5.Pedagogiktekshirish
Pedagogiktekshirishnipsixologiktekshirishdanso’ngo’tkazishtavsiyaqilinadi. Psixologik va pedagogik tekshirishni ko’pincha bir mutaxassis-pedagog-defektolog o’tkazadi. Agarda bu tekshirishlar turli shaxslar-psixolog va pedagog tomonidan o’tkazilsa, bunda pedagogga psixologning tekshirish natijalarini bilish zarur. Bu takrorlashlarning oldini oladi va pedagogik tekshirishning rejasini o’tkazishgaimkon yaratadi.
Pedagogik tekshirishning maqsadi bolalar tomonidan o’zlashtirib olingan bilim, ko’nikma va malakalarning hajmini, ular tomonidan yangi tushunchalar, yangi faoliyat turlarini o’zlashtirib olish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar, ularning qaysi bosqichlarda yuzaga kelishini, bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish sharoitlarini aniqlashdir.
Tekshirishni boshlashdan avval pedagog bolaning pedagogik hujjatlarini diqqat o’rganib chiqadi (bolalar bog`chasi yoki maktabdan berilgan tavsif, daftarlar, bolaning mustaqil ishlari, chizgan rasmlari va h.k.). Bolaga berilgan tavsifni tahlil qilish pedagogik tekshirish sxemasini to’g`ri tuzishga, bolaning individual xususiyatlarini e`tiborga olib unga to’g`ri yondoshishga yordam beradi. Agarda tavsifda bola tez toliqadi deb ko’rsatilgan bo’lsa, unga tekshirish vaqtida tez va qisqa vaqtda bajariladigan topshiriqlar beriladi, agarda bolaga o’quv faoliyatiga nisbatan salbiy munosabat paydo bo’lgan bo’lsa o’yin holatlaridan foydalanish lozim bo’ladi va h.k. Tekshirilayotgan bolalarning daftarlarini o’rganish u yoki bu malakaning rivojlanish dinamikasi, maktab dasturini o’zlashtirish jarayonida bola yo’l qo’yadigan xatolari xarakteri, qiyinchiliklari haqida fikr yuritishga imkon beradi.
Bolalar tomonidan chizilgan rasmlarni tahlil qilish tashxisqilishdakatta ahamiyatga ega bo’lib, faqatgina tasviriy faoliyat sohasidagi bolaning texnik imkoniyatlari haqidagina ma`lumot bermasdan, balki uning kuzatuvchanligi, tasavvur va qiziqishlari doirasi va h.k.lar haqida tushuncha beradi. Agarda bola chizgan rasm g`alati, haqiqatdan tashqari xarakterda bo’lib bola unga to’g`ri tushuncha bermasa u shizofreniya bilan kasallangan deb tahmin qilish mumkin. Aqli zaif bolalar mustaqil tanlangan mavzuga doir rasm chiza olmaydilar. Aqli zaif bolalar chizgan rasmlar stereotip xarakterda bo’lib, aniq tasavvurlar yo’qligidan dalolat beradi.
Pedagogik hujjatlarni shunday tarzda sinchiklab o’rganib chiqqanidan so’ng defektolog bolani tekshirishga kirishadi.
Komissiyada bolani tekshirish vaqtida uning hisoblash operatsiyalarini o’tkaza olishi va matematik tasavvurlarining shakllanganligi aniqlanadi. Maktab o’quvchilarini ular tomonidan o’rganilgan dastur materiallari bo’yicha bilimlari tekshiriladi.
Agarda bola o’qish malakalarini egallanmaganligi aniqlansa uning o’qish malakasining holatini tekshirishning hojati yo’q. Komissiyaga yuborilguncha maktabda o’qigan bolalarning o’qish va yozish malakalari o’tilgan material hajmida tekshiriladi.
Barcha holatlarda bolalarning bilimlarini ular o’qiyotgan sinf dasturi materialidan boshlab tekshirish lozim. So’ngra bolalarning bilimlari quyi sinflarda o’tilgan dastur materiali asosida aniqlandi.
Komissiyada bolaning maktab malakalari va bilimlarining holati, eng avvalo o’qish, yozish, hisoblash malakalarining holatini tekshirishga qaratish lozim.
Pedagogiktekshirishningmaqsadio’zlashtirishniginaaniqlashdaniboratbo’lmay, balkiavvaloushbubolaningta`limdagiqiyinchiliklarinitahlilqilishekanliginiesidanchiqarmasligilozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |