Bibliografiya lat p65


Ma’lumot-bibliografiya fondi (MBF)



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#88495
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   149
Bog'liq
bibliografiya (31)

Ma’lumot-bibliografiya fondi (MBF)
Kutubxonaning MBF an’anaviy ma’lumot-bibliografiya appa-
ratining bir qismi bo‘lib, o‘zida kutubxona-bibliografik faoliyatining
hamma jarayonlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan va turli-
tuman axborotni o‘zida to‘plagan nashrlar va materiallardan
iborat. MBFga kutubxona fondidan quyidagi materiallar ajratib
olinadi:
— rasmiy va nodavriy nashrlar — O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Axborotlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi Axborotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitut-
sion Sudining materiallari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Axborotnomasi, kutubxonachilik
ishiga oid Davlat va hukumatimiz  qarorlari, Prezident Farmon-
lari, buyruqlari aks etgan to‘plamlar;
— kitob ichi va kitobdagi bibliografiyalarga ega bo‘lgan ayrim
ilmiy nashrlar;
— ijtimoiy sohaga oid o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv
qo‘llanmalari;
— biror bilim sohasiga oid yangi axborotga ega bo‘lgan ilmiy-
ommabop nashrlar, masala yoki muammoga oid qo‘shimcha
adabiyotlar ro‘yxati;
— ma’lumotnoma nashrlar — qomusnomalar (ensiklopediya),
qomusiy lug‘atlar, ma’lumotnomalar (spravochnik), lug‘atlar,
yo‘l ko‘rsatkichlar;
— hududdagi yirik axborot markazlarining axborot va biblio-
grafik nashrlari, ilmiy-yordamchi, kasbiy-ishlab chiqarishga oid,
nashriyot va kitob savdosi, o‘lkashunoslik, tavsiyaviy va ommabop
ko‘rsatkichlar;
— kutubxonachilik va bibliografik xizmat ko‘rsatishni tashkil
etish haqidagi va boshqa maxsus masalalarga oid amaliy va uslubiy
nashrlar;
— kutubxonachilik ishi, bibliografiya ishi va kitob ishiga,
axborot xizmati ko‘rsatishga oid gazeta va jurnallar (masalan,


168
„Biblioteka“, „Bibliografiya“, „Ìèð áèáëèîãðàôèè“, „O‘zbe-
kiston matbuoti“, „Kitob dunyosi“, „Íàó÷íûå è òåõíè÷åñêèå
áèáëèîòåêè“, „Èíôîðìàòèêà è îáðàçîâàíèå“ va boshqalar),
ularda axborot bilan birgalikda qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati
ham berib boriladi;
— bajarilgan ma’lumotlar fondi ham MBAning bir qismi va
o‘zida bir qancha mavzularga oid bajarilgan yozma bibliografik
so‘roqlarni aks ettiradi. Unda so‘ralgan murakkab mazmundagi,
alohida bibliografik qidirish va tahlilini talab qilgan savolga yoki
masalaga oid bajarilgan javobning nusxasi saqlanadi, bundan
tashqari, dolzarb hamda muntazam so‘ralishi mumkin bo‘lgan
siyosiy va ilmiy mazmundagi so‘roqlarning javobi ham to‘planadi.
Bu materiallar nafaqat shu kutubxona, balki boshqa kutubxonalar-
ning kitobxonlari uchun ham zarur bo‘lib qolishi mumkin.
Bajarilgan ma’lumotlar arxivi yoki fondi xizmat xarakteriga
ega, u turli kutubxonalarda turlicha tashkil etiladi. Ba’zi kutub-
xonalar bilim sohalari yoki mavzular bo‘yicha katalog yashiklarida
saqlasa, ayrim kutubxonalar alohida hujjatlar saqlanuvchi jildlarda
(papka) yoki konvertlarda saqlaydi. Bu fonddan foydalanishni
osonlashtirish uchun kartochkalar ko‘rinishida alifbo-predmet
ko‘rsatkichi tuziladi, unda mavzusi, so‘roqning maqsadi, predmet
rubrikasi, so‘roqning tartib raqami, uning bajarilgan vaqti ko‘r-
satiladi. Kitobxonning talabiga ko‘ra axborotlashgan kutubxona
kataloglarini, bibliografik qo‘llanma va ko‘rsatkichlarning elektron
shakllarini ham to‘plab borish hozirgi kun talabi bo‘lib qoldi.
MBF kutubxona fondining bir qismi bo‘lib, o‘ziga xos xususiyatga
va ahamiyatga egaligi uchun alohida bo‘lim sifatida tashkil etilgan
xonada yoki axborot bibliografiya bo‘limida joylashtiriladi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish