Sanoq sistemalari ustida bajariladigan amallarni fan olimpiadalarida, “Bilimlar bellashuvi”da koplab uchratamiz.Darslikda sanoq sistemalariga ikki soat dars ajratilgan. Bu ajratilgan soat o’quvchilarni o’zlashtirishi uchun oz deb o’ylayman. Ushbu dars ishlanmadan qo’llanma sifatida foydalanish mumkin.
Farg’ona viloyati Dang’ara tumani
11-umumiy o’rta ta’lim maktabi
o’qituvchisi G. Kimsanova
7-sinf informatika fanidan dars ishlanma
IKKILIK SANOQ SISTEMASIDA AMALLAR BAJARISH
(Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o’tkazish usullari)
Darsning maqsadi:
a) talimiy maqsad:o’quvchilarga sanoq sistemalari, sanoq sistemalarining turlari va bir sanoq sistemasidan ikkinchisiga o’tish ko’nikmalarini hosil qilish.
b)tarbiyaviy maqsadi:o’quvchilarni mustaqil fikr yuritishni,axborotni turli shakllarini to’g’ri tahlil qila olishni, o’ziga bo’lgan talabchanlikni oshirish bilan birgalikda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Do'stlaringiz bilan baham: |