Bibliografiya lat p65



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#88495
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149
Bog'liq
bibliografiya (31)

Savol va topshiriqlar
1. O‘rta Osiyoda bibliografiya paydo bo‘lishining dastlabki ko‘ri-
nishlari haqida gapirib bering.
2. Ibn an-Nodimning „Kitob al-fixrist“ asari haqida qanday ma’lu-
mot bering?
3. Beruniyning bibliografik faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
4. Navoiyning birinchi bibliografi kim bo‘lgan?
5. Alisher Navoiyning „Majolis un-nafois“ asari haqida to‘xtaling.
6. Òazkirachilik nima, tazkiralardan qaysilarini bilasiz?
VI BOB. XIX ASRNING IKKINCHI YARMI VA
XX ASRNING BOSHLARIDA ÒURKISTONDA
BIBLIOGRAFIYA ISHI
Mavzuning maqsadi — O‘zbekiston madaniyati tarixida muhim
o‘rin tutgan „Turkiston to‘plami“ haqida keng ma’lumot berish.
Asosiy tushuncha — Turkiston to‘plami.
Yevropaning O‘rta Osiyoni o‘rganishga va uni bosib olishga
bo‘lgan qiziqishi XVII asrning birinchi yarmidayoq boshlangan
edi. Bu borada Angliya va Rossiya o‘rtasida raqobat kuchli
bo‘lgan. XVII asrda angliyalik sayohatchi olimlarning Pomir va
Amudaryoning yuqori sohillarini o‘rganishga oid ishlari nashr
etilgan. 1717- yilda rus podshosi Pyotr I topshirig‘i bilan knyaz
Bekovich-Cherkasskiy boshchiligida O‘rta Osiyoga harbiy
ekspeditsiya yuborilgan. Uning a’zolari Xiva atrofida butunlay
qirib tashlangan (ekspeditsiya natijalari arxiv hujjatlari asosida
XIX asrning oxirida I. Ò. Beschin tomonidan „Bibliografik
monografiya“ nomi bilan nashr qilinadi). Shu davrdan boshlab
rus olimlari va sayohatchilarida ham O‘rta Osiyoni o‘rganishga
bo‘lgan qiziqish oshib bordi.  N. Muravyov, N. A. Seversov,
A. P. Fedchenko, I. V. Mushketov, P. P. Semyonovlar bosh-
chiligida XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida bir necha bor


74
O‘rta Osiyoga ekspeditsiya yuboriladi. Bu ekspeditsiyalar natijasida
Rossiyaga O‘rta Osiyoning katta qismini bosib olish uchun
imkoniyat yaratildi.
1867- yili rus qo‘shinlarining Òoshkentni bosib olishlari
bilan Òurkiston general-gubernatorligi tashkil qilindi. Rus biblio-
graflari tomonidan O‘rta Osiyo haqidagi rus va chet tillardagi
adabiyotlarning bibliografiyasi tuzila boshlandi. Bu davrda O‘rta
Osiyoda bibliografiyaning paydo bo‘lish sababini XIX asrning
yirik rus bibliografi, birinchi bo‘lib O‘rta Osiyo haqidagi adabi-
yotlarni to‘plagan V. I. Mejov „O‘rta Osiyoni har tomonlama
chuqur o‘rganishga sof savdo va ilmiy maqsad sabab bo‘ldi“, deb
ko‘rsatadi. Albatta, bu fikr ma’lum darajada to‘g‘ri, lekin ilmiy
maqsad emas, balki sof harbiy maqsad ko‘zda tutilib, O‘rta
Osiyo chuqur o‘rganilgan, desak mantiqqa to‘g‘ri keladi. Buni
rus qo‘shinlarining qo‘mondoni, Òurkiston general-gubernatori
N. P. Kaufmanning V. I. Mejovdan O‘rta Osiyo haqidagi
adabiyotlarning bibliografiyasini tuzib berishni so‘ragani isbot
qilib turibdi. V. I. Mejov bunga rozi bo‘lib, Òurkiston haqida
bibliografik ko‘rsatkich emas, balki Òurkiston haqidagi adabi-
yotlar to‘plamini tuzib berishni taklif qiladi.
O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda XIX asr yirik rus bibliografi
V. I. Mejovning Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston milliy kutub-
xonasining nodir kitoblar bo‘limida saqlanayotgan, hozirga qadar
o‘zining ilmiy-amaliy ahamiyatini saqlab kelayotgan „Turkiston
to‘plami“ („Òóðêåñòàíñêèé ñáîðíèê“) muhim ahamiyatga ega.
Uning vujudga kelishi hamda ahamiyatiga oid V. I. Mejov
zamondoshlari, hozirgi davr mutaxassislari Logofet, Y. K. Betger,
N.  M. Benediktova, O. G‘. Qosimova, O. V. Maslova, Z. L.
Fratkina va boshqalarning qator ilmiy tanqidiy maqolalari mavjud.
Lekin bu maqolalarda „Turkiston to‘plami“ning yaratilishi tarixi,
ahamiyati, unga tuzilgan yordamchi ko‘rsatkichlar yetarlicha
yoritilmagan.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish