Bilish ob’ekti. Тadkikotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar xosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish ob’ektlari xisoblanadi. Bilish ob’ektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavxum, tabiiy va ijtimoiy bo`lishi mumkin. Bilish ob’ektlari eng kichik zarralardan tortib o`lkan galaktikagacha bo`lgan borliqni qamrab oladi. Bilish ob’ektlariga asoslanib, bilim soxalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.
Bilish sub’ekti. Bilish bilan shug`ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish sub’ekti xisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham aloxida bilish sub’ektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o`ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti sifatida namoyon bo`ladi.
Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar xosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida xosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm soxalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish sub’ekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar.
Bilish predmeti sub’ektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish ob’ektining ayrim soxalari va tomonlaridir. Fanning o`rganish soxasi tobora konkretlashib boradi. Тabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botaniqa, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa soxalari vujudga kelgandir. Тadkikot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashga imkon beradigan muxim belgidir.
Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo`lib, xissiy bilish deyiladi. Хissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.
Insonning sezgi a’zolari (kurish, eshitish, xid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo`lgani singari uning narsalarga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muxitga moslashish va himoyalanishi uchun yordam beradi. Bilishning quyi bosqichida sezgi, idrok, tasavvur, dikkat, xayol tashqi olam to`g`risida muayyan bilimlar xosil qilishga yordam beradi.
Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo`lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o`z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir, u doimo hodisa sifatida namoyon bo`ladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo`ladi. Shu boisdan ham hodisa aldamchi va chalKituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron bir narsa yoki hodisa to`g`risida bergan ma’lumotlari xech kachon uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |