bilet bakteriyalar va ko‘k-yashil suv o‘tlarning tuzilishi, ahamiyati va xilmaxilligi haqida ma’lumot bering. Postembrional rivojlanish xillarini va assidiya metamorfozini tushuntiring. Katta yoshdagi odam organizmi tomirlarida litr qon



Download 1,5 Mb.
bet24/45
Sana31.05.2022
Hajmi1,5 Mb.
#622469
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45
Bog'liq
9-sinf imtihon javoblari biologiya

1-SAVOLGA JAVOB.
Tarkibida xlorofill pigmenti bo‘lmagan ayrim bakteriyalar ham organik birikmalarni hosil qilish qobiliyatiga ega. Ular anorganik moddalarning kimyoviy reaksiyasi tufayli hosil bo‘lgan energiyadan foydalanadi. Kimyoviy reaksiyalar energiyasini hosil bo‘layotgan organik birikmalarning kimyoviy energiyasiga aylantirish xemosintezdeb ataladi. Bularga bir qator mikroorganizmlar: ammiak ni azot kislotaga aylantiruvchi nitrifikator bakteriyalar; ikki valentli temirni uch valentli temirga aylantiruvchi temir bakteriyalari; vodorod sulfidni sulfat kislotaga aylantiruvchi oltingugurt bakteriyalarini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Atmosferadagi azotni o‘zlashtiradigan ayrim erimaydigan mine rallarni o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladigan shakllariga aylantiradigan xemo sintetik bakteriyalar tabiatda moddalarning aylanishida muhim ahamiyatga ega. Energiya vodorod, vodorod sulfid, oltingugurt, temir, ammiak, nitrit va boshqa anorganik birikmalarning oksidlanishidan ajralib chiqishi mumkin. Xemosintezni amalga oshiradigan mikroorganizmlardan azot to‘plovchi va nitrifikatsiyalovchi bakteriyalar eng muhimi hisoblanadi. ular uchun ammiakni nitrat kislotagacha oksidlanish reaksiyasi energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa guruhi nitrit kislotani oksidlab nitrat kislotaga aylanish reaksiyasidan ajralib chiqadigan energiyadan foydalanadi. Yuqorida aytib o‘tilgan mikroorganizmlar, ayniqsa, azot to‘plovchi bakteriyalarning roli juda katta. ular hosildorlikni oshirish uchun muhim ahamiyatga ega, chunki havoda bo‘ladigan va o‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan azot ana shu bakteriyalarning hayot faoliyati natijasida o‘simliklar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladigan azot birikmalariga aylantirib beriladi.
2-savolga javob:
Irsiyat qonunlarini tahlil qilishni Mendel monoduragaychatishtirishdan — irsiy jihatdan bir juft belgisi bilan farq qiladigan ota­ona organizmlarni chatishtirishdan boshladi. Doni sariq va yashil no‘xat o‘simliklari chatishtirilsa, shu chatishtirish natijasida olinadigan birinchi avlod duragaylarning hammasida doni sariq
bo‘ladi. Qarama­qarshi belgi (donlarning yashilligi) go‘yo yo‘qolib ketadi. Shuningdek, doni silliq va burishgan o‘simliklar o‘zaro chatishtirilganda birinchi avlod (F1) silliq donli bo‘lgan, qizil va oq gulli no‘xatlarni o‘zaro chatishtirilganda F1(birinchi bo‘g‘in) qizil gulli bo‘lgan. Mendelning birinchi avlod duragaylarining bir xilligi mana shunday namoyon bo‘ladi. Donlarning sariq rangidan iborat belgi (yashil rang) yuzaga chiqishiga go‘yo yo‘l qo‘ymaydi va F1duragaylarning hammasi sariq (bir xil) bo‘lib qoladi. Belgining ustun turishi dominantlik, ustun turadigan belgi dominant belgi deb ataladi. Mendelning birinchi qonuni — dominantlik qonuni yoki birinchi bo‘g‘inda bir xillilik qonuni deb ataladi. Mendelning birinchi qonunini quyidagicha izohlash mumkin: agar bir juft belgisi bilan farq qiladigan gomozigota organizmlar o‘zaro chatishtirilsa, F1 duragaylar ota­ona organizmlarning bitta belgisiga ega bo‘lib, barchasi fenotip va genotip jihatdan bir xil bo‘ladi. Mendelning ikkinchi (belgilarni ajralish) qonuni. Agar geterozigota holatdagi F1bo‘g‘inlar o‘zaro chatishtirilsa, ikkinchi bo‘g‘in (F2)da ajralish hodisasi kuzatiladi: o‘zida ota­onalaridan ikkalasining belgilari bor o‘simliklar ma’lum son nisbatlarida paydo bo‘ladi. Olingan duragaylarning 3/4
qismi dominant belgiga, 1/4 qismi retsessiv belgiga ega bo‘ladi. Geterozigota organizmlarni chatishtirish natijasida olingan avlodlarning ma’lum qismi dominant belgilarni, boshqa qismi esa retsessiv belgilarni namoyon qiladi. Bu jarayon belgilarning ajralishi deb ataladi. Shunday qilib Mendelning ikkinchi qonuni, ajralish qonuni bo‘lib, uni quyidagicha izohlash mumkin: geterozigota holatdagi ikkita F1 bo‘g‘inni o‘zaro chatishtirish natijasi ikkinchi bo‘g‘in (F2) da quyidagicha nisbatda ajralish kuzatiladi, fenotip bo‘yicha 3:1, genotip bo‘yicha 1:2:1.

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish