11-12-Amaliy mashg‟ulot
Bir qavatli sanoat binosini montaj qilishda tom yopma plitalar hajmini hisoblash
Bunday konstruksiyalarga uzunligi 12 m bo‗lgan stropila osti fermalari vauzunliklari 12; 18 va 24 m
bo‗lgan stropila fermalari vato‗sinlar hamda 18...36 m oraliqlarga qo‗yiladigan, oldindan zo‗riqtirilgan
fermalar tegishlidir. Ob‘yektda fermalar vato‗sinlarni tushirish, elementlarni taqsimlab taxlash vao‗rnatish,
odatda, avtokranlar yordamida montaj kranining harakat zonasida
bajariladi. Bu konstruksiyalar montaji elementlarni oldindan ob‘yektdataxlab (kran osti to‗sinlari vatom
yopma plitalari bilan birgalikda) yoki bevosita transport vositalaridan bajarilishi mumkin. Ferma
vato‗sinlarni shunday joylashtirish kerakki, bunda kran montaj qilayotgan turar - joyidan o‗z strelasi
qulochini o‗zgartirmasdan ularni loyihaviy holatga o‗rnatishi kerak (9.7 va 9.8-rasmlar).
Montaj
qilinayotgan elementlarni yerda turg‗unligini ta‘minlash uchun ular maxsus kassetalarda taxlanadi. Ob‘yektga
konstruksiyalar ko‗p miqdorda yetkazilganda, ularni montaj zonasida taxlamasdan
guruhli kassetalarda
vaqtinchalik asrash mumkin (9.9 rasm). Agar kran osti to‗sinlarini alohida oqim bilan montaj qilish
mo‗ljallansa, unda stropila osti fermalarini ular bilan bir oqimda montaj qilish ma‘qulroqdir.
Konstruksiyalarni montaj qilishdan oldin ular quyidagilar bilan jihozlanmog‗i lozim: stropila osti fermalari
– himoyalash (ehtiyot, saqlash) arqoni,
osma kajava vatortqilar bilan, stropila fermalari vato‗sinlari – himoyalash arqoni vatortqilar bilan.
Ferma va to‗sinlarni stropovka qilish (kran ilmoqlariga ilish) uchun ilmoqlari distansion
avtomatik va yarim avtomatik yechiladigan ushlagichlar bilan jihozlangan traversalar qo‗llaniladi.
Ferma ko‗tarilganda uning fazodagi holati tortqilar bilan to‗g‗irlanadi.
Stropila
fermalarini montaj qilish:
1-stropila
fermalari omborda; 2-
fermani loyihaviy holatga ko‗tarish; 3-traversa; 4-montaj krani:
5-utunni montaj moslamalari bilan jihozlash
Fermaning tayanadigan joyidan 0,6 m balandlikda montaj qiluvchilar (Ustunga mahkamlangan montaj
maydonchasi ustida turgan ishchilar)
uni qabul qilib olishadi, o‗q belgisi chiziqlariga to‗g‗irlashadi va
loyihaviy holatiga o‗rnatishadi. So‗ngra qo‗yma metall detallar payvandlanadi, undan keyin ferma kran
ilmoqlaridan ozod
qilinadi. To‗sinlar va fermalarni montaj qilishda asosan ko‗chma va o‗zi yurar
teleskopik hamda sharnirli vishkalar va ko‗targichlardan foydalaniladi, ularning
qo‗llanilishi montajchilarninig ishlashi uchun zarur bo‗lgan qo‗layliklarni ta‘minlaydi
vaso‗ri vaosma kajavalardan voz kechish imkonini beradi. 9.8-rasm. Stropila fermalarini montaj qilish:
1-stropila fermalari omborda; 2-fermani loyihaviy holatga ko‗tarish; 3-traversa; 4-montaj krani:
5-utunni montaj moslamalari bilan jihozlash. rasm. Ferma va to‗sinlarni ob‘yekt oldi omboriga taxlash Tom
yopmasi fermalari va to‗sinlarini loyiha holatiga o‗rnatganda ularning chet uchlaridagi o‗q
belgilari
chiziqlarini pastda yotuvchi konstruksiyalar (ustunlar, stropila osti fermalari) tayanch yuzalari o‗q belgilari
chiziqlari bilan mos keltirish kerak. Elementlarni mahkamlash ustunning bosh qismiga oldindan
o‗rnatiladigan konduktorlar yordamida bajariladi. Konstruksiyalarni kran yoki ko‗targich ilmoqlaridan
yechish tirgaklar o‗rnatilgandan keyin va bog‗lamalarni yuqori
belbog‗larga payvandlagandan so‗ng amalga oshiriladi.
Birinchi ferma ko‗tarilib, o‗rnatiladi vato‗g‗irlangandan keyin tortqi arqonlar bilan inventar yakorlar yoki
oldindan o‗rnatilgan hamda betonlab yaxlitlangan ustunlarga tortib mahkamlanadi, keyingi o‗rnatilgan
fermalar bir-biri bilan o‗qlari orasidagi o‗lchami qat‘iy 6 yoki 12 m ni tashkil
etgan maxsus tirgaklar
bilan 9.8-rasm. Stropila fermalarini montaj qilish:1-stropila fermalari omborda; 2-fermani loyihaviy holatga
ko‗tarish; 3-traversa; 4-montaj krani: 5-utunni montaj moslamalari bilan jihozlash. birlashtiriladi (9.10-rasm).
Birinchi juft fermalar o‗rnatilgandan keyin ularning ustiga
3...4 tom yopma plitalari boshlang‗ich bikr tizimni yaratish maqsadida yotqiziladi.
So‗ngra hamma vaqtinchalik mahkamlash moslamalari, ya‘ni inventar tirgaklar
hamda arqonlar olib tashlanadi va tom yopma plitalari payvandlanadi. Fermalarni
o‗rnatish va mahkamlash bilan bir vaqtning o‗zida loyiha boʻyicha ko‗zda
tutilgan
doimiy bog‗lamalar o‗rnatiladi.
Dastlabki ikkita stropila fermalarini 9.10-rasm. Dastlabki ikkita stropila fermalarini
o‗rnatish vamahkamlash:
1-tutqich; 2-stropila fermasi (to‗sin); 3-tortish
muftasi; 4-vintli inventar tortqi: 5-kran osti to‗sini: 6-tortqi arqonlar.
Tom yopmasi plitalarini montaj qilish Odatda, tomyopma plitalari eni 1,5 va 3 m da6 m uzunlikka, eni hamda
3 m da 12 m uzunlikka ega. Plitalarni stropovka qilish (ilish) ―pauk‖ tipli to‗rt shoxli (to‗rtosmali) strop
yoki ko‗pincha traversalar bilan amalga oshiriladi. O‗rnatiladigan yopma plitalar fermalar (tom yopma
to‗sinlari) bilan bir oqimda montaj qilinadi, shuning uchun navbatdagi ferma o‗rnatilgan zaxotiyoq
navbatdagi yopma plitalar qatori joylashtiriladi. Fonarsiz tom
qoplamasida tom yopma plitalarini oldin montaj qilingan oraliqdan boshlab
fermaning bir tomonidan
ikkinchi tarafiga qarata joylashtirish (9.11-rasm), fonarlarga ega bo‗lgan oraliqlarda esa yopma plitalarni
fermaning ikki oxiridan boshlab o‗rta tarafga tomon ketma-ket o‗rnatish
tavsiya etiladi. Stropila konstruksiyasiustidagi tom yopma plitalarini loyihaviy holatini ta‘minlash maqsadida
ular fermalar (to‗sinlar) yuqori belbog‗laridagi belgilar bo‗yicha o‗rnatiladi. Stropila konstruksiyasi ustiga
o‗rnatilgan birinchi plita to‗rtta tayanch tugunlarida payvandlanadi.
Har birnavbatdagi plitaning qo‗yma payvandlash detallari uchtadan kam bo‗lmagan tayanch tugunlarida
fermaning yuqori belbog‗idagi qo‗yma payvandlash detallariga
payvandlanadi (plitaning to‗rtinchi burchagi payvandlash uchun noqulaydir).
9.11-rasm. Tom yopmapanellarini montaj qilish:1-tom
yompa
plitalari shtabeli;
2-montaj krani; 3-ustunlarni montajga jihozlash; 4-tom
yopma plitalarini ketma-ket yotqizish.
Har bir yacheykada birinchi plitani o‗rnatishda bitta montajchi qo‗shni
yacheykaga yotqizilgan
plita ustida turadi, ikkinchi montajchi esa ustunga osilgan
zina-maydonchada turadi. So‗ngra ikkita montajchi ham keyingi plitani qabul qilish
va o‗rnatish uchun yangi qo‗yilgan plita ustiga o‗tishadi.
Tom yopmasining chetki plitalari inventar to‗siq konstruksiyalari bilan jihozlanmog‗i lozim. Plitalar
orasidagi choklar tez qotadigan sement asosidagi sement-qumli qorishma bilan yoki mayda donali beton
aralashmasi to‗ldiriladi.
Bir qavatli sanoat binolarida tomyopmasining elementi sifatida katta o‗lchamli plitalar – qobiqlar, 2T plitalar,
boshqa industrial buyumlar ko‗zda tutilishi mumkin, ular isitgich vatom qoplamasi bilan bajarilgan holatda
ob‘yektgakeltiriladi.
Tom yopma plitalarini taxlash montaj kranining ishzonasida montaj oqimiga
kiradigan boshqa elementlar
bilan birgalikda amalga oshiriladi. Plitalar 8...9 ta donagacha bo‗lgan sonda shtabelda yotqiziladi, ba‘zan
shtabellarnimontaj kranining ikkala tomoniga o‗rnatishadi. Bu shtabellardagi barcha plitalar montaj
qilinadigan oraliqqa to‗liq joylanishi lozim. Faqat tom yopmasi plitalari uchun karkasning eng yengil
elementlari sifatida ikkita qo‗shni fermalarga elementlarni yotqizishda kran strelasi qulochini
o‗zgartirishga yo‗l qo‗yiladi. Montaj krani sifatida uzaytirilgan guskali kranni qo‗llash optimal yechim
deb
hisoblanib, bu o‗z navbatida asosiy
ilmoqda fermalar va to‗sinlarni, boshqa guskadagi ilmoqda esa tom yopmasi plitalarini ko‗tarish hamda
montaj qilish imkonini beradi.
Fermalar orasidagi vaqtinchalik tirgaklar plita qo‗yma payvandlash detallarini tirgak yotqizilgan fermaga
payvandlangandan keyin olib tashlanadi. Tom yopmasining temirbeton plitalarini stropila to‗sinlarini
o‗rnatish bo‗yicha montajqilish fermalar bo‗yicha olib borilgan ketma-ketlikda va aynan o‗sha usullar
bilan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: