Bosma mahsulotlarni klassifikatsiya qilish
Nashrlar qurilishiga ko‘ra kitob, jurnal, gazeta, varaqaga,
belgisiga ko‘ra matnli, notali, kartografik va izonashrga bo‘linadi.
Eng muhim belgisi nashrning davomiyligi yoki chiqishining
xarakteridir. Bunga ko‘ra nodavriy (bir martalik), vaqtli va davomli
nashrga bo‘linadi. Bir marta nashr etilgan asar nodavriy deyiladi,
zarur bo‘lgan holda qayta nashr etilishi mumkin, bunda, albatta,
qayta nashr etilgani haqidagi ma’lumot ko‘rsatiladi. Qayta nashrda
u muallif tomonidan to‘ldirilishi, qisqartirilishi, tuzatilishi,
o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin va bu, albatta, ko‘rsatiladi.
Bunga kitob, risola, varaqalar kiradi. Kitob — 48 sahifadan ortiq
28
bo‘lgan matnli nashr. Risola esa 48 sahifagacha bo‘lgan matnli
nashr. Varaqalar 1 sahifadan 4 sahifagacha hajmda bo‘ladi. Vaqtli
bo‘lmagan nashr bir jildlik yoki bir necha jildlik bo‘ladi. Ko‘p
jildlik nashr bir maqsadga, bir mavzuga yoki bir yo‘nalishga,
bir xil poligrafik bezatilishga ega bo‘lgan bir necha kitobdan iborat
bo‘ladi. Vaqtli nashrlar — gazeta, jurnal, to‘plam va bulletenlar
bo‘lib, ularning xususiyati nashrdan chiqishda ma’lum bir tartibda
ketma-ketlikka egaligidir. „Periodika“ — vaqtli so‘zi grekchadan
olingan bo‘lib, yana boshlangan, qaytayotgan degan ma’noni
anglatadi. Davomli nashrlar — to‘plangan materialning hajmiga
ko‘ra muntazam bo‘lmagan tartib raqamiga ega bo‘ladi. Unda
biror- bir tashkilot yoki muassasaning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga
oid ma’ruzalar, xabarlar, maqola va boshqa materiallar beriladi.
Davomli nashrlar, asosan, „Ilmiy ishlar“, „Ishlar“, „Ilmiy
xabarlar“, „Xabarlar“ kabi umumiy nomlar bilan chiqariladi.
Har biri alohida tartib raqamiga ega bo‘ladi. Masalan, Madaniyat
instituti ilmiy ishlar to‘plami har yili nashr etiladi va ular soni
30 taga yetdi. Davriy nashrlar ma’lum bir davrda chiqish raqami
bilan chiqariladi. Ana shunday nashrlardan biri — „Qizil kitob“
yo‘qolib borayotgan yoki yo‘qolish xavfida bo‘lgan noyob o‘simlik
va hayvon turlarini qayd etib boruvchi va ular haqida ma’lumot
beruvchi ma’lumotnoma xarakteridagi davlat hujjati. Unda avval
o‘simlik yoki hayvon haqida ma’lumot beriladi, yo‘qolib borishiga
sabab va omillar haqida, yo‘qolishining oldini olish uchun
tavsiyalar beriladi.
1948- yil tashkil topgan Òabiat va tabiiy resurslarni mu-
hofaza qilish Xalqaro ittifoqi kamyob va yo‘qolib ketish xavfida
bo‘lgan o‘simlik va hayvon turlarining ro‘yxatini tuzish g‘oyasini
bajarishga kirishdi. Òurlarni saqlab qolish bo‘yicha maxsus
komissiya tuzilib, 1966- yildan tabiatni muhofaza qilish tashki-
lotlari bilan hamkorlikda Xalqaro qizil kitobning dunyo va alohida
mintaqalar florasiga bag‘ishlangan nashrlari bosila boshlandi.
O‘zbekistonning noyob o‘simlik va hayvonlari to‘g‘risidagi dast-
labki ma’lumotlar 1974- yil ta’sis etilgan qizil kitobda berila
boshlandi. O‘zbekistonning „Qizil kitob“i 1978- yili ta’sis etildi.
Birinchi marta O‘zbekiston „Qizil kitob“ining faunaga bag‘ish-
langan qismi 1983-yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali
hayvonlar — baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut
emizuvchilarning 63 ta turi kiritilgan. 1984- yili ilk marta o‘simliklar
olamining kamyob, yo‘qolib ketayotgan 163 turi haqida
29
mukammal ma’lumotlar berildi. Kitobga kiritiladigan o‘simlik va
hayvon turlari Òabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi taklif
etgan tasnifga ko‘ra 4 ta guruhga ajratiladi:
1. Yo‘qolgan yoki yo‘qolish arafasida turgan jiddiy muhofaza
talab etuvchi turlar;
2. Yo‘qolib yoki kun sayin soni kamayib borayotgan, maxsus
muhofazaga muhtoj turlar;
3. Kamyob, bevosita yo‘qolish xavfi bo‘lmasa-da, kichik
maydonlarda kamdan-kam uchraydigan muhofazaga muhtoj turlar;
4. Muayyan vaqt davomida soni va tarqalgan maydonlari
tabiiy sababga ko‘ra yoki inson ta’sirida qisqarib borayotganini
nazorat qilib turishni talab qiladigan turlar.
1998- yilda O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida
turgan 301 ta turining hozirgi holatini tavsiflaydigan nashri qayta
bosmadan chiqqan. 2003- yildan keyin O‘zbekiston faunasi turlari
maqomini baholashga imkon beruvchi ma’lumotlar to‘planib,
yangi soni nashrdan chiqarildi. So‘nggi nashrda sut emizuv-
chilarning 24, qushlarning 51, sudralib yuruvchilarning 16,
baliqlarning 18, halqali chuvalchanglarning 3, moluskalarning
15, bo‘g‘imoyoqlilarning 62 turi va kenja turi kiritilgan. O‘zbe-
kiston faunasi va florasining ba’zi turlari Xalqaro qizil kitobga
ham kiritilgan. Unda ajratilgan alohida sahifalarda ularning
o‘zbekcha, ruscha, lotincha ilmiy nomlari, ularning sistematik
o‘rni, qisqacha morfologik tavsifi, tarqalishi, yashash muhiti,
tabiatdagi soni, ko‘payishi, sonining o‘zgarish sabablari, muho-
faza qilish choralari va boshqalar bayon etilgan. O‘simlik yoki
hayvon turini qizil kitobga kiritishni tavsiya etish huquqiga
muassasalar, davlat va jamoat tashkilotlari, ayrim olimlar ega.
Agar muhofaza qilish natijasida yo‘qolib ketish xavfining oldi
olingan bo‘lsa va qayta bunday muammo sodir bo‘lmasa, ular
qizil kitobdan chiqariladi. Unga kiritilgan turlar davlat qonuni
bilan himoya qilinadi va uni buzgan shaxslar jinoiy javobgarlikka
tortiladi.
Nashrlarning yana bir turi ruknli nashrlar bo‘lib, ular
umumiy mazmunga, yo‘nalishga, kitobxonlar guruhiga,
maqsadga ega va umumiy rukn nomi bilan chiqariladi. Ammo har
biri alohida muallif, alohida nom, chiqish ma’lumotlariga ega
bo‘ladi. Masalan, „XX asr o‘zbek romani“ rukni ostida A. Qo-
diriyning „O‘tkan kunlar“, „Mehrobdan chayon“, A. Qah-
horning „Sarob“, „Qo‘shchinor chiroqlari“, Sh. Rashidovning
30
„G‘oliblar“, Cho‘lponning „Kecha va kunduz“, Oybekning
„Navoiy“ va boshqa romanlar nashr etildi. Har bir nashr o‘z
kitobxoniga, maqsadiga ega bo‘ladi, aniq masala yoki muammoni
hal etishga yordam beradi, ilmiy tadqiqotlar natijasi haqida,
davrning ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayoti, ishlab
chiqarish masalalari, kashfiyotlar, ixtirolar, yangiliklar to‘g‘risida
axborot beradi. Maqsadiga ko‘ra nashr hajmi, xarakteri, tuzilishi,
nashrning bezatilishi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |