Bibliografiya asoslari Reja



Download 21,03 Kb.
bet1/3
Sana15.04.2022
Hajmi21,03 Kb.
#553285
  1   2   3
Bog'liq
Bibliografiya asoslari


Bibliografiya asoslari
Reja:

  1. Bibliografiya haqida ma’lumot.

  2. Jahonning yiriktarixiy bibliografiyalari.

  3. Bibliografiyashunoslik asoslari.

Bibliografiya haqida ma’lumot. Bibliografiya (yunoncha biblion-kitob va .... grafiya) - matbuot hamda yozuv asarlari haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni ma’lum ijtimoiy maqsadlarda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadigan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, tarixi, faoliyatini tashkil etish va uslubiyati bilan shug‘ullanadigan fan bibliografiya fani deb ataladi. Bibliografiya taraqqiyotini turli xil bibliografik ma’lumotnoma adabiyotlarini tuzadigan maxsus tashkilotlar (bibliografiya xizmati) tizimi ta’minlaydi.
Bibliografiya tuzish qadimgi dunyoda paydo bo‘lgan (jumladan miloddam av-valgi III asrda Aleksandriya kutubxonasida Kallimax rahbarligida tuzilgan bibliografik jadval). «Bibliografiya» atamasi dastlab kitob ko‘chirib yozishni anglatgan, vaqt o‘tishi bilan (XVII asr o‘rtalaridan) kitoblar bayonini bildiradi. Bibliografiya tarixi kitob bosish yuzaga kelishi bilan boshlandi. Bosma asarlarning barcha turlari, qo‘lyozmalar, ijtimoiy ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan eng yangi qo‘lyozmalar (dissertatsiyalar, saqlashga topshirilgan qo‘lyozmalar) bibliografiyaning o‘rganish sohasidir. Texnika taraqqiyoti, mikrofilm, ovoz yozish (gramplastinka) va boshqalarning paydo bo‘lishi, matn yozishning o‘zgarishi bibliografiya ko‘lamini kengaytirmoqda. Bibliografiya taraqqiyotiga fan va madaniyat yutuqlari, jamiyatning qiroatxonlik talabining o‘sishi katta ta’sir etadi. O‘z navbatida bibliografiya ham ilmiy, adabiy va texnik ijodiyotga, nashriyot va kutubxonashunoslikka, kitob savdosi, ta’lim va mustaqil ta’limga ta’sir ko‘rsatadi. Bibliografiya bosma asarlarni aniqlash, saralash va izohlash bilan ayrim shaxs, xalq yoki mamlakatning qo‘shgan hissasini o‘zida aks ettiradi; masalani o‘rganishga oid zarur tarixiy asarlarni ko‘rsatadi. Kutubxonalarda to‘plangan yoki yangi bosmadan chiqqan bosma asarlarni targ‘ib qilib, bibliografiya alohida ilmiy muhit, siyosiy, falsafiy va estetik qarashlarni tarqalishiga, shuningdek, texnikaviy malakani oshishiga ta’sir etadi. Bibliografiya ilmiy va texnika xabarlari bilan yaqin aloqada. Ulardan farqli o‘larok, ilmiy nazariya, g‘oya, dalillar haqida emas, balki ular haqidagi bosma asarlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib, ilmiy xabar bilan birga ilmiy, ma’rifiy va tarbiyaviy vazifani bajaradi.
Ko’pgina mamlakatlarda, jumladan O’zbekistonda ham bosma asarning majburiy (kontrol) nusxasi joriy qilingan bo‘lib, shu asosda bosma asarni hisobga olish, so‘ng kitobxonlarga mo‘ljallab saralash yo‘lga qo‘yilgan. Bosma asarlarni ularning ilmiy va g‘oyaviy ahamiyati, shuningdek mazmunini yoritib guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Bosma asarlar turlar (kitoblar, davriy nashrlar va boshqalar), rasmiy belgilar (alfaviti, nashr joyi yoki sanasi), mazmuni (mavzu, fan va tarmoqlar) bo‘yicha guruhpanadi. Bu bosma asarlarni guruhlarga ajratishning umumiy asosidir. Bibliograflar har bir alohida hollarda o‘zlarining tarmoqlar rejasini yaratadi. Bosma asarlarning tavsifnomasi muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy qismi tasvirlash bo‘lib, unga muallif familiyasi, asar sarlavhasi, sarlavhachasi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr vaqti (yili), hajmi (sahifa va bezaklar soni), zarur bo‘lganda adadi, narxi va boshqalar haqida ma’lumotlar kiradi. Tasvirlash elementlari, odatda o‘rganilgan qoidalar, shuningdek standartlar asosida belgilanadi. Bosma asarlar mazmuni tavsifnomasining asosiy shakllari - annotatsiya, referat, guruh axborot (sharh).
Ijtimoiy vazifasiga ko‘ra, davlat bibliografiyasi, ilmiy yordamchi bibliografiya va tavsiya bibliografiyasiga; mazmuniga ko‘ra, umumiy, soha va mavzuli bibliografiyaga bo‘linadi. Bibliografiyaning alohida turini bibliografiya bibliografiyasi, biobibliografiya (shaxs bibliografiyasi) va o‘lkashunoslik bibliografiyasi tashkil etadi. Bu bo‘linish nisbiydir. Nashr sharhiga ko‘ra, bibliografik qo‘llanmalar, bibliografik jurnallar, byulleten, gazeta, kitob va maqolalar ko‘rsatkichlari va adabiyotlar ro‘yxati kabilar farqlanadi.
Turkistonda bibliografiya ishi IX-XV asrlardayoq rivojlana boshlagan. Fan va adabiyotimizning yirik vakillari (Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar)ning asarlarida saroy kutubxonalari tomonidan o‘z jamg‘armalarining biblio-grafiya ro‘yxati va ularni tasnif qilish ishlari olib borilganligi haqida ma’lumotlar bor. Jumladan, Beruniy «Fihrist Kutub Muhammad ibn Zakariyo Ar-Roziy» («Muhammad ibn Zakariyo Ar-Roziy kitoblarining ro‘yxati») nomli Muhammad ibn Zakariyo Roziy ijodiga oid bibliografiya tuzgan. Ko‘rsatkichda Roziyning 184 asarining ro‘yxatini berish bilan birga Beruniyning 1036 yilgacha yozgan 113 asarining ro‘yxati ham keltiriladi. Bibliografiya qo‘llanmalari tuzish keyingi davrlarda ham davom etdi: Ibn Abdulahab Yoqutning «Ismlar lug‘ati va fanlar mazmuni» (XII asr), Xo‘ja Xalifaning «Kitob va fan nomlaridagi shubhaning bartaraf etilishi» (XVIII asr) va boshqalar.
Turkistonni chor Rossiyasi harbiylari bosib olgandan keyin bibliografiya bilan rus bibliograflari (N.V.Dmitrovskiy, V.I.Mejov va boshqalar) shug‘ullangan. XX asr 20-30-yillarida bibliografiya ishiga jiddiy ahamiyat berila boshlandi va hozirgi kunda muhim davlatishiga aylangan. 1926 yildan O‘zbekiston Respublikasi Kitob palatasi, 1930 yildan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi milliy kutubxonasi bibliografiya bo‘limining tashkil qilinishi o‘zbek milliy bib-liografiyasining rmvojpanishiga zamin yaratdi. O‘zbek tilida tuzilgan dastlabki ko‘rsatkich S.Dolimov va F.Ubaydullaevning «Mukammal ilmiy bibliografiya» (1934) asari bo‘lib, unda uch ming kitobning tavsifi berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi respublika davlat bibliografiyasining asosiy markazidir. O‘zbekiston Respublikasida bibliografiya ishi bilan, shuningdek, O‘zbekiston Davlat kutubxonasi, O‘zbekiston FA asosiy kutubxonasi va boshqa kutubxonalar ham shug‘ullanadi. Bibliografiya ishiga oid asosiy ilmiy ishlar Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat institutining Bibliografiya kafedrasida olib boriladi.
1895 yilda P.Otle Xalqaro bibliografik institut tashkil etgan (Bryussel). M.Dyun ishlab chiqqan universal o‘nlik klassifikatsiyasi (Universalnaya desyatich-naya klassifikatsiya - UDK) asosida xalqaro bibliografik standart qabul etilib, XV asrdan mavjud bo‘lgan Evropa tillaridagi kitob va maqolalarning sistemali karto-tekasiga zarba berdi. Sekin-asta UDK indekslari ham mukammallashib borgan.

Download 21,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish