oshib ketishi gipsga suv ko’p qo’shilganligini, 18 sm ga yetmasligi
esa gips ga suv oz
qo’shilganligini ko’rsatadi.
Gips hamirning normal quyuqligi 100 g gipsga quyiladigan suvning hajmi bilan (sm
3
hisobida) ifodalanadi. Gips hamirning yoyilgandagi diametri 18 sm ga teng bo’lsa, hamirning
quyuqligi normal deb hisoblanadi.
Nazorat savollari
1. Gips hamirini normal qo’yiqligi deganda nimani tushunasiz?
2.Gips hamirini normal qo’yiqligi nima sababdan aniqlanadi?
3.Suttard viskozimetrini tuzilishini tushuntirib bering.
4.Gips hamirini normal qo’yiqligi aniqlash tartibini tushuntirib bering
3– LABORATORIYA ISHI.
Gips hamirining qotish muddatini aniqlash.
Ishlatiladigan asbob-uskunalar
: Vika asbobi, igna, kesik konus shaklidagi halqa, shisha
plastinka, bo’tqa qorish uchun chinni kosa, hajmi 250 sm
3
li o’lchov Silindri, soat, pichoq,
kolba, tarozi va tarozi toshlari, quruq latta.
Vika asbobi (2-rasm), asosan, korpus va undan vertikal siljiy oladigan temir sterjeng’,
sterjenga o’rnatilgan igna, stanina, strelka, shkala va dastadan iborat.
2-rasm. Gips hamirining qotish muddatini aniqlaydigan
Vika asbobi:
A-old va yon tomonlardan ko’rinishi; b-metall sop; v-po’lat igna.
Sinashdan oldin Vika asbobidagi sterjenning ravon siljishi tekshiriladi.
Buning uchun
sterjenni tutib turgan vint bo’shatiladi va ignaning uchi kesik konus shaklidagi halqa ostiga
qo’yilgan shisha plastinkagacha tushiriladi. Bunda strelkaning shkaladagi nolga to’g’ri kelganligi
kuzatiladi. Strelka noldan yuqori yoki pastdagi sonlarda to’htasa, shkala vintlari bo’shatiladi.
SHundan keyin shkala yuqoriga yoki pastga siljitilib, nol’ strelkaga to’g’rilanadi-da, shkala yana
mahkamlab qo’yiladi. SHundagina strelka shkaladagi sonlarni hatosiz ko’rsatadigan bo’ladi. Bu
ishlar bajarilgach ignali sterjeng’ yuqori ko’tarilib, igna uchi kesik
konus shaklidagi halqaning
ustki yuzasiga tegar-tegmas holatga keltiriladi-da, sterjeng’ vint mahkamlab qo’yiladi.
Gipsning qatish muddatini aniqlash uchun gipsdan hamir tayyorlashga kirishiladi.
Ish tartibi
. Metall yoki chinni kosa olib, unga 200 g gipsning
normal kuyuqlikdagi
hamiri uchun qo’shiladigan suv miqdoricha suv quyiladi. 200 g gips tarozida tortilib,
kosadagi
suvga bir tekisda sekin-asta sepib boriladi va qoshiq yoki temir kurakcha bilan qorishtiriladi.
Bunda ham gips sepish va qorishtirish vaqti 30 sekund davom etadi. Tayyorlangan suyuq hamir
shisha plastinka ustiga qo’yilgan kesik konus shaklidagi halqaga solinadi va ustidagi ortiqchasi
ho’llangan pichoq bilan sidirib olinadi. Keyin hamirli halqa shisha plastinka bilan birgalikda asta
ko’tarilib, Vika asbobi tagiga qo’yiladi. Bunda sterjen ignasi hamir halqa markaziga to’g’ri
kelishi shart.
SHundan keyin ignali sterjenning vinti bo’shatilib, har yarim
minutda hamirga tushirib
turiladi. Lekin igna har safar yangi joyga tushirilishi va undagi hamir yuqi yumshoq toza latta
bilan artib turilishi kerak.
SHunday qilib, bu tajriba gipsning tishlashish vaqtining boshlanishi
va ohiri belgilab
olinadi. Birinchisidan hamir qorilayotgan paytdan to ignaning uchi halqa tagidagi shisha
plastinkaga 0,5 mm yetguncha vaqt (hamirning quyuqlanishi), ikkinchisi esa hamir qorilayotgan
payitdan to ignaning uchi hamirning sirtidan 0,5 mm botguncha o’tgan vaqt aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: