Bibliografiya asoslari Reja


Jahonning yirik tarixiy bibliografiyalari



Download 21,03 Kb.
bet2/3
Sana15.04.2022
Hajmi21,03 Kb.
#553285
1   2   3
Bog'liq
Bibliografiya asoslari

Jahonning yirik tarixiy bibliografiyalari. Yirik tarixiy bibliografiya markazlari - Rossiya FA Ijtimoiy fanlar fundamental kutubxonasi, U.V.Lomonosov nomli MDU ilmiy kutubxonasi, xalqaro miqyosda YUNESKO qoshidagi xalqaro institutda (uning asosiy yillik nashri «International bibliography of historical sciences» hisoblanadi) olib boriladi.
Jahonbibliografiyasixalqarohamkorliknatijasidaancharivojlanmoqda. 1950 yilda YUNESKO bibliografik xizmatni yaxshilash maqsadida xalqaro konferensiya o‘tkazdi. Tashkilot tarmoq bibliografiyalari bo‘yicha qator xalqaro nashrlarni amalga oshirishda va milliy bibliografiyalarni boyitishda moliyaviy yordam bermoqda. 1957-1966 yillarda YUNESKO qoshida bibliografiya bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi faoliyat yuritgan. Keyin u hujjatlar bo‘yicha maslahat qo‘mitasi tarkibiga qo‘shilgan. 1964 yilda Kutubxonalar Assotsiatsiyasi Xalqaro Federatsiyasi (KAXF) doimiy bibliografik komissiya tashkil etgan.
Tarixga oid bibliografiyalar XVII asr boshlarida Fransiya va Germaniyada erudit maktabi faoliyati bilan chambarchas boshlangan. Bu sohadagi dastlabki ishlarga A.Dyu Shemning 1618 yil Parijda Fransiya tarixiy topografiyasi bibliografiyasiga bag‘ishlangan, 1620 yilda P.Bolduanning tarixiy bibliografiyaga oid asarlarining chop etilishini kiritish mumkin.
XVII-XIX asr boshlarida retrospektiv bibliografiyaning asosan umumtarixiy yo‘nalishi rivoji G‘arbiy Evropa mamlakatlarida kuzatildi. Bu davrning yirik bibliograflari sifatida fransiyalik J.Le Longa 1719, 1768-1778 yillarda o‘zining bibliografik tadqiqotlarini nashr etirgan.
Universitet ta’limi sohasidagi islohotlar Germaniya, keyinroq G‘arbiy Yevropaning boshqa davlatlari va AQSHda talabalar uchun mo‘ljallangan umumtarixiy bibliografiyaning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Jumladan, F.Dalman tomonidan 1830 yilda nashr etilgan bibliografiktadqiqot keyinroq G.Vays tomonidan to‘ldirilib, qayta ishlangan holda yana nashr qilingan. XIX asrning 60-70-yillarida ilk joriy bibliografik asarlar paydo bo’ldi. Bu davrda yirik manbalarga doir bibliografiyalar yaratildi. Ulardan birinchi navbatda A.Potxastning o‘rta asrlar manbalariga doir tarixiy bibliografiyasini ko‘rsatib o‘tish o‘rinlidir(1862 yil).
XIX asr oxirlarida burjua milliy madaniyatining o‘sishi bilan slavyan
mamlakatlari - Polsha, Chexiyada umumtarixiy bibliografiya ancha taraqqiy
etdi.
1891-1914 yillarda chop etilgan (1955 yilda qayta nashr qilingan) L.Fin-kelning Polsha tarixi bibliografiyasiga oid kitobi, 1900-1912 yillarda Pragada nashr qilgan tarixiy bibliografiyaga oid kitoblarini misol etib keltirish mumkin.
XXasrda G‘arbda joriy bibliografiyaga katta ahamiyat qaratildi.
Rossiyada tarixiy bibliografiyaning ibtidosi XVIII asrning 30-yillarida Revelning nashr etgan bibliografiyasi (1736 yil) bilan belgilanadi. Bu sohaga oid tadqiqotlar XIX asrning ikkinchi yarmida sezilarli muvaffaqiyatlarni olib keldi. Bir qator jurnallar («Современник», «Отечественнйе записки», «Вестник Европа »)da joriy bibliografiyaga oid ma’lumotlar chop etila boshlandi. Rus bibliografiyasida eng muhim nashrlar va 1861-1884 yillarda chop etilgan «Rustarixiy bibliografiyasi» alohida ahamiyatlidir.
Xuddi shu yillarda V.I.Mejovning ham sohadagi faoliyati boshlangan bo‘lib, u ko‘plab umumtarixiy va tematik bibliografik asarlar nashr qildirgan (1892-1893 va 1882-1890 yillar).
XX asr boshlarida A.I.Malein, S.R.Minslov tomonidan joriy bibliografik tadqiqotlar nashr qilingan.
O‘tgan asrning 20-30-yillari –Sho‘rolar davrida tarixiy bibliografiyada ko‘proq inqilobiy harakatlar bilan bog‘liq tarixni o‘rganishga e’tibor qaratilgan.
Sobiq Ittifoqning kommunistik partiyasi va hukumatining tomonidan tarix masalalariga bag‘ishlangan qarorlaridan (1934-1936 yillar) so‘ng Davlat ommaviy tarix kutubxonasi ochildi (1938 yil). Mazkur kutubxona Sobiq Ittifoq FA Ijtimoiy fanlar kutubxonasi bilan birgalikda «Tarixiy adabiyot» («Историческая литература ») nomli bibliografik byulleten nashr etgan.
50-60-70-yillarda sobiq Ittifoq tarixi bo‘yicha retrospektiv bibliografiyalar nashr etilgan. Shuningdek, Hindiston, Xitoy, Yaponiya va boshqa davlatlarning bibliografiyasiga oid shtoblar ham nashr etilgan,

Download 21,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish