KOʻNIKMA
KOʻNIKMA — insonning ilgarigi tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobiliyati. Koʻnikmalar amaliy faoliyatga, bilimlarni amalda qoʻllay bilishga oid faoliyatning tarkibiy qismidir. Koʻnikma faoliyatning maqsadi va sharoitlariga mutanosib ravishda harakatni muvaffaqiyatli bajarish usullaridir. U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat (malaka)ning negizi hisoblanadi. Koʻnikma mazmunan amaliy (jismoniy) va aqliy, shaklan oddiy va murakkab turlarga ajratiladi. Amaliy Koʻnikmalar mehnat faoliyatini amalga oshirishga, aqliy K. lar bilim olishga, uni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan boʻladi. Koʻnikmalarni bilim bilan adashtirmaslik lozim, chunki bilimlar voqelik toʻgʻri aks ettirilgan hukm (mulohaza)larda ifodalanadi. Koʻnikmalar esa koʻproq aqliy va jismoniy harakatlarda mujassamlashadi.
33. Magistratura o’qitish tizimi deganda nimani tushunasiz.
Magistratura - aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim hisoblanadi. “Magistr” darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining yakunlovchi bosqichidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
34. Ta’limdailmorqalibilimolishdegandanimanitushunasiz?
Ilm (arab.):
Oʻqish, oʻrganish hamda xayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va malakalar majmui;
Ilm arabcha so'z bo'lib o'qish, o'rganish, bilim degan manoni anglatadi.!!!
Bilim — kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar; voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga (qoidalarga) zid kelmasa bunday ishonch. hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz B. darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni B. darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmasliqdan bilishga, mavhum B.lardan mukammal va aniq B.lar hosil qilish tomon boradi. Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi B.i nisbiydir, u doimo rivojlanib boradi. B. kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. B.larni tadqiqetuvchi taʼlimot — epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy — kundalik (sogʻlom akl) va ilmiy B. shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda B.larning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari B.larga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va shahrik. sohalarga oid B.lar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan B.lar ekzoterik (koʻzga tashlanuvchan) B.lar deb atalsa, astrologiya, va shahrik. sohalarga oid B.lar ezoterik (pinhoniy) B.lar deyiladi. Ekzoterik B.lar ilm-fan qoidalariga zid kelmaydigan boʻlsa, ezoterik
35.O’zbekistonRespublikasidata’limsohasidagiislohotlarningasosiymaqsadi haqida fikr bildiring.
36. Dissertatsiyaning tarkibiy qismi necha qismdan iborat?.
Dissertatsiya yozishga kirishishdan oldin, keng tarqalgan fikrga zid ravishda, uni boshidan, ya’ni kirish qismidan yozish kerak emas, Dissertatsiyaning eng ma’suliyatli qismi bo‘lib unda, xuddi shaffof ko‘zgudagi kabi, uning eng yaxshi jihatlari, yangilik elementlari aks etishi kerak. Bularning barchasi ishning eng oxirgi bosqichida tanlangan mavzu to‘liq anglab yetilganda batamom aniq bo‘ladi, Matnning asosiy qismidan boshlagan ma’qul, uning eng optimal variantiga erishish, so‘ngra esa kirish va xulosa qismlarini yozgan ma’qul.
Dissertatsiyaning asosiy qismi uning to‘liq hajmining 70% dan kam bo‘lmagan qismini tashkil etishi kerak. U bayonning mantiqiy strukturasidan kelib chiqib boblar va paragraflarga bo‘linadi. Nomzodlik dissertatsiyasida 3 yoki 4 bob, doktorlik ishida esa 4 va undan ortiq bob bo‘lishi mumkin. Har bir bob 2 va undan ortiq paragrafga ega bo‘ladi. Boblar hajm jihatdan bir xil bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Dissertatsiyaning mantiqiy strukturasi darrov ayon bo‘lib qolmaydi. U batamom aniq bo‘lishi uchun siz uni himoyaga olib chiqilayotgan holatlarning batafsil isboti ko‘rinishida qurilgan mantiqiy butunlik sifatida fikran maketlashtirishingiz kerak. Avval bunday "maket”ni reja shaklida, har bir paragrafini to‘g‘ri nomlab, to‘g‘ri joylashtirib ishlab chiqish lozim. Ishni boblar va paragraflarga bo‘lish mavzuni yoritish mantiqiga xizmat qilishi kerak. Shuning uchun, bir tomondan, rejaga mavzu doirasidan chiqib ketadigan yoki u bilan bilvosita bog‘langan strukturaviy birliklarni kiritmaslik kerak, ikkinchi tomondan esa, punktlar mavzuni to‘liq yoritishi kerak. Dissertatsiya rejasi- bayonning mantiqiy skleti bo‘lib, unda hamma narsa joy-joyida bo‘lishi kerak.
Dissertatsiya boblari – matnning asosiy strukturaviy birliklaridir. Ularning har birining nomini shunday shakllantirish kerakki, u mazmun hajmi jihatdan mavzudan kengroq yoki teng bo‘lmasligi kerak, chunki bob mavzuning aspektlaridan biri xolos va uning nomi ushbu tobelikni aks etishi kerak.
Reja tuzib bo‘lgach, matnning qoralamasini yozishga kirishish mumkin. Katta hajmli ishni yozayotganda uni yaxshisi kichikroq qismlarga bo‘lib yozgan ma’qul, bunda har bir qism dissertatsiyaning umumiy intellektual fabulasiga mos kelishi kerak.
Dissertatsiya ishi kompozitsiyasining muayyan standarti mavjud emas, albatta. Har bir tadqiqotchi ilmiy materiallarni tashkil etish tartibini o‘zi tanlaydi. Biroq dissretatsion asarning kompozitsion strukturasiga muayyan umumiy talablar ishlab chiqilgan. Dissertatsiya quyidagi elementlarga ega bo‘lishi kerak:
Titul varag‘i
Mundarija
Kirish
Asosiy qism boblari
Xulosa
Bibliografik ro‘yxat
Ilova
Yordamchi ko‘rsatkichlar
37. O’qitishmetodlarinitanlashnimalargabog’liq bo’ladi?
38. Mustaqilishlarningturlarini sanab bering?
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan–semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga o‘rganib borishi kerak.
Talabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga bo‘ysundirilganki, semestr davomida o‘quv jarayoni to‘laligicha talabalar tomonidan faol, ongli, puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o‘zlashtirish va ularda iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu vazifalar ta’lim jarayoni va shaxsni shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib hal qilinishi mumkin emas. Quyida ularning mazmuniga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy hamda qo‘shimcha adabiyotlar va axborot manbalari ko‘rsatilishi lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv adabiyotlaridan foydalanib, ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa, kerakli adabiyotlarni topa olmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) fanning professor-o‘qituvchisidan maslahatlar oladilar. Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha tayyorlangan matn professor-o‘qituvchiga himoya qilish orqali topshiriladi.
Referat tayyorlash – mazkur fan bo‘yicha o‘tiladigan seminar mashg‘ulotidagi chiqishga qaraganda mazmun va sifat jihatdan yuqori bo‘lib, shubhasiz katta foyda keltiradi. Talaba auditoriya oldida referatda bayon qilingan qoidalarni himoya qilishga, yoqlashga tayyorlanishi kerak, qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini tashkil etish va boshqarishni o‘rganishda bu muhim ahamiyatga ega.
Referat - bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur shakl talaba tomonidan referat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan rejalashtirish, referatni tayyorlash va muhokama qilishning barcha bosqichlarida fan bo‘yicha mashg‘ulot olib boruvchi kafedra professor-o‘qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va maslahati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu erda professor-o‘qituvchi tomonidan talabalarning referat ishlariga rahbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali amalga oshirilganligi va referatlarga talablar mezoni qanchalik to‘g‘ri qo‘yilganligi albatta, hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Topshiriq talabalarning referat yozish ko‘nikmalarini, ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini hisobga olgan holda berilishi juda muhim.
39. “Innovatsiya” iborasiga to’g’ri ta’rif bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |