Bilim sohasi



Download 6,45 Mb.
bet24/133
Sana01.01.2022
Hajmi6,45 Mb.
#289101
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133
Bog'liq
92- Биофизика М.И.Базарбаев 2017 й.(1)

1.14 rasm. Silindrik tomirning o‘q bo‘ylab yo‘nalgan (a) va o‘qqa ko‘ndalang(b) kesimlari.

Lekin teng ta’sir etuvchi kuchni bosimni silindr yuzasining vertikal OO' tekisligiga bo‘lgan proeksiyasiga ko‘paytirib topish osonroq bo‘ladi.Bu proeksiya 2rL ga teng. Bu holda kuchni ortiqcha bosim orqali ifodalasak, quyidagiga ega bo‘lamiz:

F=P2rL (1.8)

1.7 va 1.8 formulalarni tenglashtiradigan bo’lsak 2hL=P2rL bundan

=Pr/h (1.9)

Bu ifoda Lame tenglamasi deb ataladi.



1.4-§. TIRIK ORGANIZMLARDA BIOMEXANIKANING BA‘ZI MASALALARI. BO‘G‘IMLAR VA RICHAGLAR


Mexanizmlarning harakatlanuvchi qismlari odatda uning harakatdagi qo‘zg‘aluvchan yoki qo‘zg‘almas qismlari bilan tutashtirilgan bo‘ladi. Bir necha qo‘zg‘aluvchan bo‘g‘inlarning birlashmasi kinematik bog‘lanishni hosil qiladi. Odam tanasi — kinematik bog‘lanishga misoldir.

Bo'g'imlar biomexanikasi. Bo'g'im yuzalarini shakli jihatidan olganda aylanuvchi geometrik jismlan bir o'q atrolida aylanadigan silindr; ikkita o'q atrofida aylanadigan ellips va uch hamda bundan ko'ra ko'proq o'q atrofida aylanadigan shar kesmalari, deb qarash mumkin. Bo'g'imlarda bo'lib turadigan harakatlarning quyidagi turlari tafovut qilinadi; 

1) frontal (gorizontal, ko'ndalang) o'q atrofida qilinadigan harakat — bukish va yozish

2) sagittal (oldingi-orqa gorizontal) o'q atrofida qilinadigan harakatlar — o'rta tekislikka yaqinlashtirish va undan uzoqlashtirish; 

3) tik o'q atrofida qilinadigan harakatlar, ya'ni ichkari va tashqari yoki o'ng va chapga qarab aylantirish

4) aylanma harakatlar. Bo'g'im funksiyasi harakatlarining nechta o'q atrofida bo'lib turishiga, shuningdek, qo'shiluvchi yuzalarining shakliga bog'liq. Bo'g'imlarning anatomik-fiziologik jihatdan asoslangan quyidagi yagona klassifikatsiyasini ko'rsatib o'tsa bo'ladi.

 Bir o'qli bo'g'imlar. 1. Silindrsimon yoki g'ildiraksimon bo'g'im (masalan, proksimal bilak-tirsak bo'g'imi, bunda bilak ichkariga burash — pronatsiya harakati bilan tashqariga burash — supinatsiya harakatini bajaradi). 2. G'altaksimon yoki chig'irsimon bo'g'im (masalan, barmoqlar falangaaro bo'g'imlari) bunday bo'g'imda frontal o'q atrofida harakatlar bo'lib turadi (bukish va yozish).

 Ikki o'qli bo'g'imlar. 1. Ellipssimon bo'g'im (masalan, bilak-kaft, ya'ni bilakuzuk bo'g'imi), bunda bir-biriga tik ikkita gorizontal o'q atrofida: frontal o'q bilan (bukish va yozish) sagittal o'q atrofida (uzoqlashtirish va yaqinlashtirish) harakatlar bo'lib turadi. 2. Do'ngli bo'g'im (masalan, tizza bo'g'imi). 3. Egarsimon bo'g'im (masalan, I barmoqning kaft usti kaft bo'g'imi); bunday bo'g'imda bir-biriga tik ikki o'q atrofida: frontal o'q bilan (bukish va yozish) sagittal o'q atrofida (uzoqlashtirish va yaqinlashtirish) harakatlari bo'lib turadi.

 Ko'p o'qli bo'g'imlar. 1. Sharsimon bo'g'imlar (masalan, yelka bo'g'imi). Bularda bir-biriga tik bo'lgan va boshchasining markazida bir-biri bilan kesishadigan uchala asosiy o'q tafovut qilinadi. Sharsimon bo'g'im barcha bo'g'imlarning eng erkini hisoblanib, unda oldinga va orqaga bukish, uzoqlashtirish va yaqinlashtirish, ichkariga va tashqariga aylantirish harakatlari bo'lib turadi. 2. Yassi bo'g'imlar (masalan, umurtqalararo bo'g'imlar). Bularda deyarli yassi bo'g'im yuzalari bo'ladi. Bo'g'im yuzalari tafovuti bularda arzimas bo'lgani uchun harakatlarining hajmi ham katta emas.

Yangi bo‘g‘inlarni qo‘shish kinematik harakatchanlikni oshiradi. Masalan, umurtqalararo bo‘g‘inlarning muayyan harakatchanligi tufayli (etarlicha chegaralangan bo‘lsada) bosh miya suyagi oltita erkinlik darajasiga ega.

Skelet suyaklari va muskullar birlashmasidan iborat bo‘lgan bo‘g‘inlar, odam tayanch — harakatlanish sistemasini fizika nuqtai nazaridan odamni muvozanatda saqlab turuvchi raqamlar to‘plamidan iborat deb tasavvur qilish imkonini beradi.

Anatomiyada richaglarni ikki xil ko‘rishida bir-biridan farqlashadi: birinchisi kuch richaglari bo‘lib bularda kuchdan yutib, ko‘chishdan yutqaziladi, ikkinchisi — tezlik richaglari bo‘lib, bularda kuchdan yutqazib, ko‘chish tezligidan yutiladi. Pastki jag‘ tezlik richagiga yaxshi misol bo‘la oladi. Ta’sir qiluvchi kuchni chaynov muskuli yuzaga keltiradi. Ovqatni ezish paytida yuzaga kelgan qarama-qarshi ta’sir etuvchi qarshilik kuchi — tishlarga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’ir qiluvchi kuchning elkasi qarama-qarshi ta’sir etuvchi kuchning elkasidan birmuncha qisqa bo‘lgani sababli chaynov muskuli qisqa va kuchli bo‘ladi. Qandaydir qatiq jismni tish yordamida chaqish lozim bo‘lganda, odam buni jag‘ tishlari yordamida amalga oshirishga harakat qiladi, chunki bunda qarshilik kuchining elkasi kamayadi.

Agar odam skeleti bitta organizmda mahkamlangan alohida-alohida bo‘g‘inlar to‘plamidan iborat deb qaralsa, gavdaning normal holatdagi turishida bu bo‘g‘inlarning hammasi juda turg‘unmas holatda bo‘lgan sistemani hosil qilgani ma’lum bo‘ladi. Jumladan, tana tayanchi chanoq-son bog‘lanishi shar shaklli sirt ko‘rinishida berilgan. Tananing massalari markazi tayanch nuqtasidan yuqoriroq joylashgani uchun shar shaklidagi tayanchda turg‘unmas muvozanat hosil qiladi. Bunga tizza va boldir-tovon birlashmalari ham misol bo‘la oladi. Shu sababli bu bo‘g‘inlarning hammasi turg‘unmas muvozanat holatida bo‘ladi.

Normal, tikka turgan odam tanasi massalari markazi chanoqson, tizza va oyoq boldir-tovon birlashmalari markazlari bilan bir vertikalda, dumg‘aza tumshug‘idan 2-2,5 sm pastda va chanoq son o‘qidan 4-5 sm yuqorida joylashgan bo‘ladi. Shunday qilib, normal tikka turish, bir-biri bilan tutashib ketgan skelpt bo‘g‘inlarining, eng turg‘unmas bir holatidir. Shunga qaramasdan butun sistemaning muvozanatda saqlanishiga sabab, faqat ushlab turuvchi muskullar sistemasining doimiy taranglanib turishi tufaylidir.




Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish