98
1. Informatsion vazifa - axborotni qabul qilish va uni tarqatishdir.
2. Regulyativ vazifa - muloqotni tartibga solish va boshqalar bilan to`g`ri munosabatni
tashkil qilishdan iborat.
3. Signal vazifasining ko`magida katta ahamiyatga ega voqea va hodisalar haqidagi signalni
qabul qilish va uzatish.
4. Nazorat vazifasi - axborotni qabul qilish va tarqatish jarayoni nazorat qilinadi.
5. Tarbiya qilish vazifasi - muloqot orqali shaxsni shakllantirish jarayoni bo`lib,
nihoyat
darajada muhim omil hisoblanadi.
Muloqot jarayonida obyektning maxsus tomonlarining borligi ham muhim hisoblanadi.
Shuni aytish joizki, ko`p hollarda bunday shaxslar jamiyatdagi axloqsiz,
odobsiz va vijdonsiz
kishilardir. Muloqot jarayonida bahzi bir psixologik to`siqlar mavjud. Ko`proq ular sunhiy
ravishda vujudga keladi:
1) motivatsion to`siqlar - shaxslarning muloqotga kirishishdan
bosh tortishi, muomalani
to`g`ri, aniq ko`rinishda olib borilishini xohlamasligi jarayonida namoyon bo`ladi;
2) aqliy (intellektual) to`siqlar - shaxsning boshqa shaxsga nisbatan bilim doirasining
kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va intellektual savodxonligi mazmunan boy bo`lgan
taqdirda yuzaga keladi;
3) emotsional to`siqlar - muloqotga kirishuvchilarning psixologik
va emotsional-irodaviy
holatlaridan kelib chiqadi (agressivlik, qo`rquv, asabiylashish, xo`rlanish va boshqalar);
4) tarbiyaviy jarayondagi to`siqlar – ta’lim sohasida xamda huquqni muhofaza qilish
organlarida «tarbiyasi qiyin» o`smirlar, nosog`lom oilalar va muqaddam sudlangan shaxslar bilan
profilaktik chora-tadbirlar olib borayotgan vaqtda uchraydi.
Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu o`zini-o`zi ortiqcha yoki past baholash
tufayli o`ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto`g`ri munosabatdir.
Buning oldini olish
imkoniyatlari mavjud bo`lib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari yetaklaydi:
1) hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a’zolari
o`rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni taqqoslash
imkoniyatini
yuzaga keltirish.
2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini tahminlashga
qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi,
usullari, shakllari to`g`risidagi axborotni
egallashga oid maxsus mashg`ulotlarni uyushtirish.
99
4) shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo`ljallangan ishbilarmonlik o`yinlari,
psixodrama, trening tizimini yaratish. Aksariyat olimlarning tadqiqotlarida ko`rsatilishicha,
bolaning dastlabki ijtimoiy ehtiyojlaridan biri – bu muloqotga nisbatan ehtiyojdir. Bolalarning
kattalar bilan muloqotga kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlar tarzida rivojlanib
boradi:
•
e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo`ladi;
•
kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug`iladi;
• avvalgi barcha ehtiyojlarga kattalar tomonidan hurmat qilish ehtiyoji tug`iladi;
•
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o`zaro bir-birini
tushunish
ehtiyoji vujudga keladi.
Muloqot tashqi ta’sirlar, namunalar asosida o`zini-o`zi tuzatish, qayta tarbiyalash,
shaxsiy
imkoniyatini ruyobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik sari yetaklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: