G„alabadan so„ng
Ben & Gerry kompaniyasi faoliyati muvaffaqiyatli rivojlandi. Distribyutorlar kanallari
yanada kengaydi, firmaning muzqaymoqlari supermarketlar, baqqollar do‗konlari, oziq-ovqat
mahsulotlari etkazib berish tarmog‗i, shuningdek, kompaniyaning litsenziyaga ega yoki
franchayzing do‗konlari tarmog‗i orqali sotila boshlandi. 1992 yilga kelib kompaniyaning tovar
aylanmasi 130 mln. dollarga etdi va u jahon bozoriga chiqishga tayyor edi.
Bozorning oliy sifatli muzqaymoq sektoriga yangi jihatlari bilan ajralib turuvchi
mahsulotlar chiqarildi. Masalan, turli qo‗shimchalar solingan muzqaymoqlarning yangi navlari
bilan birga bozorda muzlatilgan shirinliklar (―kremli yangiliklar‖, muzlatilgan yogurtlar) paydo
bo‗ldi.
Ben & Gerry nomi va sifat bilan bog‗liq yuqori obro‗ kompaniyaga bozorda
mavaffaqiyat keltirdi. Kompaniya asoschilari say‘-harakati tufayli tashkiliy madaniyat va
kompaniya vazifalari belgilab olindi. Kompaniyaning biznesga yondashishini belgilab beruvchi
ikkita muhim hujjat ishlab chiqildi.
1988 yil kompaniya: ―Biz o‗zaro barqarorliknig yangi korporativ tamoyillarini yaratib,
hayotga tadbiq etmoqchimiz‖,-deb e‘lon qildi. Bu tamoyil kompaniyaning asosiy maqsadlarini
belgilab beruvchi Filantropiya to‗g‗risida (Phylantropy Statement) va Dastur to‗g‗risida (Mission
Statement) taqrizlarda qayd etilgan.
Filantropiya to„g„risida taqriz
Ben & Gerry kompaniyasi o‗zining 7,5 % daromadini (soliq solinishidan oldingi)
quyidagicha taqsimlaydi: kompaniya jamg‗armasiga; Vermontdagi Community Action Teams
xodimlariga; ijtimoiy rivojlantirish bo‗limi bolig‗i t‘sis etgan korporativ grantlarga. Biz ijtimoiy
o‗zgarishlarga yo‗naltirilgan loyihalarni; muammolarni hal qilishda ijodiy yondashuvni namoyon
qiluvchi loyihalarni qo‗llab quvvatlaymiz. Kompaniya jamg‗armasini 8 kishidan iborat kengash
boshqaradi. Kengash kam ta‘minlangan oilalardagi bolalarga tegishli, atrof muhit bilan bog‗liq
masalar bilan shug‗ullanadi.
Dastur
Ben & Gerry kompaniyasi o‗zaro barqarorlikning yangi korporativ tamoyillarini ishlab
chiqib, uni hayotga tadbiq etadi. Bizning vazifamiz uch ta o‗zaro bog‗liq maqsadga erishishdan
iborat:
-
mahalliy sut mahsulotlaridan oliy sifatli muzqaymoy va ko‗proq miqdorda
qo‗imchalarga boy mahsulot ishlab chiqarish, tarqatish va sotish;
-
kompaniyani birinchi darajali vazifalarimizni bajarish maqsadida boshqarish:
daromadning o‗sishi uchun mustahkam moliyaviy asos yaratish, aksionerlarimizning
farovonligini oshirish, kompaniya xodimlari yuqori mansablarga erishishi va ularni iqtisodiy
rag‗batlantirish uchun imkoniyatlar yaratish;
-
biznesning jamiyatdagi rolini hisobga olib, jamiyatning keng tabaqalarini
mahalliy va xalqaro miqiyosda hayot darajasini oshirgan holda kompaniyani boshqarish.
Ben & Gerry kompaniyasi o‗zlari mansub bo‗lgan, kompaniya ichidagi hamda undan
tashqaridagi jamiyatlarga o‗zining hurmatini bildirgan holda, yuqoridagi vazifalarga amalga
oshirishning yangi ijodiy yo‗llarini izlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |