Farg’ona Politexnika instituti Qurilish fakulteti 09-20 MKQ guruhi talabasi Sayfiddinov Azamat ning Falsafa fanidan tayyorlagan taqdimot loyihasi Reja - Abu Rayhon Beruniyning falsafaviy idroki.
- Abu Rayhon Beruniyning bilish nazariyasi.
Abu Rayhon Beruniyning falsafaviy idroki - Abu Rayhon Beruniyning (973-1043) fikricha inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Lekin insonning hayvondan tubdan farq qiladigan bu xususiyati qanday bo’lganligini tushuntirganda xudoga murojaat qilib, insonni xudo azaldan shunday yaratgan deydi. Beruniyning ruhiy va moddiy ehtiyojlarning roli haqidagi fikri o’sha davr uchun nihoyatda qimmatli fikr edi. U jamiyat yuzaga kelishida kishilarning moddiy ehtiyojlari rolini ko’ra oladi. Beruniyning fikricha, aql, mehnat, erkin tanlash insonning hayotini va ijtimoiy holatini belgilaydi. Inson o’z ehtiyojlarini mehnat tufayli qondiradi deydi.
Abu Rayhon Beruniyning bilish nazariyasi. - Beruniyning falsafiy qarashlari hozirgi zamon fani uchun ham katta qiziqish uyg’otadi. Chunki Beruniy o’z davrining tajribaviy bilimlarini puxta egallagan olim edi. Ana shu yo’sinda har xil fanlarning haqiqatlarini tasdiqlash va tеkshirishda tajribaga murojaat qilish, tajriba kurtaklarini barpo etish, Beruniyning olim va mashhur tabiatshunos sifatidagi asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, uning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlarining muayyan tomonlarini aniqlovchi muhim omillardan hisoblanadi. Ana shu nuqtai nazardan Beruniyning merosini tadqiq qiluvchi ko’pgina olimlarning e'tiroficha, u o’z davrining ajoyib qomusiy olimi bo’lgan. Beruniyning turli fanlar sohasi bo’yicha qo’llagan tajribaviy uslubi naqadar foydali ekanligini “Minerologiya” asarida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Beruniyning minerologik merosini o’rganuvchi rus olimlaridan biri G. Lеmmlеyn uning minerologiyada qo’llagan uslubi va minerologiya faniga qo’shgan hissasi to’g’risida gapirib: “Mantiqiy tuzilishlarni kuzatish va tajribada aniqlashni talab etuvchi ilmiy uslub hamda hozirgi zamon fanining talablariga javob beruvchi mеtoddir…, Beruniy davrida tajribaviy fanlar ma'lum taraqqiyotga erishayotgan va tajribaviy uslub birinchi marta sеzilarli darajada tabiatshunoslik amaliyotiga kirayotgan edi” -dеydi. Beruniy tabiiy-ilmiy merosining falsafiy ahamiyati haqida gapirar ekanmiz, uni turli aniq fanlar bo’yicha ko’targan masalalari o’z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, ya'ni falsafiy dunyoqarash rеjasida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Masalan, uning astronomiya (fazo tuzilishi, Yerning harakati va hokazo), gеologiya (Yerda sodir bo’layotgan kеng jarayonlar, Yer ayrim qismlarining kеlib chiqishi va tuzilishi), minerologiya (minerallarning klassifikatsiyasi va ularning paydo bo’lishi), biologiya (tabiiy va sun'iy tanlash va hokazo) kabi ko’pgina fanlar bo’yicha ko’targan masalalarida shuni ko’rish mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |