Qo‗llanilayotgan montaj mexanizmlar tegishli yuk va geometrik tavsiflarga ega bo‗lishlari,
yaxshi harakatchan bo‗lishlari, har bir izchil to‗xtash joyida iloji boricha ko‗proq montaj ishlarini
bajarish uchun imkon boricha katta ishchi zonasiga ega bo‗lishi shart.
Qurilishni tashkil etish ishlariningoqimli (uzluksiz) bo‗lishini ta‘minlash kerak, uning mohiyati
barcha montaj va boshqa hamrox operatsiyalarni uzluksiz va bir tekisda bajarishdan iborat. Oldindan
tegishlicha ishlab chiqarish ritmini (sur‘atini) yaratish zarur bo‗lib, bunda qurilishning barcha
ishtirokchilari berilgan vaqt oralig‗ida ishchilar va ishlovchi mexanizmlar parkiningdoimiy o‗zgarmas
miqdorida, qurilish va montaj ishlarini birgalikda olib borishda ma‘lum ish hajmini bajarishadi.
Inshootlarning murakkabligi va ayrim ish turlarining ko‗proq mexnat talab etishga bog‗liq holda
oqimli (uzluksiz) qurilishni loyihalashda oqimli bajariladigan ishlar ro‗yxatiga quyidagi ishlar kiritilishi
mumkin: er qazish ishlari, poydevor qurish bo‗yicha beton ishlari, qurilish konstruksiyalarini montaj
qilish, texnologik uskunalarni montaj qilish, issiqtexnik, santexnik, ventilyasiya, elektrotexnik va shu
kabi ishlar. Qurilish maydonchasida bir necha kran mavjud bo‗lganda konstruksiyalarni montaj qilish
bo‗yicha ishlar poydevorlarni, ustunlarni, kran osti to‗sinlarini, yopma elementlarini, devor panellarini
osishni mustaqil oqim bilan montaj qilishga ajratilishi mumkin. Qurilishning oqimli ishlab chiqarishini
ishlab chiqqanda montajdan keyingi pardozlash ishlari majmuini ham kiritish maqsadga muvofiqdir.
Loyihalash va barcha ishlarni bajarishni bosh pudratchi tashkilot tashkil etadi, boshqaradi va
muvofiqlashtiradi, u odatda barcha umumqurilish ishlarini, boshqa ishlarni esa ixtisoslashtirilgan qurilish
– montaj subpudratchi tashkilotlar amalga oshiradi.
Ishlarni oqimli tashkil etishning zarur – qoidasi har bir qurilish brigadasi boshqa brigadaga o‗z
vaqtida ish frontini ta‘minlashi shart. Masalan, poydevorlarni barpo etuvchi quruvchilar tayyor
poydevorlarni ustunlarni o‗rnatish uchun kelgan montajchilarga topshirishlari kerak.Ustyopma
(tomyopma) konstruksiyalarini montaj qiluvchi brigada belgilangan muddatga tom qoplamasini
yopuvchilar brigadasiga ish frontini taqdim etishlari shart va h.k. Ishlarni bunday qo‗shib birgalikda olib
borish katta aniqlikni va barcha ijrochilardan texnologik intizomni talab etadi.
Qurilishda ishtirok etuvchi turli kasb ishchilarini aniq taqsimlash bunyod etilayotgan binoni
qamrovlarga ajratish bilan ta‘minlanishi mumkin bo‗lib, ular o‗z navbatida montaj qilinuvchi yoki ishchi
uchastkalariga bo‗linadi, ularning har birida ma‘lum smenalar soni yoki kunlar mobaynida faqat bir
turdagi ishlar bajariladi. Bir uchastkadan boshqasiga o‗tish qat‘iy belgilangan vaqtda grafik bo‗yicha yuz
beradi, bu vaqtgacha har bir qurilish ishtirokchisi o‗zining ish hajmini bajarishga ulgurishi kerak.
Kapital qo‗yilmalarning samaradorligini oshirishning asosiy sharti qurilayotgan ob‘ektlarni yoki
ularning qismlarini foydalanishga topshirish muddatlarini qisqartirish hisoblanadi, chunki ularni qurishga
sarflangan mablag‗lar maxsulot ishlab chiqarish va uni sotish hisobiga tezroq natija bera boshlaydi, bu
bilan ob‘ektlarning o‗zini qoplashi tezlashadi.
Odatda qurilishning davomiyligi asosan inshootning eng katta jismoniy hajmga va mos ravishda
sermehnat bo‗lgan karkasini montajini bajarish muddatlariga bog‗liq.
Ob‘ektlarni barpo qilish bo‗yicha barcha ishlar taqvim rejalari va grafiklariga mos holda
bajarilishi kerak bo‗lib, ularda montaj va umumqurilish ishlarining ayrim turlarini maksimal darajada
qo‗shib birgalikda olib borish hisobiga qurilish muddatlarini qisqartirish nazarda tutilishi kerak.
Qurilishning maqbul muddatlariga amal qilish qurilish – montaj tashkilotining ishlab chiqarish faoliyati
barcha texnik iqtisodiy ko‗rsatkichlarini yaxshilashning va birinchi navb atda ishlarning tannarxini
pasaytirishning va mehnat unumdorligi ortishining muqarrar sharti hisoblanadi.
Foydalanadigan adabiyotlar ro‗yxati
Bozorboev N. Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi. I-qism. O‗quv qo‗llanma
Toshkent, 2000.
Bozorboev N., Sobirov M. Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi. II -qism. O‗quv
qo‗llanma Toshkent, 2000.
Texnologiya vozvedeniya zdaniy i soorujeniy: Ucheb. dlya stroit, vuzov/V.I. Telichenko, O.M.
Terentev, A.A. Lapidus— 2-e izd., pererab. i dop.— M.: Vыssh. shk., 2004.— 446 s; il.
Texnologiya stroitelnogo proizvodstva. Uchebnik, (S.S. Ataev, N.N.Danilov, B.V.Prыkin i
dr.) M., Stroyizdat, 1994.
Texnologiya stroitelnogo proizvodstva (O.O.Litvinov i dr.) Kiev, Vыsshaya shkola. 1995.
Do'stlaringiz bilan baham: