"TASDIQLAYMAN "
Maktab direktori __________K.
Qosimova
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI 4-BOSQICH 401-GURUH
TALABASI ESHMATOVA DINORANING PEDAGOGIK
AMALIYOT DAVOMIDA YOZGAN
HISOBOTI
Amaliyotchi talabaning amaliyot davomida o'z oldiga qo'yadigan vazifalari:
1. Maktabdagi o'quv jarayonining tuzilishi va mazmuni bilan
tanishish;
2. Maktab o'qituvchilarining pedagogik mahoratini o'rganish;
3. O'quvchilar bilan o'zaro munosabatlarning pedagogik shakllarini tashkil etish;
4. Oliy o'quv yurtida olgan bilimlarni amaliyot davomida qo'llash;
5. Dars mashg'ulotlari davomida o'quvchining psixologik va salomatlik darajasini
ham hisobga olish;
Men Eshmatova Dinora Maxmadali qizi Termiz Davlat Universiteti tarix
fakulteti 4-kurs 401-guruh talabasi 2021-yil 6-sentabrdan 6-noyabrga
qadar
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 35-umumiy o'rta ta'lim maktabida
pedagogik amaliyotda bo'ldim. Bu vaqt davomida maktab jamoasi bilan tanishdim.
Maktabdagi o'quv jarayonlarini o'rgandim. Menga biriktirilgan tarix fani
o'qituvchisi Usmonova Malohat ustoz meni ish hujjatlari bilan tanishtirdi. Men
maktabda o'tkazilgan bir qator tadbirlarda ishtirok etdim. Maktabda sinf rahbarlari
ishini, turli fan to'garaklarining olib borilishini, o'quvchilarning
darsdan tashqari
ishlarini va dars jarayonlarini kuzatib bordim. "Yoshlar ittifoqi" faollari va
yetakchilari faoliyati bilan tanishdim. O'zim amaliyotchi talaba sifatida 7-sinf
o'quvchilariga O'zbekiston tarixi va Jahon tarixi darslarini o'tdim. Ikki soatlik
ochiq dars o'tdim. Turli ko'rgazmali qurollar tayyorladim. Boshqa tarix fani
o'qituvchilarining dars mashg'ulotlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etdim.
Maktab jamoasi turli xil idoraviy mukofotlarga sazovor bo'lgan. O'quvchilar
orasida kurash bilan shug'ullanib, turli musobaqalarda ishtirok etuvchilar bor.
Bundan tashqari turli fan olimpiadalarida ishtirok etib g'olib bo'lgan o'quvchilar
mavjud. 35-umumiy o'rta ta'lim maktabi ikki mingga yaqin o'quvchi, 100 ga yaqin
o'qituvchidan iborat katta jamoadan iborat bo'lib, ikki smenada dars tashkil etilgan.
Har bir sinf ma'lum bir mavzu va dasturga muvofiq bo'lgan barcha jihozlarga ega.
Informatika xonalari kompyuterlar bilan ta'minlangan, ochiq darslar uchun maxsus
proyektorli xonalar mavjud. Maktab faoliyatining
markazida har chorak uchun
tuzilgan va maktab rahbariyati doirasidagi ishlarning butun mohiyatini o'z ichiga
olgan reja mavjud.
Belgilangan maqomga muvofiq ta'lim muassasasi quyidagi o'quv dasturini
amalga oshiradi:
-Boshlang'ich ta'lim dasturi - 4 yil;
-Umumiy ta'lim dasturi - 5 yil;
-O'rta (to'liq umumiy ta'lim dasturi) - 2 yil.
Maktab bitiruvchilariga davlat standart hujjati - asosiy umumiy ma'lumot
to'g'risidagi guvohnoma, o'rta (to'liq) umumiy ma'lumot to'g'risidagi guvohnoma
berish huquqiga ega.
Men bu maktabda amaliyot o'tash jarayonida pedagogik texnologiyalardan
foydalandim. O'quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatdim, uy vazifalarining
bajarilishini qat'iy nazorat qildim. Turli fan o'qituvchilarining dars mashg'ulotlariga
kirib, dars tahlillarini yozib bordim.
Maktab ma'muriyati va jamoasi bilan tanishish menda katta ijobiy taassurot
qoldirdi. Men o'quv amaliyotini olib borishda qo'yiladigan
talablarni bosqichma-
bosqich bajarib bordim. Darsdan tashqari maktab kutubxonasidagi kitoblar bilan
tanishdim. Turli darsliklar, badiiy adabiyotlarni mutolaa qildim. Turli gazeta va
jurnallar bilan taishdim
Men har bir dars mashg'ulotiga puxta tayyorgarlik ko'rdim. Bilmaganlarimni
amaliyot rahbarim Usmonova Malohat ustozdan so'rab bildim.
Tarix va huquq fani
o'qituvchilarining tajribalarini o'rgandim.
Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat
qildim. Sinflarda o’tkaziladigan ma’naviyat soatlarida muntazam qatnashdim.
Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi
asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Davomati va
o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish
olib borishni, ularga ko’maklashishni
o’zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarining yo’l-yo’riqlari yordam berdi.
Mening kelajakda yetuk mutaxassis kadr bo'lib yetishishimda ushbu amaliyot
davomida orttirgan tajribalarim muhim rol o'ynaydi. O'quvchilar bilan muloqot
ularning bilim saviyalarining ortishiga, intiluvchan va tashabbuskorlik qobiliyatlari
oshishiga yordam beradi. Men kelajakdagi pedagogik
faoliyatim davomida
o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, muammoli vaziyatlarni o'z mulohazasiga
tayangan holda hal etishni o'rgatishga harakat qilaman.
Amaliyotchi talaba: D. Eshmatova
Amaliyot rahbari: M. Usmonova