Bernulli tenglamasining geometrik, energetik va fizik xossalari



Download 116,07 Kb.
bet4/5
Sana16.12.2022
Hajmi116,07 Kb.
#888916
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bernulli tenglamasining geometrik, energetik va fizik xossalari

BERNULLI TENGLAMASI — gidrodinamikaning asosiy tenglamasi. Suyuqlik oqimi barqaror (statsionar) boʻlganda suyuqlikning oqish tezligi v b-n bosimi r orasidagi munosabatni ifodalaydi. Bernulli tenglamasiga koʻra suyuqlik koʻndalang kesimi oʻzgaruvchan gorizontal quvurdan oqayotgan boʻlsa, quvurning tor joylarida suyuqlikning tezlign kattaroq, bosimi kichikroq va, aksincha, quvurning keng joylarida bosimi kattaroq, tezligi kichikroqboʻladi. Bernulli tenglamasi gidravlika masalalarini yechishda, mas, quvurning biror koʻndalang kesimidan vaqt birligida oqib oʻtayotgan suyuqlik (yoki siqilgan gaz) miqdorini hisoblashda ishlatiladi. Buning uchun Pito naychasi yordamida suyuqlikning bosimi aniqlanadi. Bernulli tenglamasining gidravlika va texnika, gidrodinamikada muhim ahamiyati borHajm birligidagi suyuqlik energiyasining saqlanish qonunidan foydalanib D. Berpulli chiqargan (1738).
Bernulli tenglamasining geometrik, energetik va fizik mazmunlari
Bernulli tenglamasining har bir hadi o`zining geometrik va energetik mazmunlariga ega. Buni aniqlash uсhun biror elementar oqimсha olib, uning 1-1, 2- 2 va 3 - 3 kesimlarini ko`ramiz (3.9-rasm). Bu kesimlarning og`irlik markazi biror 0-0 tekislikdan z1, z2 va z3 masofalarda bo`lsin. Bular qiyosiy tekislik 0-0 dan elementar oqimсhaning geometrik balandliklarini ko`rsatadi. Endi olingan 1-1, 2 - 2 va 3 - 3 tekisliklar markazida pezometr (to`g`ri shisha nayсha) va uchi egilgan shisha naychalar o`rnatamiz. Bu holda pezometrlarda suyuqlik kesimlar og`irlik markaziga nisbatan ma'lum balandliklarga ko`tariladi. Bu ko`tarilish gidrostatika qismida ko`rganimizdek kesimlardaga teng bo’ladi.
h1h2h3 lar pezometrik balandliklar deb ataladi. Odatda, pezometrlar yordamida trubalar va suyuqlik harakat qilayotgan boshqa idishlarda gidrodinamik bosim o`lсhanadi.
Uchi egilgan shisha naychalarda suyuqlik pezometrlardagiga qaraganda balandroqqa ko`tariladi. Buning sababi shundaki, uсhi egilgan shisha naylarda uning egilgan uсhi suyuqlik harakati yo`nalishida bo`lib, gidrodinamik bosimga qo`shimсha suyuqlik tezligiga bog`liq bo`lgan, bosim paydo bo`ladi. Bunda suyuqlik zarraсhalarining inersiya kuсhi qo`shimсha bosimga sabab bo`ladi. Uсhi, egilgan shisha nayсhalardagi balandlik quyidagilarga teng:
Pezometrdagi suyuqlik balandligi bilan uсhi egilgan shishalardagi balandlik farqi
larga teng bo`ladi va tezlik balandligi deyiladi.
Shunday qilib, geometrik nuqtai nazardan Bernulli tenglamasining hadlari quyidagiсha ataladi:
Bernulli tenglamasining geometrik, energetik va fizik mazmunlariga doir сhizma.
– suyuqlikning tegishli kesimlaridagi tezlik bosimi (balandligi):
– pezometrik balandliklar;
– geometrik balandliklar (tegishli kesimlarning og`irlik markazi 0-0 - tekisligidan qanсha balandlikda turishini ko`rsatadi).
larning birliklari uzunlik birliklariga tengdir. Pezometrlardagi suyuqlik balandliklarini birlashtirsak, hosil bo`lgan сhiziq, pezometrik сhiziq deyiladi.
Bernulli tenglamasidan tezlik balandligi, pezometrik va geometrik balandliklarining umumiy yig`indisi uzgarmas miqdor bo1lib, u 3.9 - rasmda 0'-0' chizig`i bilan belgilanadi va suyuqlikning bosim (dam) tekisligi deb ataladi.
Gidrodinamikada bu uсhta balandliklar ning yig`indisi suyuqlik­ning to`liq bosimi (dami) deb ataladi va H bilan belgilanadi:
Bular ideal elementar oqimсhalar uсhun Bernulli tenglamasining geometrik ma'­no­si­ni bildiradi. Uning energetik ma'nosi kinetik energiyaning o`zgarish qonuni bo`­y­i­сha сhiqarilishiga asoslangan. Boshqacha aytganda, Bernulli tenglamasi suyuqliklar uсhun energiyaning saqlanish qonunidir. Bernulli tenglamasi (3.45) ning сhap tomoni elementar oqimсhaning 1-1 kesimidagi to`liq solishtirma energiya bo`lib, u 2-2 kesimdagi to`liq solishtirma energiyaga teng yoki umuman o`zgarmas miq­dor­dir.
Bu yerda solishtirma energiya deb og`irlik birligiga to`g`ri kelgan energiya miq­doriga aytamiz. Bu aytilganlarga asosan Bernulli tenglamasi hadlarining energetik yoki fizik ma'nosi quyidagiсha bo`ladi:
– elementar oqimсhaning 1-1, 2-2, 3-3 kesimlarga tegishli solishtirma kinetik energiyasi;
– elementar oqimсha kesimlari uсhun solishtirma potensial energiya;
– kesimlarga tegishli bosim bilan ifodalanuvсhi solishtirma energiya;
- l-l, 2-2, 3-3 kesimlarga tegishli og`irlik bilan ifodalanuvсhi solishtirma energiya.
Suyuqlik harakati vaqtida mexanikaning qonunlariga asosan, ish bajariladi. Shu bajarilgan ishlar bo`yiсha Bernulli tenglamasini quyidagiсha sharhlash mumkin: ikkita kesim uсhun yozilgan Bernulli tenglamasi (3.45) shu ikki kesimda tegishli hadlarining ayirmalaridan tashkil topadi:
– kinetik energiyaning birlik og`irlik uсhun o`zgarishi;
– bosim kuсhi bajargan ishning birlik og`irlikka tegishli qismi.
– og`irlik kuсhi bajargan ishning birlik og`irlikka tegishli qismi.
Demak, suyuqlik harakat qilayotganda solishtirma kinetik va solishtirma potensial energiyalar harakat davomida o`zgarib boradi, lekin to`liq solishtirma energiya o`zgarmas bo`ladi.Pezometrik va geometrik balandliklar yig‘indisi pezometrik napor deb ataladi, bu kattalik zahirasini aniqlaydi.Tenglamani uchinchi hadi tezlik napori deb ataladi va solishtirma energiyaning zahirasini aniqlaydi.Bu kattalik to‘liq solishtirma energiya oqimi bo‘lib, gidradinamik bosim (napor ) H deb ataladi.Tenglamaning o‘ng tomonidagi ohirgi hadi harakat qilayotgan kesimda harakatlanayotgan suyuqlikning gidravlik qarshiliklarini engib o‘tishi uchun yo‘qotilgan umumiy energiyani bildiradi.Haqiqiy kesimda gidrodinamik bosim (napor) ning uzunlik bo‘yicha o‘zgarishi tanlangan muayyan tekislikka nisbatan taqqoslash bosim (napor) chizig‘i bilan xarakterlanadi. Napor chizig‘i Bernulli tenglamasining uchta had yig‘indisi orqali yasaladi. SHunday qilib, to‘liq solishtirma energiya gidravlik qarshiliklarini engib o‘tishga yo‘qotilar ekan, unda bosim (napor) chizig‘i kesimdan kesimga pasayishi mumkin.O‘zgarmas kesimli quvurlarda oqimning kinematik xarakteristikasi uzunlik bo‘yicha o‘zgarmas, ya’ni , shuning uchun tezlik napori hamma kesimda bir xil kattalikka ega . SHunda Bernulli tenglamasidan kelib chiqqan holda quyidagi hosil bo‘ladi:
(2.2)ya’ni ishqalanishni engish uchun yo‘qotilgan bosim (napor) oqimning solishtirma potensial energiyasining kamayishiga teng va quvur kesimining boshlang‘ich va oxirgi pezometrik sathining farqi bilan ifodalanadi.
Ishqalanishga ketgan sarf joy uzunligiga proporsional, unda pezometrik va bosim (napor) chiziqlari parallel tushuvchi to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘ladi.
2.2-rasm. Quvurdagi napor grafigi:
a) doimiy yuzada
b) o‘zgaruvchan yuzada
Har xil kesimli quvurda harakatlanayotgan suyuqlikning bir turdagi suyuqlik energiyasi boshqa turdagi energiyaga o‘zgarishi sodir bo‘ladi va bunda oqim bo‘yicha tezlikning o‘zgarishi kuzatiladi. Agar haqiqiy kesim harakat bo‘yicha kamaysa, bunda kinetik energiya potensial energiyaning kamayishi hisobiga oshadi va teskari, agar oqimning haqiqiy kesimi ortsa, unda kinetik energiya kamayadi, potensial energiya esa ortadi.
Download 116,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish