O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSITUTI
QURILISH FAKULTETI
“BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI” kafedrasi
«QURILISH JARAYONLARI TEXNOLOGIYASI»
Fanidan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: “Suvoq ishlarini bajarish texnologiyasi” kurs loyixasini bajarish.
Bajardi: Ataxonov Shohzod
TEKSHIRDI: B.Sadirov
Taqrizchi:
Kafedra mudiri: Sh.Davlyatov
FARG’ONA -2021
Binoning rejasi
Qirqim 1-1
KIRISH
Ushbu «Qurilish jarayonlar texnologiyasi» fani dasturi «Bino va inshootlar qurilishi» yo’nalishi bo’yicha bakalavr-quruvchilarni tayyorlashda bino va inshootlar qurilishi kursi sifatida bilimini oshirib, qurilish jarayonlari texnologiyasi va majmualarining tasnifi, ularning tuzilishi va hisoblash uslublari, fan tarixi va rivoji-ning tendentsiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va xududiy muammolarning qurilish sohasida ishlatiladigan qurilish mashinalari vositalari istiqboliga ta’siri masalalarini qamraydi. Qurilish inson bunyodkorlik faoliyatining asosiy shakillaridan biridir. Qurilish bu moddiy ishlab chiqarishning sohasi bo’lib,unda ishlab chiqarish (sanoat korxonalari, energetik majmualar, yo’llar, magistral quvirlar va boshqalar) va ishlab chiqarish(turar-joy uylari, jamoat binolari, mehmonxona majmualari va boshqalar.
“Qurilish jarayonlari texnologiyasi” kursini bayon qilish fundamental umumta’lim va maxsus muhandislik-texnik fanlarni o’rganishning o’zaro aloqasi va izchilligiga asoslanadi
Qurilish inson bunyodkorlik faoliyatining asosiy shakllaridan biridir. Qurilish –
bu moddiy ishlab chiqarishning sohasi bo‘lib, unda ishlab chiqarish (sanoat korxonalari, energetik majmualar, yo‘llar, magistral quvurlar vaboshq.) va noishlab chiqarish (turar - joy uylari, jamoat binolari, mehmonxona majmualari, va boshq.) vazifalarini bajaruvchi asosiy fondlar yaratiladi.
Qurilish, shuningdek, bu bino va inshootlarni bunyod etish jarayonini ham
anglatadi, hamda ularni keyingi ta’mirlash, qayta qurish, boshqa ixtisoslikka o‘tkazish, kafolatli foydalanish ham kiradi.
Kapital -to‘liq qurilish – umumlashtiruvchi atama bo‘lib, unga bino va
inshootlarni yangi qurilishi, qayta qurish va texnik qayta qurollantirish bilan kengaytirish, to‘liq vajoriy ta’mirlash kiradi.
Umuman qurilish inson hayot faoliyatining qulay muhiti yaratilishini
ta’minlovchi, ko‘p miqdorda ish o‘rinlarini yaratuvchi, o‘zining ortidan moddiy
ishlab chiqarishning bir qator qo‘shni tarmoqlarini yetaklovchi barqaror rivojlantiruvchi tarmoqlardan biri hisoblanadi.
Qurilish ishlab chiqarishi – qurilishning tayyorgarlik va asosiy davrlarida
qurilish maydonchasida bajariladigan ishlarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, unga yana binoning yer osti va yer usti qismlarini barpo etish ishlari, barcha pardozlash ishlari hamda muhandislik sanitariya, elektrotexnik konstruksiyalar, liftlar va boshqalari kiradi.
Qurilish ishlab chiqarishni ilmiy-ishlab chiqarish yo‘nalishi sifatida qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etishni birlashtiradi, bunda har bir fan ravshan namoyon bo‘lgan mohiyatga hamda ilmiy asoslarga ega bo’ladi.
Texnologiya umumiy tushunishda – zarur mahsulotniolish jarayonida amalga oshiriladigan materiallarni yoki chala mahsulotlarni tayyorlash yoki ularga ishlov berish usullarining yig‘indisidir. Texnologiyaning vazifasi – zamonaviy ilmiy yutuqlar va ishlab chiqarish tajribasi negizida yangi, samarali vaiqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq texnologik jarayonlarni ishlab chiqish vajoriy qilishdan iborat.
Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi amaliy fansifatida ko‘rib chiqilayotgan
xodisalar, jarayonlar ishlarning juda keng qamroviga ega bo‘lib, ikki ketma-ket tizim ostilari: qurilish jarayonlari texnologiyasi, bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasining birlashmasi hisoblanadi.
Qurilish jarayonlari texnologiyasi talab etilgan sifatdagi mahsulotni olish
maqsadida qurilish materiallari, yarim mahsulotlar va konstruksiyalarning holati, fizik-mehanik hossalari, geometrik o‘lchamlarini sifat jihatdan ularga ishlov berishni ta’minlovchi qurilish jarayonlarini bajarishning nazariy asoslari, uslublarini va usullarini ko‘rib chiqadi. Bu ta’rifga kiritilgan “metod” tushunchasi mehnat qilish texnik vositalari (qurilish mashinalari, kichik mexanizatsiya vositalari, montaj qilish moslamalari, jihozlar, apparatlar, dastaki vamexanizatsiyalashtirilgan asbob, turli xil konstruksiyalar) dan foydalanib mehnat predmeti moddiy elementlar (qurilish materiallari, chala tayyor mahsulotlar, konstruksiyalar va boshq.)ga ta’sir ko‘rsatishning turli xil usullariga (jismoniy, kimyoviy va h. k.) asoslangan qurilish jarayonlarini bajarish prinsiplarini belgilab beradi.
Bino va inshootlarni barpo qilish texnologiyasi qurilishi tugallangan bino va inshootlar ko‘rinishidagi mahsulot olish maqsadida boshqa ishlar bilan makon va vaqt bo‘yicha mustaqil yoki o‘zarobog‘lanishda ko‘rib chiqiladigan qurilish, montaj va maxsus ishlarning ayrim turlarini amaliy jihatdan amalga oshirishning nazariy asoslari vaprinsiplarini belgilab beradi. Mamlakatimizda qurilish ishlab chiqarishi zavod, korxonalarda ishlab chiqarilgan konstruksiyalar, detallar va qurilish materiallarini keng qo‘llanilishiga asoslangan industrial asosda rivojlanmoqda.
Ilmiy-texnik taraqqiyot qo‘l mehnati xarajatlarini ancha kamaytirishga,
quruvchilarning yangi yuqori unumdor mashina va mexanizmlarni, samarali mexanizatsiyalashgan asboblarni olishlariga va qoʻllashlariga yordam beradi. Hozirgi vaqtda mavjud nazariy tadqiqotlar, yangi materiallar, ilg‘or qolip (opalubka) lar va qolip tizimlari negizida monolit va yig‘ma-monolit uyqurilishi jadal rivojlanmoqda. Zamonaviy qurilish ishlab chiqarishning asosiy prinsiplari mehnat
unumdorligini jiddiy oshirishga, ishchilarning mehnat muhofazasini yaxshilashga, atrof-muhit ekologiyasi va muhofazasiga ko‘proq e’tibor berishga mo‘ljallangan.
“Qurilish jarayonlari texnologiyasi” kursini bayon qilish fundamental
umumta’lim va maxsus muhandislik-texnik fanlarni o‘rganishning o‘zaroaloqasi va izchilligiga asoslanadi. Kursning tuzilishi geodeziya, qurilish materiallari, sanoat va fuqarolik binolari arxitekturasi, qurilish mashinalari va qurilish konstruksiyalari – temirbeton va tosh metall va yog‘och hamda plastmassa konstruksiyalari kurslarini dastlabki yoki birvaqtda o‘rganishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |