Bino va inshootlar qurilishi


 – ilova  Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko„chirish usullari



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

3 – ilova 
Inshootlarni doimiy tayanchlarga ko„chirish usullari 
Tayanchlarga o‗rnatish usuliga bog‗liq holda montaj qilish usullari vertikal ko‗tarish, 
burish, surish, dumalatish yo‗li bilan farq qilinadi. 
Vertikal ko‗tarib o‗rnatish usuli ko‗tarilayotgan konstruksiya yoki inshootning massasi 
montaj mexanizmlarining yuk ko‗tarish qobiliyatidan ortiq bo‗lmaydigan hollarda qo‗llaniladi. 
Umuman bu usulning qo‗llanilishi konstruksiyani yaxlit holda ma‘lum bir balandlikka u yoki bu
mexanizmlar yordamida ko‗tarish va bunday ko‗tarish uchun mexanizmlar va moslamalarning 
mavjudligi bilan bog‗lanadi. Ko‗tarilgan konstruksiya ostiga vaqtincha va doimiy tayanchlarni 
keltirib qo‗yish imkoniyati va bu tayanchlarning bu konstruksiya bilan birgalikda ishlashg a 
darhol kirishib ketishi qobiliyati muhim holat hisoblanadi. (5 .5.-rasm). 
Tomyopma bloklarini engil montaj kranlari yordamida erda yig‗ib olib, keyin 
loyihadagi belgiga ko‗tarish katta ijobiy samara beradi. Fazoviy konstruksiyani yig‗ishni 
o‗rnatish joyida, binoning chetida yoki barpo etilayotgan inshootning bevosita Yaqinida 
joylashgan, maxsus jihozlangan maydonchada amalga oshirish mumkin.
Ayrim bloklarni, butun tomyopmani yoki uning asosiy ko‗taruvchi qismini loyihaviy 
holatga o‗rnatish joyi ostida yig‗ish ishi inshoot ustunlaridan foydalanilgan holda maxsus 
gidroko‗targichlar yoki polispastlar bilan amalga oshiriladi. Montaj qilishning bunday usulida 


ustunlar bo‗yi baland konsolli bo‗lishi kerak bo‗lib, bu konsollarga ko‗taruvchi polispastlarning 
qo‗zg‗almas bloklari osiladi. 
5.5-rasm. Vertikal ko‗tarish usuli bilan qobiqlarni tayanchlarga o‗rnatish:
1 – traversa; 2 – ko‗tarilgan va tayanchlarga burilgan qobiq; 3 – montaj krani; 4 – 
yig‗ilgan qobiq ko‗tarish oldidan; 5 – osilgan ishchi maydonchasi montaj qilingan qobiqlar 
tayanchlari. 
8.7-rasmda har birining yuk ko‗tarish qobiliyati 160 t bo‗lgan to‗rtta polispast 
yordamida amalga oshiriladigan, vertikal va gorizontal bog‗lanishlar bilan biriktirilgan 
ko‗taruvchi fermalardan iborat tomyopmaning ko‗taruvchi blokini ko‗tarish ko‗rsatilgan.
Fazoviy konstruksiyani gorizontal holatda tomyopmaning barcha konstruktiv elementlarini erda 
o‗rnatib va tomyopma elementlari va tom qoplamasi bilan birgalikda qurib yiriklashtiriladi. 
Ustunlar (tayanchlarning fazoviy konstruksiyalari) ham gorizontal holatda yig‗ilib, proekt 
holatiga polispastlar yordamida sharnir atrofida burish usuli bilan keltiriladi va keyinchalik 
o‗sha polispastlar yordamida tomyopma bloki ko‗tariladi.
5.6-rasm. Tomyopma blokini polispastlar bilan montaj qilish sxemasi:
1 – ustun; 2 – montaj yon tirgaki; 3 – tormozli tortqi; 4 – tayanch to‗sin; 5 – 
ko‗taruvchi polispast; 6 – tomyopma bloki. 
Fermalarni quyi belbog‗larining tayanch bog‗lamalari ostiga uchlariga harakatlanu vchi 
polispast bloklari mahkamlangan ko‗ndalang to‗sinlar keltiriladi. Barcha to‗rtta polistpastning 
ko‗taruvchi tayanchlarga yuklanishini bir tekis taqsimlash uchun uzatishning umumiy sxemasi 
8.8-rasmda keltirilgan. Fazoviy konstruksiyani loyihadagi holatga vertikal ko‗tarilgandan so‗ng 
uning ko‗taruv ustunlarga biriktirilishi amalga oshirildi va montaj yon tirgaklar demontaj qilindi.


5.7-rasm Troslarni uzatishning umumiy sxemasi:
1 – elektrolebedkalar; 2 – polistpastning tortuvchi arqoni; 3 – ko‗taruvchi polistpast; 4 
– tomyopma bloki; 5 – tenglashtiruvchi roliklar; 6 – chetga chiqaruvchi rolik. 
Burish usuli
bilan asosan balandligi yuqori va massasi katta bo‗lgan inshootlarni butun 
ko‗rinishda montaj qilish amalga oshiriladi.Inshoot konstruksiya kabi, avval uning o‗rnatish 
hududida gorizontal holatda yig‗iladi, bu fazoviy konstruksiyaning asosi burish sharniridan 
foydalangan holda poydevorga mahkamlanadi va sharnir atrofida burib inshootni loyihadagi 
holatiga o‗rnatiladi. Bu usul bilan elektr uzatish liniyalari, tayanchlari, tutun chiquvchi quvurlar, 
minoralar va massasi 100 t va undan ortiq bo‗lgan boshqa inshootlar montaj qilinadi.
Surish usulida
konstruksiyalar doimiy tayanchlardan chetda yig‗iladi, keyin esa bu 
tayanchlarga vaqtincha o‗rnatilgan yo‗llar bo‗ylab gorizontal ko‗chirish yo‗li bilan o‗rnatiladi. 
Bu usul ko‗p oraliqli ko‗priklarni, bir qavatli sanoat binolari qoplamalari konstruksiyalarini 
montaj qilishda, shuningdek ishlarni qisqa muddatlarda bajarish zarur bo‗lganda erda boshqa 
ishlar bilan surishga tayyorgarlikni qo‗shib olib borishda keng qo‗llaniladi. Bu usul amaldagi 
texnologik inshootlarni (domna pechi, havo isitgich, shaxta kopyori) qayta qurishda, yangi 
inshoot chetda yig‗ilib va keyin eski demontaj qilinganning poydevoriga surib joylanganda 
ayniqsa samaralidir.
Surish jarayoni ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: blokning massasi 250 t gacha 
bo‗lganda salazkalarda (chanalarda) sirpantirish bilan va bloklarning massasi 10 ming t va 
undan ortiq bo‗lganda po‗lat katoklar ustida dumalatib amalga oshirish mumkin. 
Surish usuliga misol sifatida qoplamasi sigarasimon fermalardan bo‗lgan 84 m oraliqli 
sport majmuasi binosini montaj qilishni ko‗rib chiqamiz (5.8 -rasm). YUqori va quyi belbog‗lari 


bo‗yicha 4 mm qalinlikdagi po‗lat listlar bilan o‗rab olingan tomyopma (qoplama) fermalari
yopiladigan inshootdan bevosita Yaqin joyda maxsus aravalar ustida erda yig‗ilgan. Aravalar 
tomyopma elementlarini berilgan aniqlikda yig‗ishni ta‘minlash uchun konduktorlar va 
moslamalarga ega, aravachalarning konstruksiyasi ularga gorizontal va qiya relsli yo‗llar bo‗ylab 
mahkamlangan fermalar bilan siljishga imkon beradi. 
Aravachalarni loyihaviy belgigacha ko‗tarish uchun ikkita og‗ma (qiya) montaj 
to‗sinlari montaj qilingan, aravachalarni navbatdagi tomyopma bloki bilan ko‗chirilishi ikkita 
tortuvchi polispastlar bilan amalga oshiriladi. Loyihadagi belgiga etganidan so‗ng aravachalar 
maxsus tirgakka taqaladi, tomyopma bloki po‗lat katoklar ustiga tushiriladi va dumalatish usuli 
bilan ikkita engil polispast yordamida loyihadagi holatga suriladi, bunda domkratlar yordamida 
uni oldin katoklarni bo‗shatish uchun ko‗tariladi, keyin loyihadagi holatga tushuriladi. Montaj 
qilishning ko‗rib chiqilgan usulining afzalliklaridan biri – hajmdor blokni loyihadagi belgilarga 
ko‗chirish va o‗rnatish uchun foydalanish qiymati yuqori bo‗lgan katta yuk ko‗tarish 
qobiliyatiga ega montaj kranini qo‗llanishining zaruriyati yo‗q. 
5.8-rasm. Tomyopma blokini surish sxemasi:
1 – bino ustunlari; 2 – stropilaosti bloklari; 3 – vaqtincha estakadaning qiya to‗sinlari;
4 – tomyopma bloki; 5 -–bloklarni xarakatlantirish uchun aravacha;
6 – tortuvchi polispast; 7 – aravachaning relsli yo‗li; 8 – tirgak. 
Montaj qilish amaliyotida ba‘zida bir necha usul qo‗shib olib borish hollari uchraydi, 
xususan surish, yiriklashtirish va burishning birgalikda olib boris h usuli. 

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish