vozvedeniya zdaniy i soorujeniy: Ucheb. dlya stroit, vuzov/V.I. 
Telichenko, O.M. Terentev, A.A. Lapidus— 2-e izd., pererab. i dop.— M.: 
Vыssh. shk., 2004.— 446 s; il. 
4.
Texnologiya stroitelnogo proizvodstva. Uchebnik, (S.S. Ataev,
N.N.Danilov, B.V.Prыkin i dr.) M., Stroyizdat, 1994. 
5.
Texnologiya stroitelnogo proizvodstva (O.O.Litvinov i dr.) Kiev, Vыsshaya 
shkola. 1995. 
6.
Xamzin S. K., Karasev A. K.

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish