Tartibli laxzalar
Vaqt
Uyqudan turish, ertalabki badantarbiya, yuvinish
8:00-8:45
Nonushta
8:45-9:15
Sayr
9:15-10:00
Mashgʻulot
10:00-11:00
Sayr, oʻyin va koʻngil ochish toza havoda
11:00-12:45
Tushlik va kundalik uyquga tayyorgarlik
12:45-13:00
Kunduzgi uyqu
13:00-15:00
Mashgʻulot
15:00-16:30
Sayr va toza havodagi oʻyin
16:30-18:00
Tinch oʻyin
18:00-20:00
Kechki uyquga tayyorgarlik, yuvinish, tishini tozalash
20:00-20:30
Uyqu
20:30-8:00
Burchak hosil qilgan holda bukilib, oyoq tagi polga yoki oyoq qoʻyshchga
tiralib turadi. Bolani yoza boshlashdan oldin qoʻlini tirsagidan stol chetiga erkin
qoʻyib ketin yelkasini stolga chetidan taxminan 450 burchak hosil boʻladigan qilib
echib oʻtirishga odatlantirish zarur.
Bunda oʻng qoʻl daftar ustida turadi, chap qoʻl esa daftarni uchidan salgina
ushlab turadi. Koʻzdan kito yoki daftargacha boʻlgan oraliq 30 -35 smga teng
boʻlishi kerak. Daftarning pastki chap burchagi oʻquvchining koʻkrak oʻrtasi
qarshisiga toʻgʻri keladigan qilib qoʻyilishi kerak.
21
Uy vazifalarini bajarayotganda ham ish bilan dam olishni almashtirib
turish: har bir vazifani bajarib boʻlgan 10 -15 minut tanaffus qilish zarur.
Ota –onalarning bolaga, uning oʻqishiga doim e’tibor berishlari, oʻquv
mabduriyatlarini bajarishi bilan qiziqishlari, maktab va oʻqituvchining oʻquvchiga
qoʻyiladigan talab va qoidalariga maslahat va topshiriqlariga jiddiy munosabatda
boʻlishlari bolani muvaffaqiyatli oʻqitish va tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
2.2. Bola asab tizimining alohida xususiyatlari
Ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalarning toʻlaqonli jismoniy
tarbiyasini amalga oshirishda bola markaziy asab tizimi rivojlanishining yoshga
oid qonuniyatlarini oʻrganish alohida ahamiyatga ega. Bu pedagogik ta’sir etish
shakllarni tanlashga va ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga yordam beradi.
Olimlarni aniqlashicha, bola oʻzining tugʻma qobiliyati va asab tizimi
xususiyatlari bilan dunyoga keladi. Biroq, ular bola psixik rivojlanishining organik
zamini boʻlib, bu rivoshlanishning xarakter va darajasini belgilamaydi.
Shuningdek, har bir bola oʻzining asab-ruhiy rivojlanishi uchun ishonchli asosni
tashkil etuvchi katta potensial psixofiziologik imkoniyatlarga ega boʻlishi
isbotlangan. Shunday qilib, bir tomondan organik zaminni va ikkinchi tomondan
potensial imkoniyatlarni hisobga olgan holda, eng qulay pedagogik sharoit
yaratish, maqsadga yoʻnaltirilgan tarbiya va ta’lim sharoitida bola organizmi va
psixikasga bevosita ta’sir etish imkonini beradigan jismoniy tarbiya jarayonini
toʻgʻri tashkil etish lozim. Bolaning tugʻma asab tizimi xususiyatlari va uning
shakllanishidagi tashqi ta’sirning yetakchi rolini hisobga olgan holda toʻgʻri tartib
(yaxshi uyqu, mashgʻulotlar hajmini aniq belgilash, faol harakat faoliyati, ochiq
havoda boʻlishga belgilangan vaqt) va uning ogʻishmay bajarilishini ta’minlash
muhimdir. Bunda ijobiy emotsional vaziyat – bolalarning oʻzaro va kattalarning
bolalar bilan bir maromda vazmin, doʻstona munosabatlari alohida ahamiyatga ega.
Fiziolog N.I. Krosnagorskiy fikricha: “Kattalarning namu- na boʻlishi,
atrof-muhit va butun sharoit oliy asab tizimining rivojlanishida muhim omillar
22
sanaladi. Norozilik, hayajonli, janjalli vaziyatda bolalar injiqliklarining turli
shakllari kelib chiqadi, bolaga har tomonlama vazmin muomala qilish esa qat’iy,
tugallangan xarakter shakllanishining yaxshigina vositasidir”.
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarning tipologik xusu-siyatlariga
individual tartibda yondashish, tartib uchun optimal sharoit, chiniqish, faol harakat
faoliyati, bolaning emotsional ijobiy holatini amalga oshirish maqsadida hisobga
olinadi.
Tarbiyachining kundalik turmush jarayonidagi shaxsiy kuzatishlari juda
muhimdir. Mavjud tahlil qilish tarbiyachiga zarur xulosalar chiqarishga va
bolaning emotsional holatini saqlab turishga, xilma-xil faol faoliyatni
rivojlantirishga, ijodiy maylini namoyon qilish yoʻllarini belgilashga yordam
beradi.
Jismoniy tarbiya bola shaxsining har tomonlama rivojlani- shiga ta’sir
etishning amaliy vositalari va metodlariga ega. Faol harakat faotiyati jarayonida
bola axloqiy-irodaviy sifatlarni namoyon etishni mashq qiladi: oʻyinda qoʻlga
tushish xavfiga qaramasdan botirlik bilan harakat qiladi, oʻrtogʻini qoʻllashga,
umumiy ishni hamma bilan birgalikda bajarishga intiladi, (masalan, oʻz vaqtida
yugurib kelib, barcha bolalar bilan safga tizilishi) va boshqalar. Bunday harakat
birnecha bor takrorlangach, bola uni zarurat sifatida anglaydi, tarbiyachi va
tengdoshlarining ragʻbatlantiruvchi bahosi bolada ma’naviy qoniqish tuygʻusi,
emotsional koʻtarinkilik, bundan keyin ham shunday harakat qilish istagini
uygʻotadi. Yetakchi rollarni tortinchoq bola ijro etishi va tarbiyachining
topshirigʻiga koʻra biror mashqni qanday bajarishni barcha bolalarga koʻrsatish va
tushuntirish, uni asta-sekin uyatchanlikdan qutqaradi, xotira- sini charxlaydi,
mashgʻulotlarga qiziqishni uygʻotadi. Bola an- cha xushmuomala, tashabbuskor,
xushchaqchaq boʻla boradi. Yengiltak, biroq oʻziga bino qoʻygan bolalar
mashgʻulotlar va oʻyinlar jarayonida asta-sekin umumiy talablarga boʻysunadigan,
ancha vazmin, uyushgan, oʻzgalarga yon beradigan, qiziqarli topshiriqlar (oʻyinda
boshlovchi boʻlish, sevimli rolni oʻynash, mashqlarni tushuntirish va namoyish
qilish h.k.)ni bajarishda navbatga rioya qiladigan boʻla boradilar.
23
Chiniqishga oid tadbirlar asab tizimini mustahkamlaydi va uning faoliyatini
yaxshilaydi; jismoniy mashqlar, jumladan harakatli oʻyinlar faol harakat faoliyati
uchun sharoit yaratadi va emotsional koʻtarinkilik, gʻayrat uygʻotadi, qon
aylanishi, yurak faoliyati va miyaning qon bilan ta’minlanishini kuchaytiradi,
organizmni umumiy sogʻlomlashtirishga yordam beradi.
Bolada ijodiy tashabbusning tizimli rivojlanishini jismoniy tarbiyaning
ajralmas qismi deb hisoblash lozim. Bu tashabbusning namoyon boʻlishiga
harakatli oʻyinlar va jismoniy mashqlardagi harakat faoliyati yordam beradi. Bu
harakat shakllarida (bolalarga) beriladigan ijodiy topshiriqlar tasavvur va
tafakkurning rivojlanishini, assosiatsiya va biror narsa oʻylab topish istagining
tugʻilishini, soʻng oʻz niyatini amalda qoʻllashga intilishni kuchaytiradi. (L.M.
Korovina, E.Y. Stepanenkova).
“Inson salomatligi haqida gʻamxoʻrlik, ayniqsa bola salo- matligi haqida
gʻamxoʻrlik, – deb yozgan edi V.A. Suxom- linskiy, – bu faqatgina sanitariya-
gigiyena me’yor va qoida- lari kompleksi, tartib, ovqatlanish, mehnat qilish, dam
olishga qoʻyiladigan talablar yigʻindisigina emas. Bu avvalo, barcha jismoniy va
ma’naviy kuchlarning garmonik toʻkisligi haqida- gi gʻamxoʻrlikdir va
garmoniyaning gulchambari – ijod zavqi, quvonchi hisoblanadi”.
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi vazifalarini hal etishda
gigiyenik omillar, tabiatning tabiiy kuchlari va jismoniy mashqlar va boshqalardan
foydalaniladi. Har xil faoliyat turlariga kiruvchi (qoʻl mehnati, musiqa asboblarini
chalish, loy yoki plastilindan narsa yasash, qurish-yasash, rasm chizish, kiyinish,
yuvinish va boshqalar) xilma-xil harakatlar bolaning jismoniy rivojlanishiga ta’sir
etadi. Toʻlaqonli jismoniy tarbiyaga barcha vositalar, umumiy qoʻllanilganda
erishiladi, chunki ularning har biri kishi organizmiga turlicha ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |