155
ilmiy jihatdan o‘rganadi.
Mehnat – inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o‘zgartirishga qaratilgan
maqsadli faoliyat.
Mutaxassislik – faoliyatning aniq shakli bo‘lib, mehnat egasining kasbiy tayyorligi, mehnat
vositalari, mehnat jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan belgilanadi.
Mehnat sub’ekti (egasi) – bu faol harakat qiluvchi, anglash va o‘zgartirishga layoqatli, ong
va iroda bilan ish olib boruvchi individ yoki ijtimoiy guruh.
Muloqot – ikki yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi.
Melanxolik - temperament turlaridan biri bo‘lib, psixik faollikning sust, tez
ta’sirlanuvchanlik, xatto arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta’sirotga berilishi bilan
xarakterlanadi.
Monologik nutq – bir odamning o‘z fikrlarini og‘zaki yoki yozma ravishda ifodalash nutqi.
Monolog – ma’ruzachi tomonidan nutq so‘zlanishi, ma’ruzachi aktiv, tinglovchi passiv
bo‘lgan jarayon.
Mobil shaxs - shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o‘tish va moslashish
imkoniyatining yuqori darajada kuzatilishi.
Negativizm - individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o‘zicha
mustaqil fikr, mavqeni namoyon qilishi.
Norasmiy – odamlarning birgalikdagi muloqot va faoliyatlarida ular orasidagi
munosabatlarning o‘zaro ishonch, bir xil qarash va maqsadlarning ko‘zda tutilishi.
Noverbal - nutqsiz ifodalangan xarakat, mimika, xolatlarning boshqa shaxsga yo‘naltirilishi.
Nizolar – o‘zaro ta’sir ko‘rsatayotgan kishilarning qarama-qarshi turishi, bunda fikrlar,
pozitsiyalar, qarashlar teskariligi kuzatiladi.
Nizo turlari – nizolarning kimlar orasida yuzaga kelishiga ko‘ra farqlari: shaxslararo,
guruhlararo, shaxsiy, etnik, milliy; namoyon bo‘lish xususiyatiga ko‘ra: ochiq, yopiq, uzoq
muddatli, qisqa; mavqe yoki darajaga ko‘ra: vertikal va gorizontal; yo‘nalishiga ko‘ra: destruktiv va
konstruktiv.
Nizo bosqichlari – uch bosqichda, ya’ni nizo oldi, nizo va nizodan keyingi bosqichlar.
Nizo hal etish yo‘llari – komromiss, ya’ni kelishuv; joyida hal etish; nizodan chekinish;
orqaga surish; qochish.
Operativ xotira – xotira turlaridan biri bo‘lib, faoliyat bajarish jarayonida uzoq xotiradan
vaqtincha foydalaniladi.
Oila – turmush qurish, qarindosh-urug‘chilik asosidagi kichik guruh.
Psixika – yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi bo‘lib, uning
mohiyati tuyg‘ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko‘rinishida aks ettirishdan iborat.
Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik maxsult va natijalarni (psixik obrazlar, xolatlar,
tushunchalar, xissiyot va x.k.) xosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon.
Psixologiya – odamning ob’ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‘u-hissiyot va boshqa
psixik xolatlar orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fan.
Do'stlaringiz bilan baham: