Bilim sohasi


-§. ODAMNING MEXANIK ISHI. ERGOMETRIYA



Download 6,45 Mb.
bet25/133
Sana01.01.2022
Hajmi6,45 Mb.
#289101
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   133
Bog'liq
92- Биофизика М.И.Базарбаев 2017 й.(1)

1.5-§. ODAMNING MEXANIK ISHI. ERGOMETRIYA


Odamning kun bo‘yi bajara oladigan mexanik ishi ko‘pgina sabablarga bog‘liq bo‘lgani sababli oldindan odam ishining biror chegaraviy qiymatini ko‘rsatish qiyin. Bu aytilganlar odam quvvatini belgilashga ham taalluqlidir. Masalan, ayrim qisqa muddatli zo‘r berishlarda odam o‘z quvvatini bir necha kilovattga etkazishi mumkin. Agar massasi 70 kg bo‘lgan sportchi turgan o‘rnida uning massalar markazi o‘zining normal turish holatiga nisbatan 1 m yuqoriga ko‘tariladigan darajada sakrasa, itarilish fazasi 0,2 s davom etsa, sportchining quvvati 3,5 kVt ga etadi.

Odam yurganda ish bajaradi, bunda inertsiya gavdani davriy ravishda qisman ko‘tarish uchun va asosan oyoq harakatini tezlatish va sekinlatish uchun sarflanadi.

Odam gavdasi qismlarining kinetik energiyasini o‘zgartirish uchun sarflanadigan ishni hisoblash mumkin.

Massasi 75 kg bo‘lgan odam 5 km/soat tezlik bilan yurganda o‘z quvvatini 60 Vt gacha oshiradi. Tezlik ortishi bilan bu quvvat yana tezroq oshib boradi, ya’ni tezlik 7 km/soat bo‘lganda quvvat 200 Vt ga etadi. odam massalar markazining vaziyati velosi pedda yurganda piyoda yurgandagiga qaraganda deyarli kam o‘zgaradi, oyoqning tezlanishi ham kichik bo‘ladi. Shu sababli velosi pedda yurganda sarflanadigan quvvat ancha kam bo‘ladi: tezlik 9 km/soat bo‘lganda 30 Vt. 18 km/asoat bo‘lganda esa 120 Vt quvvat sarflanadi.

Agar ko‘chish bo‘lmasa, ish ham nolga aylanadi. Shu sababli yuk tayanch ustida, taglik ustida yoki ipga osib qo‘yilgan bo‘lsa, og‘irlikkuchining bajargan ishi nolga teng. Agar qo‘lni cho‘zilgan holatida gantel yoki tosh ushlab turilsa, elka va qo‘l muskullarining toliqishi bizning har birimizga ma’lum. Agar o‘tirgan kishining orqasiga yuk ortilsa, orqa va bel muskullari ham xuddi shunday toliqadi. Har ikkala holda ham yuk qo‘zg‘almas bo‘lgani sababli ish nolga teng. Lekin muskullarning charchashi ish bajarilayotganidan dalolat beradi. Bunday ishni muskullarning statik ishi deb aytiladi.

M




1.15-rasm Veloergometr
exanikada tushuniladigan statika (qo‘zg‘almaslik) amalda mavjud emas. Kuch ta’sirida juda kichik, xususan ko‘z ilg‘amas darajada qisqarish va bo‘shashishlar yuz bergani sababli og‘irlik kuchiga qarshi ish bajariladi. Shunday qilib, odamning statik ishi aslida oddiy dinamik ish bo‘ladi.

Odamning bajarayotgan ishini o‘lchashda qo‘llaniladigan qurilmalarni ergometrlar deb ataladi. O‘lchash texnikasining shunga mos bo‘limiga ergomeriya deyiladi.

Ergometrga tormozlanuvchi velosiped (veloergometr, 1.15-rasm) misol bo‘ladi. Aylanuvchan 1 g‘ildirak gardishi orqali 2 po‘lat lenta o‘tkazilgan. G‘ildirak gardishi bilan po‘lat lenta orasidagi ishqalanish kuchi 3 dinamometr yordamida o‘lchanadi. Sinovchining hamma ishi ishqalanish kuchini engish uchun sarflanadi (ishlarning boshqa turlarini hisobga olmaymiz). G‘ildirak aylanasi uzunligini ishqalanish kuchiga ko‘paytirib, har bir aylanishda bajarilgan ishni topamiz, aylanishlar sonini va sinov vaqtini bilgan holda bajarilgan to‘liq ishni va o‘rtacha quvvatni aniqlaymiz.



Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish