171
kelgan yangi adabiyotni ko‘rib chiqishi, so‘zboshi, mundarijasi,
bibliografik ma’lumotlar, qo‘llanmalar va ma’lumotnomalar, shu
nashr haqidagi taqrizlar yordamida
kitob haqidagi bilimini
oshirib borishi zarur. Zamonaviy kutubxona xodimining o‘qish
doirasiga ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, barcha bilim sohalariga oid
ilmiy-ommabop adabiyotlar, kasbiga oid yangi adabiyotlar,
badiiy asarlar kirishi kerak. Muntazam ravishda kundalik vaqtli
matbuot nashrlarini ham ko‘zdan kechirib borishi zarur. Ish
jarayonida kitobxonlar uchun tavsiya qilish mumkin bo‘lgan
asarlarni tanlab boradi, u haqda biror-bir tadbir o‘tkazishga,
tavsiya ro‘yxatlariga kiritishga, ko‘rsatkichlarini tuzishga tay-
yorgarlik ko‘radi. Adabiyotlarni ko‘rib chiqish nashrlarning keng
doirasi bilan tanishish imkonini beradi. Òezlik
bilan kitobning
qiymatini aniqlash, uning kitobxonlar qiziqishi va so‘rog‘iga
mosligini belgilab olish muhim ahamiyatga ega, shu maqsadda
nashrning
sarvaraqlari, uning orqa tomoni, ularda berilgan
ma’lumotlar o‘rganib chiqiladi. Keyin nashriyot tomonidan
berilgan
annotatsiya o‘rganiladi, asar matni tezda ko‘zdan
kechiriladi, qaysi kitobxonlar guruhiga va qay uslubda yozilgani
aniqlanadi.
Ilmiy ma’lumot apparatida kitob haqidagi zarur ma’lumotlar
beriladi.
Mundarija faqatgina asar mavzusi haqida ma’lumot beribgina
qolmaydi, balki asar tuzilishi haqida ham ma’lumot beradi,
zarur
boblarni, mavzularni, bo‘limlarni, paragraflarni qaysi
sahifadan topish kerakligini ko‘rsatadi.
Yordamchi ko‘rsatkichlar
kitobxonni qiziqtirgan masalani qidirishda yordam beradi.
So‘zboshi
kitobxonni asarda yoritilgan masalalar, muammolar bilan ta-
nishtiradi,
asarning yaratilish tarixi, manbalari, boshqa asarlardan
farqi, qayta nashr bo‘lsa, avvalgi nashridan farqi, yangiligi
haqida ma’lumot beradi.
Kirish qismi esa
muallifning hayoti, ijod
yo‘li haqida ma’lumot beradi, mazmunni tushunishga yordam
beradi.
So‘nggi so‘z muallif tomonidan yoki muallifni yaqindan
bilgan, uning hayoti va ijodini chuqur o‘rgangan tanqidchi,
mutaxassis tomonidan yoziladi va asar g‘oyasiga yaqin yoki uning
asosiga olingan voqea va hodisalar, asar qahramonlarining
prototiðlari, ularning keyingi taqdiri haqida ma’lumot beriladi.
Ba’zan nashrlarda
izohlar ham beriladi. Ular kitobxonga asar
mazmunining murakkab bo‘lgan qismini to‘la tushunishga yordam
beradi, yana asarning yaratilish tarixi, asar haqida zamon-
doshlarning fikrlari, asarda yoritilgan voqea va hodisalar haqida
172
ma’lumot beriladi.
Eslatmalar asarning ayrim joylariga taalluqli
aniqlovchi va to‘ldiruvchi, tuzatuvchi ma’lumotlardan iborat. Ular
ko‘proq nashriyot tomonidan tuzilib, kitob oxirida yoki sahifaning
pastida beriladi. Nashriyot eslatmalari chet el so‘zlarining tarjimasi,
fikrlar, asarda nomi keltirilgan shaxs haqida qisqa ma’lumot,
muallif hayotiga oid qo‘shimcha ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Asar mazmunini yoritishda unda berilgan
illustrativ materiallar
muhim. Ular turli-tuman bo‘lib, asar g‘oyasiga
mazmunan mos,
asar g‘oyasini, maqsadini kengroq tushunib olishga yordam
beradi, kitobxonning estetik didini tarbiyalaydi, asar reklamasini
kuchaytiradi, kitobxonni jalb qiladi, iste’molchida qiziqish
uyg‘otadi, asarning qiymatini oshiradi. Kutubxonachi o‘rganib
chiqqan asari haqida alohida daftarda yoki kartochkada mu-
lohazalarini yozib borsa, kelgusi ishida yordam beradi. Kutubxona
xodimi bibliografik qo‘llanmalar bilan muntazam ishlash zarur.
Bu unga shu yo‘nalishda kengroq ma’lumotga, bilimga ega bo‘lishga
yordam beradi, bibliografik qo‘llanmalarni tuzish qoidasi bilan
tanishtiradi va o‘rgatadi, kitobxonga adabiyotni to‘g‘ri
tavsiya
qilishga yordam beradi, kutubxonachilik-bibliografik xizmat
ko‘rsatish sifatini oshiradi. Shuning uchun kitobni o‘rganishdan
bibliografik qo‘llanmani o‘rganish ancha farq qiladi. Bibliografik
qo‘llanmani o‘rganish
sarvaraq va
so‘zboshi bilan tanishuvdan
boshlanadi. Sarvarag‘ida asar nomi, unga taalluqli va to‘ldiruvchi
boshqa ma’lumotlar, tashkilot nomi, uni nashr etuvchi ayrim
shaxs, tuzuvchi yoki jamoa nomi, chiqish ma’lumotlari beriladi.
Ko‘pincha, bibliografik ko‘rsatkich nomi uning mavzusini ochib
beradi, sarlavhasi yoki sarlavhaga taalluqli ma’lumotlar
maqsadini
va tiðini yoritib beradi. Ilmiy-yordamchi ko‘rsatkichlarning
sarvarag‘ida unda aks etgan adabiyotlarning xronologik chegarasi
ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: