6.5.
Tashqi savdoda baholarning shakllanish xususiyatlari
Tashqi savdoga tahliliy yondashishda indekslar usulining ahamiyati katta.
Chunki zamon va makonda tashqi savdoni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Baho indeksi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Paashe formulasi.
Ba’zi hollarda ayrim tovarlar uchun baho indeksini hisoblashga to‘g‘ri keladi.
Tashqi savdoni fizik hajmidagi o‘zgarishlar umumiy tarzda quyidagi indeks orqali
ifodalanadi:
ayrim tovarlar uchun esa:
95
Bundan tashqari tashqi savdo shartini ifodalovchi indek
Bu erda: I
re
– eksportning o‘rtacha baho indeksi.
I
ri
– importning o‘rtacha baho indeksi.
Shu bilan birga tashqi savdo strategiyasini ifodalab beruvchi import kvota va
eksport kvota darajasi va indeksi hisoblanadi.
Eksport kvotasi darajasi:
Tashqi savdoni rivojlanish tendentsiyalarini tahlil qilishda eksport va import
elastikligi koeffisenti hisoblanadi.
Eksport elastikligi:
Bu erda o‘sishning mutlaq qiymatini ifoda etadi.
Birinchi ko‘rsatkich YaIMning o‘sish tendentsiyasiga nisbatan eksport o‘sish
tendentsiyasi nisbatini aniqlaydi. Ya’ni, mahsulot eksporti YaIM o‘sish ta’siri va
eksport hajmi real o‘sishini ifodalaydi.
Ikkinchi ko‘rsatkich esa YaIM o‘sishi bilan import hajmi o‘sishi o‘rtasidagi
bog‘liqlikni ifodalab, ularning o‘sish tendentsiyalarini o‘zaro taqqoslashga imkon
beradi.
Statistika yuqorida aytib o‘tilgan ko‘rsatkichlardan tashqari tashqi savdo salmog‘i,
uning turilishi ham keng o‘rganadi.
14
14
http://economical.uz/2016/05/03/tashqi-savdo-baholari-statistikasi/
96
Xalqaro savdo amaliyotida o‘ndan ortiq shartnoma sharoitiga bog‘liq bir
necha va o‘sha tovarga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan narx turlari mavjud. Narxlar
ro‘yxati xalqaro savdo atamalari qoidalari «INKOTERMS»da bayon etilgan.
Shartnoma shartlarini shakllantirishda bazis yoki o‘tgan davr uchun preyskurant
narxlaridan foydalaniladi. U narxlar maxsus preyskurant – spravochniklarda
keltiriladi. Standartga muvofiq eksport qilinuvchi tovarlar «G‘OV», «G‘OV –
jo‘natish porti», «G‘OV – franko – quruqlik chegarasi» baholarida, import
qilinuvchi tovarlar «CIF», «CIF – import belgilangan port», «CIF – import
belgilangan mamlakat franko – quruqlik chegarasi» baholarida keltiriladi.
«G‘OV» bahosi sotuvchi mamlakat chegarasida vujudga keladi. Ammo,
xalqaro shartnomalarni tuzishda shu narsani nazarda tutish lozimki, INKOTERMS
sotish harid qilish shartlari bazis hisoblanib, savdo – sotiq qiluvchi tomonlar uchun
majburiy emas.
15
Tomonlar o‘zlarini qoniqtirgan qoidalarni ishlab chiqishi mumkin. Bunda,
G‘OV abbrevaturasi, masalan AQSh savdo qonuniga ko‘ra umuman
INKOTERMSdan boshqa shartlarni anglatadi.
Shu sababli har bir muayyan sharoitda turli mamlakatlarda amal qiluvchi
savdo qoidalari bilan yaqindan tanishib chiqish zarur, ya’ni milliy INKOTERMS
bilan G‘OV qiymati quyidagicha shakllanadi:
Tovarning kontrakt qiymati Q tovarni kema sathiga olib kelish bilan bog‘liq
barcha harajatlar Q «Erkin sathga» ortish (eksport bojini hisobga olgan holda)
G‘OV qiymati tashqi savdo pirovardida qayd etiladi va eksportyor o‘z sherigidan
olishi kerak bo‘lgan qiymatni bildiradi.
CIF import qiymati import qiluvchi mamlakat chegarasida yuzaga keladi.
CIF sharoiti bo‘yicha tovarlarni etkazib berishda sotish bahosiga quyidagilar
kiradi:
Tovarning o‘z bahosi Q tovarni belgilangan portgacha etkazib berish
transport harajatlari(fraxt) Q tovarni sug‘urtalash harajatlari.
Agar fraxt va G‘OV bahosini nazarda tutsak, CIF bahosini quyidagicha
ifodalash mumkin:
G‘OV qiymati Q Fraxt Q Eksport qiluvchi chegarasidan import qiluvchi
mamlakat chegarasigacha sug‘urtalash.
CIF sharti bo‘yicha mahsulot etkazib berishda sotuvchi transport vositalarini
fraxt qilishi, fraxtni to‘lashi, tovarni jo‘natish portiga etkazish, o‘z hisobiga
transpotrga ortish, haridorga to‘lov hujjatlarini topshirish(kinosament) kerak.
Sotuvchi tovarni sug‘urtalashi shart bo‘lib, haridorga sug‘urta polisini topshirishi
zarur. Haridor tovarni tushirib olish, uni omborxonaga joylash va saqlash bilan
15
http://economical.uz/2016/05/03/tashqi-savdo-baholari-statistikasi/
97
bog‘liq harajatlarni o‘z zimmasiga oladi. Demak, tovarni tushirishgacha bo‘lgan
harajatlarni sotuvchi, tushirgandan keyingi harajatlarni esa haridor o‘z zimmasiga
olishi zarur.
Xalqaro amaliyotda G‘OV va CIF baholarini aniqlashda asos CAFAcost
(and freight), bahosi bo’lib, unga faqat tovarning bahosi va tashish(transport)
harajatlari kiradi. Nazariya bo‘yicha xalqaro savdoni tahlil qilishda, jahon bo‘yicha
import va eksport qiymati teng bo‘lishi kerak. Afsuski, amalda bunday bo‘lmaydi.
Sababi eksport G‘OV baholarida, import esa CIF baholarida hisobga olinadi.
Ushbu holatni xalqaro savdoni tahlil qilishda yodda tutish zarur.
AQSh statistikasida to‘lov balansida eksport va import G‘OV baholarida
hisoblanadi.
MHT kabi xalqaro hisoblar faol iqtisodiy operatsiyalar, yig’im hisoblar va
aktiv va passiv balanslarda xam ishtirok etadi. Iqtisodiy operatsiyalar yig’ini to’lov
balansi deb ataladi. Xalqaro hisoblarni umumiy ta’suroti (SNS misolida raqamli
masala qo’llanilishi bilan) 26.3. jadvalida ko’rsatilgan. 3ta joriy hisoblar
maxsulotning hisobidan, asosiy va qo’shimcha daromadlaridan iborat. Asosiy
daromat hisobi SNSdagi asosiy daromadlarning taqsimlashiga mos keladi,
qo’shimcha daromadlar esa SNSdagi qo’shimcha daromadlarning taqsimlashiga.
RPB-6da daromadlar hisoblarining atamalarida “taqsimlash” va “qayta taqsimlash”
kabi so’zlar ishlatilmaydi. Buning sababi – ularda bir tarafning ikkinchi tarafiga
nisbatdan taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni ko’rsatilmaydi, faqatgina bir
tarafning nuqtai nazaridan daromadlarning ko’rinishi taqdim etiladi.
Xalqaro hisoblarida hisob bo’lmaganligi sababli, mablag’lardan mos ravishda
foydalanish, pensiya xuquqlarini o’zgartirishlarini to’g’irlash ikkilamchi
mablag’larni hisobga kiritilganligidan so’ng aloxida bandta paydo bo’ladi. (chet
eldan tushadigan pensiyalar, ayni damda ko’pchilik mamlakatlar uchun kichik
qiymatni tashkil etadi.)
Halqaro hisoblarda ishlab chiqarish hisoblarida aniq analoglar mavjud emas,
ta’lim mablag’larining hisobi va mablag’larning ishlatish hisobi, lek halqaro
hisoblar, ishlab chiqarish, is’temol qilish (yoki kapitalni yyog’ish) Maxsulotlarning
Import va Eksportlari barcha hollarda oddiy iqtisodiy operatsiyalar turida ko’zdan
kechiraladi, konteksdagi noma’lum xalqaro operatsiyalar keyinchalik oraliq
is’temol sifatida foydalaniladimi, oxirgi is’temol yoki kapital yeg’ish, yoki ular
eksportlanadi. Maxsulotlarni o’z tabiati bo’yicha is’temol qilish ichki iqtisodiy
xususiyatga ega. Maxsulotlar va xizmatlar hisobi faqatgina maxsulotlar va
xizmatlar importi va eksportidan iborat. Bular transchegara aspektlariga ega
bo’lgan yagona iqtisodiet maxsulotlar va xizmatlar operatsiyalaridir. Maxsulotlar
98
va xizmatlar ma’lum bir iqtisodiyot mulk bir davlatdan boshqa davlatga o’tayotgan
paytida ro’yxatga olinadi. Odatda mulkning o’zgarishi uning joy almashishiga olib
keladi, lekin bu xarakat doim talab etilmaydi. Maxsulotlar chet elda qayta sotish
jarayonida o’z egasini o’zgartirishlari mumkin. Bu xarakatlar maxsulot uchinchi
egaga sotilmagunicha sodir bo’ladi. O’z joyini o’zgartirayotgan maxsulotlar bir
davlatdan boshqa davlatga o’tgan iqtisodiy mulk shaklini o’zgartirishsiz import va
eksport maxsuloti bo’lib hisoblanmaydi. Shunday qilib, chet elga qayta ishlash
uchun yuborilgan va mamlakatimizga qaytib kelgan maxsulotlar import va eksport
maxsulotlarning safiga qo’shilmaydi, ammo eksport va import xizmatlari bo’yicha
faqatgina maxsulot qayta ishlanganligi uchun xizmat narxiga qo’shimcha narx
belgilanadi.
To’lov balansida aloxida e’tibor maxsulotlar va xizmatlardagi farqga
qaratiladi. Bu farq iqtisodiyot siyosatini qiziqishlarini tasvirlaydi, chunki
maxsulotlar va xizmatlar turli xil xalqaro shartnomalarning ob’ektlari bo’lib
hisoblanadi. Bundan tashqari u boj manbailaridan kelayotgan maxsulotlarning
ma’lumotlarini ko’rsatadi. Ammo boshqalar barcha xizmatlar xaqida ma’lumotni
to’lov xujjatlaridan va tekshiruvlardan olishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |