3-savolga javob;
Ko‘k-yashil suv o‘tini mikroskopda ko‘rish
1. Akvarium devori yoki boshqa ko‘lmak suv tubidagi suv o‘tlari hosil qilgan yupqa pardani nina yordamida oling.
2. Undan preparat tayyorlab mikroskopning avval kichik, so‘ngra katta obyektivlarida kuzating.
3. Yupqa parda ingichka ko‘p hujayrali iplardan tashkil topganiga e’tibor bering.
4.Ipchalar ko‘k-yashil rangda bo‘lib ularning tebranayotganligini kichik va katta obyektivlarda kuzating.
5. Katta obyektivda har bir ipcha bir xildagi mayda yadrosiz va xloroplastsiz hujayralardan tuzilganligiga e’tibor bering.
6.Hujayraning o‘rta qismi rangsiz va chekkalari esa pigmentlardan iborat biroz to‘qroq rangda ekanligini kuzating.
14-BILET 1. Avtotrof va geterotrof oziqlanuvchi organizmlarga ta’rif bering.
2. Energiya almashinuvi va uning bosqichlarini tushuntirib bering.
3. Tana massasi 70 kg bo‘lgan odamning bir kunlik qabul qilgan oziq moddalarining parchalanishidan hosil bo‘lgan energiya miqdori 3000 kkal ni tashkil etsa, shu odamning asosiy moddalar almashinuvi uchun ketgan kkal energiya necha % ni tashkil etadi?
3-savolga javob:
70 kg odamning asosiy moddalar almashinuvi uchun ketgan energiyasi 1680 kkal
3000-1680=1320 kkal
3000_________100%
1320_________x = 44%
2-savolga javob:
Energiya almashinuvi odatda uch bosqichga bo‘linadi. Birinchi tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, unda murakkab uglevodlar, yog‘lar, oqsillar — glukoza, glitserin va yog‘ kislotalari, aminokislotalarga;
nuklein kislotalarning katta molekulalari esa nukleotidlarga parchalanadi. Bu reaksiyalarda kam miqdorda energiya ajraladi va ular issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi. Ikkinchi bosqich — to‘liqsiz yoki kislorodsiz parchalanish bo‘lib, hujayra sitoplazmasida amalga oshiriladi. U anaerob nafas olish (glikoliz) yoki achish deb ham yuritiladi. «Achish» atamasi odatda o‘simlik yoki mikroorganizmlar-ning hujayralarida kechadigan jarayonlarga nisbatan qo‘llaniladi. Bu bosqichda moddalarning fermentlar ishtirokida parchalanishi yana davom etadi. Masalan, mushaklarda anaerob nafas olish tufayli glukoza molekulasi 2 molekula sut kislotasigacha parchalanadi. Glukozaning parchalanish reaksiyalarida fosfat
kislota va ADF ishtirok etib, ulardan parchalanish natijasida ajralgan ener giya hisobiga ATF molekulalari hosil bo‘ladi. Glukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha parchalanishi tufayli ajralib chiqayotgan energiyaning 40%i ATF tarkibida to‘planadi, qolgani esa issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi.Energiya almashinuvining uchinchi bosqichi — aerob nafas olish yoki kislorodli parchalanishdeb ataladi. Energiya almashinuvining bu bosqichi fermentlar yordamida tezlashtiriladi. Hujayrada oldingi bosqichda hosil bo‘lgan moddalar kislorod ishtirokida oxirgi mahsulotlar — CO2 va H2O gacha parchalanadi. Kislorodli nafas olish jarayonida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi va ular ATF molekulalarida to‘planadi. Ikki molekula sut kislotani kislorodli sharoitda to‘liq parchalanishida 36 molekula ATF hosil bo‘ladi. Demak, hujayrani energiya bilan ta’minlashda aerob nafas olish asosiy vazifani bajaradi.