III.MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni
Tinglovchilarning mustaqil ishi o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan ma’lumotlarni axborot
texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalangan xolda yig‘ish, olingan ma’lumotlarni
mustaqil ravishda ishlab chiqish, tahlil qilish va amaliyotda qo‘llay olishdan iborat bo‘lib, uning
shakllari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Mustaqil ishga mo‘ljallangan mavzular quyida
keltiriritilgan.
Tinglovchilarning mustaqil ishiga shuningdek, bitiruv malakaviy ishlarini bajarilishi borasida
olib boradigan faoliyati ham kiradi. Mustaqil ishni bajarish natijalari baholanadi. Uyga vazifalarni
bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli
ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib
ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, mustaqil ravishda ilmiy manbalardan
foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar tinglovchilarning mashg‘ulotlarda olgan
bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Fan buyicha mustaqil ish auditoriya va auditoriyadan tashqari o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |