Bibliografiya lat p65


Òemuriylar davrida bibliografiya



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/149
Sana30.12.2021
Hajmi0,53 Mb.
#88495
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   149
Bog'liq
bibliografiya (31)

Òemuriylar davrida bibliografiya
Òemuriylar davrida iqtisod va madaniyat tez rivojlandi.
Hirotda tarixchi olimlar, yozuvchilar, madaniyat arboblari
yashab ijod etdi. Saroy kutubxonalari, madrasa va masjitlar,
xususiy va jamoat kutubxonalari tashkil etildi. Hirotning madaniy
hayoti bevosita Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liq. Navoiy
qalamiga mansub 60 ming misradan iborat ulkan madaniy
meros, adabiy asarlar besh asrdan beri insoniyatga, jahon
jamoatchiligiga xizmat qilib kelmoqda. Ularning ko‘pchiligidan u
yoki bu yo‘nalishda, insoniyat faoliyatining hamma sohalariga
oid bibliografik axborot olish mumkin. Navoiy o‘zining „Fors
davlatlari tarixi“ asarida qadimgi falsafa fanining namoyandalari
va ularning ijodi haqida juda boy ma’lumotlar bergan. 1498- yilda
yaratgan „Majolis un-nafois“ asari ham O‘rta Osiyo adabiyoti va
madaniyati tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega va hozirga
qadar o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Navoiy shu asari bilan turkiy
tilda tazkira yaratish an’anasini boshlab berdi. Bu asarda
Òurkiston va Xuroson hududlarida yashab ijod qilgan 459 shoir
haqida ma’lumot berilgan. Navoiy tazkirasining boshqa taz-
kiralardan farqi shundaki, boshqa tazkiralarda faqat XV asrda
yashab ijod etgan adabiyot namoyandalari — zamondoshlari


67
haqida ma’lumot berilgan bo‘lsa, Navoiy tazkirasida an’anaga
aylanib qolgan shoir va adiblar haqida ma’lumot berishdan
tashqari, o‘sha davrdagi Hirot va Samarqandning adabiy hayoti,
adabiy kecha va majlislar, buyuk shoir davrida yaratilgan
adabiyotshunoslik va tarixga oid asarlar, o‘tmish shoirlarning
tarqoq merosini to‘plash, ularni ko‘chirish, nusxalarini ko‘pay-
tirish borasida olib borilgan ishlar haqida turli xil zarur
ma’lumotlarni beradi. Unda avval har bir shoirning hayoti va
ijodi haqida biografik ma’lumotlar, hikoya va namunalar berilgan.
Shu jihatlariga ko‘ra tazkira shu kungacha o‘rta asr adabiy
hayotini, madaniyatini, tarixini, kitobatchilik san’atini
o‘rganishda muhim qo‘llanma sifatida qadrlanadi.
Navoiy o‘zidan avval yaratilgan tazkiralarni tahliliy va tan-
qidiy o‘rganib chiqadi, bibliografik tiðdagi asarlarni ham
o‘rganadi va „Majolis un-nafois“ asari bilan O‘rta Osiyoda yangi
tiðdagi tazkirachilik san’atiga asos soladi. Bu tazkiralarda
zamonaviylik prinsiði asosiy o‘rinda turadi. Ya’ni muallif o‘ziga
zamondosh bo‘lgan adiblar haqidagina ma’lumot beradi,
zamonaviy hayot, adabiyot, hayot tarzi va adabiy jarayon
haqidagi ma’lumotlarni birlashtiradi.
Navoiyning qo‘lyozma kitoblarni mukammal bilishi, adabiy
mahorati va o‘zining shaxsiy mavqeyi yirik kitobshunos,
bibliograf bo‘lib tanilishiga sabab bo‘ldi. Uning tashabbusi bilan
qurilgan kutubxona 10 mingdan oshiq qo‘lyozmani saqlagan va
turli kitobxonlarga xizmat qilgan. Uning fondidan ko‘plab
olimlar, kitobsevarlar, adabiyot muxlislari foydalangan.
XVII asrda taniqli turk olimi va bibliografi Hoji Xalifa o‘rta
osiyolik olimlar, yozuvchi va shoirlarning asarlarini hisobga
oluvchi „Kitob va fandagi shubhaning bartaraf etilishi“ nomli
ko‘rsatkichini tuzadi. Ko‘rsatkich XIX asrda lotin tilida G. Fluger
tomonidan nashr qilinadi. Ko‘rsatkichda olimlar, yozuvchi,
shoir va din namoyandalarining 15007 asarlari fan tarmoqlari
bo‘yicha ro‘yxat shaklida tartibga solingan. Asarlar haqidagi
ma’lumotdan avval asar muallifining nasl-nasabi, kasbi,
egallagan mansabi haqida, tug‘ilgan va vafot etgan yillari,
ijtimoiy kelib chiqishi haqida ma’lumot, asarlarining to‘liq
ro‘yxati berilgan. Ular orasida Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy,
shoirlardan Sa’diy, U. Xayyom va boshqalar haqida ma’lumotlar
bor. Hoji Xalifaning bu ko‘rsatkichi ko‘p jildlik bo‘lib, 400


68
yildan oshiq davrdan beri Sharq madaniyatining ajoyib
namunasi sifatida o‘zining ilmiy qiymatini yo‘qotgan emas.
O‘rta Osiyo tarixi, fan va madaniyati, kitobatchilik ishi  ha-
qida ma’lumot beruvchi yana bir ish XVII asrda tuzilgan As-
Somoniyning „Ismlar genealogiyasi kitobi“ nomli lug‘atidir.
Uning muallifi Muhammad Ibn Mansur As-Somoniy aslida
Marv shahrida tavallud topgan, O‘rta Osiyoning ko‘plab shahar-
larida bilim olish maqsadida yashagan, 1144- yili Marv shahriga
qaytib, Al-Ahmad madrasasida dars bera boshlaydi va bir
vaqtning o‘zida ilmiy ish bilan shug‘ullanadi. Uning asarlari 40
dan ortiq bo‘lib, ular orasida „Geografik lug‘at“, ustozlariga
bag‘ishlab tuzilgan „Shayxlar lug‘ati“, ayniqsa, O‘rta Osiyo
tarixini o‘rganishda yordam beruvchi „Ismlar genealogiyasi kito-
bi“ 4000 ta diniy asarlar haqida ma’lumot berilgan.
XVI asrda Amin Ahmad Roziy tomonidan tuzilgan „Yetti
iqlim“ nomli lug‘at ham geografik, ham ensiklopedik asar hisob-
lanadi. Unda Sharqning musulmon mamlakatlari va shaharlari,
ulardagi yirik arboblar, mashhur kishilarning hayoti, faoliyati,
ularning asarlari haqida ma’lumotlar berilgan. O‘zFAning
Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida bibliografik maz-
mundagi bir qancha asarlar saqlanadi. Ulardan biri „Shayx ur-
rais asarlari ro‘yxati“, ya’ni Ibn Sino kitoblari bibliografik
ko‘rsatkichidir. Bunda Ibn Sinoning 142 ta asari ro‘yxati berilgan
bo‘lib, 1664- yili noma’lum muallif tomonidan tuzilgan.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish