3-savolga javob:
Yechimi:
Biomolekulalarga oqsil, yog‘, uglevod va nuklein kislotalar mansub bo‘lib, biopolimerlarga esa oqsil, uglevod, nuklein kislotalar kiradi. Nuklein kislotalar parchalangan energiya hosil bo‘lmaydi.
Biomolekulalar energiyasi
Oqsil: 100 x 4,1 = 410 kkal
100 x 17,6 = 1760 kJ
Yog`: 95 x 9,3 = 883,5 kkal
95 x 38,9 = 3695,5 kJ
Uglevod: 400 x 4,1 = 1640 kkal
400 x 17,6 = 7040 kJ
Σ (kkal) = 410+883,5+1640=2933,5
Σ (kJ) = 1760+3695,5+7040=12495,5
|
Biopolimerlar energiyasi
Oqsil: 100 x 4,1 = 410 kkal
100 x 17,6 = 1760 kJ
Uglevod: 400 x 4,1 = 1640 kkal
400 x 17,6 = 7040 kJ
Σ (kkal) = 410+1640=2050
Σ (kJ) = 1760+7040= 8800
(Nuklein kislotalardan energiya hosil bo‘lmaydi)
|
1-savolga javob:
Lishayniklar tirik organizmlarning o‘ziga xos guruhi bo‘lib, zamburug‘lar va suv o‘tlarning simbioz hayot kechirishidan yuzaga kelgan o‘simliklardir.Lishayniklarning 26 000 ga yaqin turi ma’lum. Lishayniklarning tanasi, rangi va shakli har xil. Lishayniklar sporalar yordami bilan shuningdek vegitativ yo‘l bilan ko‘payadigan avtotrof organizmlardir. Vegetativ ko‘payish lishaynik tallomida hosil bo‘ladigan o‘simtalar va ularning qulay sharoitga tu shib rivojlanishi bilan boradi. Lishayniklar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra uchta turga bo‘linadi.1. Yopishqoq; 2. Bargsimon; 3. Butasimon. Lishayniklar barcha joylarda o‘sadigan o‘simliklar
bo‘lib, tabiatda juda keng tarqalgan. Ular boshqa o‘simliklar yashay olmaydigan sharoitda ham uchraydi. Lishayniklar tosh va qoyalarda, cho‘l va dasht larda, daraxt va buta po‘stloqlarida o‘sadi. Lishayniklar tundra va o‘rmon tundrada keng tarqalgan. Ulardan (Cladonia turkumi) shimol bug‘ulari uchun oziqa sifatida foydalaniladi. Unim siz joylarda yashovchi lishayniklar boshqa o‘simliklar hamjamoasini shakl la nishi ga imkon yaratadi. Lishayniklar substratdan va atrof-muhitdan turli kimyoviy elementlarni, shu jumladan, radioaktiv moddalarni ham to‘p lash xususiya ti ga ega. Toza havoni talab etuvchi lishayniklardan atmo sfera havosining ifloslanganlik darajasini aniqlashda indikator sifatida foydalanish mumkin.Ba’zi bir lishayniklar to‘qimachilikda bo‘yoq sifatida, tibbiyotda va atir-upa sanoatida ishlatiladi. Shuningdek, o‘rmonlarda, ayniqsa, qa rag‘ayzorlarda va daraxt kesilgan maydonlarda lishayniklar yaxlit qoplam hosil qiladi. Bunda kladoniyaning (Cladonia) bir necha turlari qatnashadi. Daraxt po‘stlog‘ida soqolli usneya (Usneya barbata), tas masimon everniya (Evernia prunastri)lar yashil-sarg‘ish hamda tilla rang — (Xantoria parientina) sariq qoplam hosil qiladi.Lishayniklarning kimyoviy tarkibi ham birmuncha murakkab. Ularda
xitin moddasi, lishaynik kraxmali deb ataladigan lixenin, disaxaridlardan saxaroza, turli fermentlar, masalan: amilaza, ko‘plab aminokislotalar, vitaminlardan esa C, B6, B12kabilar uchraydi.
Lishayniklarning kishilar hayotidagi ahamiyati katta. Ular shimol bug‘ulari uchun yem-xashak sifatida ishlatiladi. Lishayniklardan ajratib olin gan ekstarktlar atir-upa mahsulotlariga, kosmetika mahsulotlariga o‘ziga xos hid berish uchun foydalaniladi. Cho‘llarda uchraydigan lishaynik-manna iste’mol qilinadi. Ular unumsiz cho‘llarda, qoya toshlarda paydo bo‘lib, tog‘ jinslarining yemirilishiga yordam beradi. Lishayniklar qurib qolganidan keyin chirib chirindi hosil qiladi. Yemirilgan tog‘ jinslari va shu chirindidan yupqa tuproq qatlami hosil bo‘ladi.
2-savolga javob:
1-A;2-E;3-B;4-C;5-D
Do'stlaringiz bilan baham: |