Bilim sohasi


Maxsus talablarga quyidagilar kiradi



Download 7,14 Mb.
bet290/345
Sana08.08.2021
Hajmi7,14 Mb.
#142483
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   345
Bog'liq
Умумий педагогика 1-қисм (2)

Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yo‘nalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko‘rgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differensiatsiyalash (tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funksionalilik, ishonchlilik.

Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: do‘stonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.

PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR


Elektron ta’lim muhitida laboratoriya ishlarini tashkillashtirishning o‘ziga xos muammolari mavjud. Aynan bu muammoni virtual laboratoriya ishlaridan foydalangan holda tashkillashtirish mumkin. O‘quv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadim-qadimdan o‘quv-o‘rganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan. Simulyatorlar o‘quv jarayoning qariyb barcha jabhalarida: boshlang‘ich ta’limdan boshlab oliy o‘quv yurtlarigacha, oddiy til o‘rganishdan to mexanika sohalarigacha qo‘llanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda meditsina sohasida ham simulyatorlardan foydalanilmoqda.

Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri ularning real obyektlarga nisbatan juda ham arzon alternativ ekanligidadir. Hammaga ma’lumki, axborot texnologiyalar va kompyuter sohasini o‘qitishda asosan ma’ruzalardan foydalaniladi, programmalash tillarini o‘qitishda ba’zan ma'lum bir dasturlar tuzish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi. Ammo kompyuter jihozlarini yasash, operatsion va tarmoq tizimlarini o‘rnatish hamda sinovdan o‘tkazish qimmatbaho uskunalarga ehtiyoj tug‘diradi. Simulyatorlar esa shunday haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda kompyuter hamda tarmoq qurilmalarini yasash va sinovdan o‘tkazishga imkoniyat yaratadi. Bu o‘z-o‘zidan katta miqdorda mablag‘lar tejalishiga yordam beradi. Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablag‘lar talab etmasligi ma’lum tadqiqotlarni qayta – qayta amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

Simulyatorlardan foydalanish jarayonida talabalar ma’ruza vaqtida o‘rgangan nazariy bilimlarini virtual bo‘lsada hayotga tatbiq qiladilar. Ushbu tadqiqotlar jarayonida bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda hayotiy tadqiqotlarning rivojlanishiga bevosita hissa qo‘shadilar. Bu o‘z o‘rnida talabalarni faqatgina “tinglovchi” vazifasida qolmasdan, bevosita ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashuvchilarga aylantiradi va izlanishlarga bo‘lgan qiziqishlarini yanada ortishiga olib keladi.

Hozirgi kunda fan-texnikaning jadal rivojlanishi real-hayotiy tadqiqot uskunalarining taraqqiyoti bilan bir qatorda ketishida qiyinchilik tug‘diradi. Simulyatorlarda esa bunday to‘siqlar mavjud emas, akincha, ushbu “virtual tadqiqotxonalar” fan-texnika rivojlanish sur’atiga qo‘shimcha tezlik qo‘shadi.

Albatta, har sohada bo‘lgani kabi simulyatorlardan foydalanishga nisbatan ham qarshi fikrlar mavjud. Ulardan eng birinchisi simulyatorlarning haqiqiy obyekt va jarayonlarni to‘la-to‘kis ifoda eta olmasliklaridir. Bu simulyatorlar yordamida olingan natijalar bilan hayotiy tajribalardan hosil bo‘lgan natijalar o‘rtasida tafovutlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ba'zi simulyatorlar esa o‘yin shaklida yasalgan, masalan, uchuvchilik simulyatorlari. Ular foydalanuvchilarda doimiy ishqibozlik kelib chiqishiga olib keladi, natijada tadqiqotdan ko‘ra ko‘proq o‘yin tarafi ustun keladi.

Shunga qaramasdan, simulyatorlardan foydalanishning salbiy tomonlari ijobiy tomonlariga nisbatan ancha kuchsiz hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Shuning uchun ular simulyatorlardan foydalanishning qandaydir ma'noda cheklanishiga asosiy sabab bo‘la olmaydi.




Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish