Bilish nazariyasi, yo’nalishlari



Download 69,7 Kb.
bet1/11
Sana01.01.2022
Hajmi69,7 Kb.
#297435
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R

Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari


Reja:



  1. Bilish nazariyasining predmeti va o’ziga xos xususiyatlari.

  2. Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, ularning o’ziga xosligi va aloqadorligi.

  3. Ong-tafakkur va borliqning birligi.

  4. Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari.

  5. Hozirgi zamon metodologiyasi.


Bilish nazariyasining predmeti. Bilim har doim amaliy informasion xususiyatga ega bo’lgan.

«Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so’zlaridan kelib chiqqan. So’zma-so’z ma’nosi

- «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug’atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so’zi ham qo’llaniladi.



Umuman olganda, hoziri zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy – falsafiy mohiyati hamda muammolariga e’tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o’rganadi. Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. So’zning o’z ma’nosidagi epistemologiya hozir bizning ilmiy, haqiqiy bilimlarimizning mazmunini, shuningdek diniy e’tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o’rganish bilan shug’ullanadi. Biz bu yerda bilish (ong)ning mohiyati to’g’risida bahs yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalanamiz. Biroq avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olamiz.

Gnoseologiya – bu falsafiy bilimlar bo’limi; insonning dunyoni va o’zini bilish darajasini falsafiy o’rganish; bilish jarayonida bilmaslikdan bilim sari yuksalish qanday yuz berishini tadqiq qilish; bilimlarimiz tabiatini ularning aslicha, o’z

«ontologik» mohiyatiga bog’lab o’rganish hamda bu bilimlarning idrok etilayotgan narsalar va hodisalar bilan o’zaro nisbatini aniqlash demakdir.

Demak, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilim, bilishni o’rganish bilan shug’ullanadi.

Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning o’z-o’ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko’ramiz. Ayni vaqtda, ongning o’zi ko’rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o’laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go’yo vaqt va

makon chegaralaridan tashqarida turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu ko’rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsalar va hodisalar dunyosi bilan o’zaro aloqalarini aniqlash, uni o’z muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirishdan iborat.

Gnoseologiyaning asosiy muammosi quyidagi «oddiy» masalani yechishdan iborat: bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi? Bu savolga javob izlash va masala yechimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana: bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd etuvchi empirizm va buni inkor etuvchi rasionalizm to’qnashadi.

Ratsionalizm (ratsionalistlar) insonda tug’ma g’oyalar, masalan, adolat, insoniylik, uyg’unlik g’oyalari va tajribadan olinishi mumkin bo’lmagan boshqa g’oyalar mavjudligidan kelib chiqadi. Zotan, tajriba to’la adolat, yalpi insoniylik mavjud emasligini, bizni qurshagan dunyoda uyg’unlik ustidan xaos hukm surishini ko’rsatadi. Bunda ayrim ashaddiy ratsionalistlar (masalan, Platon, Avgustin va ularning hamfikrlari) ko’rsatib o’tilgan va ularga o’xshash g’oyalar inson aqliga xos, tug’ma g’oyalar bo’lib, ularni inson faqat o’z aqlidan olishini qayd etadilar; boshqa, mo’tadil ratsionalistlar (masalan, Leybnis, Volf, Baumgarten) esa, ko’rsatib o’tilgan va ularga o’xshash g’oyalar aqlga bog’liq bo’lmagan holda ham mavjud bo’lsa-da, biroq ular faqat aqlda fikrlash va falsafiy mushohada yuritish jarayonida tug’ilishini ta’kidlaydilar.

Empirizm (empiristlar, masalan, Frensis Bekon, Lokk, Gobbs, Yum, Feyerbax), aksincha, inson, insoniyat shaxsiy yoki ijtimoiy tajribaga ega bo’lgunga qadar biron-bir g’oya mavjud bo’lganligini inkor etadilar. Ular barcha g’oyalar inson ongida yo shaxsiy tajriba, yo boshqalar tajribasi, butun insoniyat tajribasini umumlashtirish yotuvchi o’rganish orqali tug’ilishini qayd etadilar va bu tezisni isbotlashga harakat qiladilar. Ularning fikriga ko’ra, bu tajriba inson ongida uning sezgilari va o’zini qurshagan dunyoni idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni persepsiya (lotincha «perception» - idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Leybnis tashabbusiga ko’ra, persepsiya deb, o’zini qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi, borliqni aql bilan anglash, bilish va ularni g’oyalarda ifodalash esa apersepsiya deb ataladi.

Gnoseologiya inson bilimining chegaralari to’g’risidagi masalani yechishni ham o’z ichiga oladi. Ko’pgina empiriklar (masalan, David Yum, Dyubua Raymond, agnostiklar) va ratsionalistlar (masalan, Kant va uning hamfikrlari) inson nafaqat umumiy narsalar va hodisalarni, balki muayyan, konkret narsalarni ham bilishi mumkin emas, degan fikrga qo’shiladilar. Ayrim narsalar, hodisalar va konsepsiyalar borki, ular persepsiyamizning chegaralariga ham, tafakkurimiz, refleksiyamiz (lotincha «reflexes» - orqaga qaytish) doirasiga ham sig’maydi. Masalan, Kant Koinot ibtidosi yoki ibtidosizligi, Xudoning borligi yoki yo’qligi,

jonning boqiyligi yoki foniyligi, axloqning sababiyligi yoki sababsizligi aqlning bilish chegaralariga sig’maydigan, oqilona o’rganib bo’lmaydigan transsendental (lotincha «transcendentalism» - chegaraga sig’maydigan) masalalardir, deb hisoblagan. XX asr pozitivistlari, empirizm g’oyalarini himoya qilgan yirik olimlar (Moris Shlik, Rudolf Karnap, A.J.Ayer) Katnning transsendental muammolarini mantiqsiz deb e’lon qildilar.

Gnoseologiya inson bilimi va bilishga doir juda ko’p muammolar bilan shug’ullanadi. U bizning bilimlarimiz qay darajada e’tiqod, qay darajada ko’r- ko’rona ishonch va qay darajada real borliqning haqiqiy in’ikosi ekanligini aniqlashga harakat qiladi. So’nggi o’n yilliklarda gnoseologiyada bilimlar o’rtasidagi farq, «nimani bilaman», «qanday bilaman», «shaxsiy tajribamdan bilaman», «dalilga ko’ra bilaman» kabi iboralar mazmunining o’zaro nisbati masalalari muhokama qilinmoqda. Bir so’z bilan aytganda, gnoseologiya borliqni to’liq qamrab olib, unda biron-bir tafsilotni nazardan qochirmaslikka harakat qilayotir.


Download 69,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish