Nazorat savollari:
|
1.
|
Zilzila kuchini baholash uchun necha ballik shkala qabul qilingan?
|
2.
|
FVlar da sodir boʻladigan falokat turlarini tushuntirib bering?
|
3.
|
Zilzila oqibatlarini aytib bering?
|
ISHI №17
«SHAXSIY HIMOYA VOSITALARI BILAN TANISHISH»
Umumiy koʻrsatmalar.
Individual himoya vositalari bilan tanishish.
Protivogazdan toʻgʻri foydalanish, uni toʻgʻri taqish, maskani toʻg‘ri tanlashni oʻrganish.
Ishning mazmuni
Protivagazdan foydalanish va uni tuzilishini oʻrganish.
Shlem – maskani razmerini aniqlash
Protivagazni germetikligini tekshirish
Protivagazni koʻllanilish oʻrinlarini oʻrgatish.
Ish bajarish uchun zarur ma’lumot va koʻrsatmalar.
Individual himoya vositalari (maxsus kiyim, maxsus oyok kiyim, kuzoynak, respiratorlar, protivagaz, shlemofonlar, dielektrik izolyatsiya vositalari, shuningdek turli xil himoya pastalari va surmalari) badanni, bosh, qoʻl – oyoqlarni, nafas olish, eshitish, koʻrish organilarini jaroxatlardan, zaxarlanish, kasb – korga xos zararli moddalardan himoya vositasida koʻllaniladi.
Maxsus kiyim, maxsus poyafzal va himoya vositalarini bepul tarqatish me’yorlari UZ Resp markaziy kasaba uyushmasi va Vazirlar Mahkamasining ish va ish xaqqi masalalari bo‘yicha Davlat komiteti tomonidan tasdiqlangan va xar bir tarmoq uchun alohida ishlab chiqilgan. Korxona va tashkilotlardagi maxsus kiyimlar turli xil bulib, mexnat sharoitlariga va zararli moda turiga bogʻliq. Maxsus kiyimlar umumiy himoyaga (fartuklar, kombinezonlar, xalatlar) va maxalliy himoyaga (qovl, kovz va boshqalar) xizmat qilishi mumkin.
Maxsus kiyim yengil, qulay boʻlishi kerak. Ishchilarning xarakatini cheklashi kerak emas, badanning issiqlik almashinuvini buzmasligi kerak va shuningdek, uning mexanik, kimyoviy issiqlik va boshqa zararli va xavfli ta’sirlardan saqlashi kerak.
Mashina va stanoklarning aylanuvchi qismlari kiyimlarni ilib olmasligi uchun maxsus kiyimlar pishiq matolardan toʻqilishi kerak, oʻta keng va osilib turuvchi uchlariga ega boʻlmasligi kerak.
Issiq sexlarda ishlovchi ishchilarning maxsus kiyimlari tor boʻlmasligi va yengil koʻylak va shimdan iborat boʻlishi kerak, bu odam organizmi issiqlik va havo almashinuvini bir me’yorda ushlab turadi.
Koʻp chang ajraladigan joylarda ishlovchi ishchilarning kiyimi chang oʻtkazmaydigan matodan toʻqilgan kambinezondan iborat boʻlishi kerak.
Ishqorli va oʻyuvchi moddalar bilan ishlaganda qoʻllaniladigan maxsus kiyim tarkibida plyonka va rezina fartuklar boʻlishi shart.
Maxsus kiyimga mato tanlashda ish sharoiti va kasb – koriga xos xavfning hisobga olish zarur. Masalan, qizigan moddalardan va choʻgʻdan himoya qilish uchun issiq bardosh mato, brezentdan qoʻllaniladi. Issiq sexlarda nurlanishdan himoya qilish maqsadida trikotaj setkalardan, metallashtirilgan matolardan foydalaniladi. Kislotalardan himoya qilish uchun maxsus kislota ta’siriga chidamli matodan polivinilli matolar qoʻllaniladi. Ishqor ta’siridan saqlash uchun xlorvinilli yoki nitroniazalin rezinadan foydalaniladi. Namdan polimer oʻsimlik yog‘iga toʻyingan paxta mato saqlasa, kuyishdan asbestning, silikatga qarshi matolar saqlaydi.
Sochlarni changdan, mexanizmlardan, val va roliklardan himoya qilish uchun qalpoq va kosinkalar ishlatiladi. Qurilish ishlarida boshni ogʻir tushayotgan narsalardan himoya qilish uchun venilplastli fibron, dyural kaskalar qullaniladi.
Qoʻllarni kimyoviy moddalar ta’siridan saqlash uchun rezina, jun va sintetik qoʻlqoplar, shuningdek, maxsus moylar ishlatiladi. Issiq metallar bilan ishlayotgan maxsus asbestli qoʻlqoplar, elektr toki bilan ishlashga dielektrik rezinalardan tayyorlangan qoʻlqoplardan foydalaniladi.
Maxsus poyafzal issiq sexlarda charmdan tayyorlangan va silliq boʻlishi kerak. Bog‘ichli botinkalar man etiladi. Kislota va ishqorlar ishlatiladigan sexlarda rezina etiklar kiyiladi. Elektr tokidan himoya qilish uchun maxsus dielektrik poyafzal ishlatiladi, tebranish yuqori boʻlgan sexlarda tagligi mikrogovak rezinalardan (tayyorlangan) payafzal ishlatiladi. Koʻzlarni mexanik, kimyoviy, nur ta’siridan saqlash uchun maxsus koʻzoynaklar ishlatiladi. Odatda uning oynalari sinmaydigan shishalardan stalinistdan tayyorlanadi. Koʻzoynaklar qulay, yengil bovlishi kerak. Elketrosvarkada maska va shitlar ishlatiladi. Himoya koʻzoynaklari oynalari turiga qarab 3 xil boʻladi: koʻzlarni yirik boʻlaklardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan uch qavatli, rangsiz shishadan tayyorlangan koʻzoynaklar (shifr – 012 - TR) ikkinchi va uchinchi koʻzlarni ultrabinafsha va infraqizil nurlar ta’siridan saqlash uchun foydalaniladigan SS – 14 va TS – 3 markali yorugʻ koʻzoynaklar ishlatiladi.
1 rasmda individual himoya vositalari foto suratlari keltirilgan.
1. Rasm. Individual himoya vositalari kaskalar, protivogaz, maska, maxsus kiyim.
Eshitish organlari himoyasi uchun shlemofon va aktifonlar qoʻllaniladi. Ular tashqi va ichki boʻlishi mumkin. Ichki himoya vositalari zbonit, mumik, loka va boshkalardan tayyorlanishi mumkin. Oʻrtacha chastotalar uchun himoya qobiliyati 28 – 30 dB boʻlishi kerak. Sanoatda VSNIIST – 2 shovqinga qarshi kaska kiyiladi. U ishchilarni mexanik ta’sirlardan, elektr toki ta’siridan va 120 Db boʻlgan yuqori chastotali shovqinlardan saqlaydi. Kaska tekstolik va venilplastdan tayyorlanadi va ichidan VSNIIST – 2 shovqinga qarshi naushnik oʻrnatiladi.
Antifonlar meditsina rezinasidan tayyorlanadi va uni serdechniki (yurakchasi) rezina qalpoqdan iborat. Ishlatishdan oldin rezina qalpoqchasi issiq suv bilan yuvilishi kerak. Bularning effektligi 3 – 5 Dbga teng.
Nafas olish organilarini zararli bug‘lar, gazlar, changlardan himoya qilish uchun maxsus filtrlardan va izolyatsiyalovchi qoʻllanmalar ishlatiladi. Sanoat protivogazlari ma’lum bir moddadan (simob, ammiak) himoya kiladi, shuning uchun ularning qutilari turli rangda boʻladi (1 jadvalda keltirilgan).
Filtrlovchi protivagazlarning tarkibida 16 hajm erkin kislorod va 0,45 hajm zararli modda bor. Atmosferada ishlatish mumkin.
1. Jadval
Protivogaz qutilarining ranglari
Quti markasi
|
Qutining rangi
|
Qoʻllanishi
|
kon – ya mg/l
|
himoya vaqti
|
A
|
jigarrang
|
organik bug‘lardan (benzin, kerosin, aseton, N2S) va galloidlar himoya vositalar
|
25
|
120
|
V
|
sariq
|
kilota, xlor, azot oksidlari, xlorovodorodlardan himoya qilish uchun.
|
10
|
30
|
G
|
sariq – qora
|
simob bug‘laridan himoya qilish uchun
|
tuyingan bug‘lar 2,3
|
60
|
KD
|
kulrang
|
ammiak va vodorod sulfididan himoya qilish uchun
|
4,6
|
40
|
Ish prinsipiga koʻra respiratorlar klapanli va klapansizdir. Klapanlar nafas olayotgan va chiqarilayotgan havoni boʻlish uchun ishlatiladi. Bosh, boʻyin va yuz himoyasi uchun qoʻllaniladigan respiratorlar kapyushon yoki shlemdan iborat boʻladi. Ularga turli xil materialdan tayyorlangan (maxsus karton qog‘oz, momiq) filtrlar biriktiriladi. Changdan effektiv himoya qilish uchun TRB – 5, RPP – 57, F – 45, RN – 21 markali respiratorlar qoʻllaniladi. Filtrlarni doim tozalab turish kerak. Statistika shuni ta’kidlaydiki, kasb kasalliklarining 50 % teri kasalliklaridir (dermotit, ekzema va hokazo).
Himoya pastalari (maxsus moylar) bu kasalliklarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Pastalar (maxsus moylar) zararli moda ta’siriga uchraydigan teri qismiga surilib, ishdan keyin yuvib tashlanadi. Himoya pastalari qoʻllanilishi bo‘yicha 2 guruhga boʻlinadi:
Yog‘ – moylar, erituvchilar, laklar, kraskalar, neft mahsulotlari, turli xil uglevodlar va organik pastalar. Fizik – kimyoviy ko‘rsatkichlariga koʻra ular gidrofil moddalar boʻlib, suvda eriydi. Bu guruhga XChOT -6 pastasi, prof. seliskiy mazi, IER – 1 «mikolan» pastalari kiradi;
- elektrolitlar, suv moy eritmalaridan, kislota va ishqorlarning suvli eritmasidan saqlash uchun ishlatiladigan gidrofob moddalar kiradi. Bu guruhga LIST – ITM, IER – 2, sinksteorat mazlar kiradi.
Protivogazni tuzilishi.
Protivogaz quti, yuz qismi, gilof va gafr trubkadan iborat. Protivogazni filtrlovchi qutichasi havoni zararli moddalardan tozalash uchun ishlatiladi. Qutining og‘zi rezinali qalpoqcha bilan berkitiladi. Sanoat protivagazini yuza qismi zazarli moddalar bilan ishlovchi odamning bosh va koʻzlarini yaxshi himoya qiladi. Protivagazning yuza qismi quyidagilardan iborat:
- rezina, shlem, maska
- koʻzoynaklar
- nafas olish va chiqarishning klapan sistemasi
- gofr trubkasi
Gofr trubka protivagazni yuza qismini protivagazning qutisi bilan birlashtiradi. Protivagaz g‘ilof protivagazni saqlash va tashish uchun mo‘ljallangan. 2 – rasmda filtrlovchi sanoat protivagazi koʻrsatilgan.
2 rasm filtrlovchi protivagaz keltirigan.
Ish bajarish tartibi.
Maskani tanlash, protivagazni yigish.
Protivagazni shlem – maskasi beshta razmerdan chiqariladi, ya’ni 0,1,2,3,4,5. bu razmerlar shlem – maskada beriladi. Shlem – maskani oʻzini oʻlchamini topish uchun santimetr lenta bilan bosh ikki marta oʻlchaniladi. Birinchi oʻlchamda jag‘, yuz va boshning eng yuqori nuqtasidan oʻtgan chiziq santimetr lenta bilan oʻlchanadi. Ikkinchi oʻlchamda bir quloqdan ikkinchi quloqgacha boʻlgan masofa qoshlarning ustidan oʻlchanadi. Ikkala oʻlcham natijalari yig‘indisidan jadvaldan foydalanib, shlem – maskani kerakli ulchami topiladi. 2 -jadvalda protivagazlarni oʻlchamlari keltirilgan.
2 jadval
Shlem – maskani o‘lchovlari
-
O‘lchovlarni jami, sm
|
Shlem – maskani o‘lchovi
|
90 sm gacha
|
0
|
90 dan 95 sm gacha
|
1
|
95 dan 99 sm gacha
|
2
|
99 dan 103 sm gacha
|
3
|
103 dan oshigi
|
4
|
Yangi shlem – maskani ishlatishdan oldin ichki qismini artib tashlash kerak. Oldin ishlatilgan shlem – maskani dezinfeksiya maqsadida etil spirtida, 2%li formalik eritmasida artib tashlash zarur yoki sovun bilan yuvib quritish zarur.
Protivagazni yig‘ishdan oldin qutisining og‘zidan (SO va M markalar uchun qopqog‘ining og‘zida)
Chap qoʻlga shlem – maska olinib oʻng qoʻl bilan gofr trubka vintili gayka yordamida berkitiladi. Soʻngra oʻng qulga qoʻti olinib (patsga qaratilgan shlem – maska va gofr trubka chap qoʻlda qoladi), oxirigacha gofr trubkaning uchi bilan berkitiladi. Protivagazni ishlatishdan oldin uni quyidagi tartibda tekshirib olish zurur:
- shlem – maskani koʻzoynaklari xolati tekshiriladi, yirtilgan shlem – maskadan foydalanish taqiqlanadi;
- klapan qutisini tekshirish, klapanning chiqish yullarini ifloslanganligini tozalash zarur;
- gofr trubkani tekshirish zarur (unda teshiklar bulmasligi kerak);
- protivagaz g‘ilofini tekshirish;
-nosoz protivagazdan foydalanish taqiqlanadi.
Protivagazning germetikligini tekshirish uchun qutisini tagiga rezina qopqoq kiygizilib, shlem – maska kiyiladi va 3 – 4 marta chuqur nafas olinadi. Agar bunda nafas olishning iloji bulmasa, demak protivagaz germetikdir. Agar bunda havo chiqsa protivagaz nosoz boʻlib, undan foydalanish man etiladi. Nosozlikni aniqlash uchun protivogazni qismlarga ajratib tekshirish zarur. Shlem – maskani tekshirish, oʻng qoʻl bilan klapan qutisi ostidan gofr trubka maxkam qisiladi va 3 – 4 marta nafas olinadi. Nafas olishning iloji boʻlmasa demak shlem – maska soz va toʻgʻri tanlangan.
Gofr trubkani tekshirish, protivagaz qutisining ogʻzi oldidangofr turka qisiladi va 3 – 4 marta nafas olinadi. Nafas olishning ilojisi boʻlmasa, gofr trubka soz.
Protivagaz qutisini tekshirish, quti tagini rezina qopqoq yoki qoʻl bilan berkitiladi va 3 – 4 marta nafas olinadi. Agar nafas olishni ilojisi boʻlmasa, quti soz.
Protivagazni sozligi tekshirilgandan soʻng yigʻilib qopqoqqa solinadi. Shlem – maskani shunday tanlash kerakki, koʻzoynaklar berkitish kerak va gofr trubka ustidan qoʻyiladi.
Protivagaz gilofi ung yelkadan utkazilib, chap yonboshda joylanadi.
Protivagazni himoya vaqti quyidagilar bilan belgilanadi.
- zararli moddaning sal xidi sezilsa
- belgilangan vaqti bo‘yicha
- qutining vazni bo‘yicha
Nazorat uchun savollar:
Himoya vositalari deb nimaga aytiladi?
Eshitish organlarining himoya vositalaridan qaysilarini bilasiz?
Protivogazning tuzilishi va ish prinsipi.
Protivogazning ishga sozligi qanday tekshiriladi?
MUNDARIJA
Do'stlaringiz bilan baham: |