2.9. Yakuniy nazorat savollari
Inklyuziv ta’lim maxsus kurs faning maqsad, predmeti va vazifalari.
Inklyuziv ta’lim maxsus kursga bulgan extiyojlari.
Inklyuziv ta’lim maxsus kursning sabablari.
Inklyuziv ta’lim maxsus kursga doir xukukiy meyoriy xujjatlar.
Inklyuziv ta’lim maxsus kursni amaliyotga joriy etishdagi mavjud tusiklar.
Inklyuziv ta’lim maxsus kursga jalb kilish boskichlari.
Inklyuziv ta’lim maxsus kursning halqaro huquqlar.
O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari.
Inklyuziv ta’limga kiritishning asosiy tamoyillari va ularning mazmuni.
Inklyuziv ta’lim maxsus kursning o‘rni.
Inklyuziv ta’lim maxsus kursning roli.
Inklyuziv ta’lim siyosatini amalga oshirilishi.
Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etishdagi yangi yo‘nalishlar va islohotlar.
Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilish oldida turgan muammolar va to‘siqlar.
Inklyuziv ta’limga oid ish tajribalarini o‘rganish haqida.
Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etish yo‘llari.
Inklyuziv ta’limni mohiyati.
Ota–onalarni,pedagoglar, xamjamiyatni, va raxbar xodimlarni maxsus yordamga muxtoj bulgan bolalar bilan ishlash uslublarini o‘rgatish va ularni tayyorgarligini samaradodligini oshirish yo’llari
Inklyuziv ta’lim tizimini amaliyotga joriy qilishning tashkiliy pedagogic uslubiy mu’ammolari va yechimlari
Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etish yullari.
2.10. Baholash mezonlari
Talabaning «Inklyuziv ta’lim» fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda quyidagi mezonlarga asoslanadi:
a) 86-100 ball uchun talaba inklyuziv ta’lim o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan ishlar doirasida xalq ta’lim tizimida inklyuziv ta’limga bo‘lgan extiyoj, inklyuziv ta’lim va xalqaro xuquqlar, inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilish borasidagi xuquqiy meyoriy hujjatlar, inklyuziv ta’lim tizimida kadrlarni tayyorlash, alohida yordamga muhtoj bolalarni o‘z sog‘lom tengdoshlari bilan umumta’lim tizimida ta’lim olish jarayoni va tamoyillarini tahlil etish va baholash bo‘yicha nazariy bilimlarini amalda qo‘llay olishi kerak.
b) 71-85 ball uchun talaba maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarni izlab topish va yordam berish, inklyuziv ta’limni tashkil etish va olib borish, inklyuziv ta’lim bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarni bola imkoniyatiga moslashtirish, bolani qiziqtirish, iqtidorini hisobga olish, bolalarni imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda yuqori darajali o‘qitishni tashkil etish qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
v) 55-70 ball uchun talaba Inklyuziv ta’lim fani mohiyatini tushunish, bilish, aytib berish, tasavvurga ega bo‘lishi lozim.
g) Inklyuziv ta’lim fani haqida tasavvurga ega bo‘lmagan, bilmagan talabalarga 54 va undan past ball qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |