Bilish nazariyasining predmeti. Insonning bilish qobiliyati. Bilishning asosiy shakllari



Download 134,5 Kb.
bet4/15
Sana08.06.2023
Hajmi134,5 Kb.
#949941
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Bilish va o’z-o’zini anglash

Bilim shakllari - Inson o‘zini qurshagan olamni anglab yetadi, uni har xil usullar yordamida o‘zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin. Birinchi – moddiy-texnikaviy usul – tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma'naviy (ideal) usul; uning doirasida sub'ekt va ob'ektning bilishga doir munosabatlari ular o‘rtasidagi ko‘p sonli munosabatlarning biridir. O‘z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o‘zining har xil shakllarida mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, lekin bir-biriga o‘xshamaydi va har bir biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Bilish, ma'naviy faoliyat shakli sifatida, jamiyat paydo bo‘lgan davrdan va jamiyat bilan birga muayyan rivojlanish bosqichlaridan o‘tib kelmoqda. Bu bosqichlarning har birida bilish jarayoni insoniyat tarixi mobaynida yuzaga kelgan rang-barang va o‘zaro bog‘langan ijtimoiy-madaniy shakllarda amalga oshiriladi. Shu bois yaxlit hodisa sifatidagi bilishni biron-bir shaklga, hatto so‘zning o‘z ma'nosidagi bilishni to‘liq «qoplamaydigan» ilmiy shaklga ham bog‘lash mumkin emas. Shu sababli gnoseologiya umumlashtirish uchun faqat bir soha – ilmiy bilimdan va hatto yuksak darajada rivojlangan tabiatshunoslikdan material olib, o‘z xulosalarini chiqara olmaydi.
Kundalik amaliy bilim. Tabiat haqida, shuningdek odamlarning o‘zlari, ularning yashash sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar to‘g‘risida elementlar bilimlar beruvchi kundalik-amaliy bilimlar bilishning tarixan eng birinchi shakli hisoblanadi. Bilishning bu shakli kundalik hayot, odamlar amaliy tajribasidan kelib chiqqan. Shu asosda olingan bilimlar garchi mustahkam bo‘lsa-da, biroq tartibsiz, tarqoq xususiyatga ega bo‘ladi, ma'lumotlar, qoidalar va shu kabilarning oddiy majmuini tashkil etadi. Kundalik bilish sohasi juda rang-barang. U sog‘lom fikr, e'tiqodlar, belgi-alomatlar, shaxsiy tajribadan chiqarilgan dastlabki xulosalar, ularning an'analar, rivoyatlar, o‘gitlar va hokazolarda ifodalangan ko‘rinishlari, intuitiv ishonch, sezgilar va shu kabilarni o‘z ichiga oladi.
Kundalik bilim – bu har xil faoliyat shakllari – jumladan ishlab chiqarish faoliyati, estetik faoliyat, siyosiy faoliyat va hokazolarning ta'sirida shakllanadigan turmush bilan bog‘liq tushunchalar majmui avlodlar to‘plagan jamoa kollektiv tajribasi mahsuli hisoblanadi.
Shaxsiy darajada kundalik bilim muayyan shaxsning emotsional kechinmalari va o‘z hayot tajribasini anglab yetishi bilan bog‘liq. Inson dunyoni nafaqat ilmiy o‘rganish, balki o‘z hayoti, kundalik amaliyotida o‘zlashtirish jarayonida ham tushunib yetadi. Bunday o‘zlashtirishning universalligini hozirgi zamon nemis faylasufi Gadamer «dunyoni sinash» deb nomlagan. Kundalik bilim zamirida odamlar faoliyatining rang-barang shakllari yotadi. Bu faoliyat turlari urf-odatlar, rasm-rusumlar, bayramlar, marosimlar, jamoa harakatlari (o‘yin, raqs va h.k.), axloqiy qoidalar va taqiqlar bilan tartibga solinadi. Ular odamlarni jamoaviy ijtimoiy, madaniy tajribaga jalb etish vositalari bo‘lib xizmat qiladi, odamlarning tabiatga va bir-biriga munosabatini tartibga soladi, yangi bilimlarning shakllanishiga xizmat qiladigan boshlang‘ich bilim sifatida amal qiladi.

Download 134,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish