O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasi
“Pedagogika va psixologiya”
fanidan
A M A L I Y O T
T O P S H I R I Q №1
Bajardi: TF ta’lim yo‘nalishi
_PED003 - guruh
Avazova Oygul
talabaning F.I.Sh.
Qabul qildi: Salixova Muxayyo
Toshkent 2023
1.Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning vujudga kelishini o’rganish (Esse, Bumerang usullari asosida)
2.Sharq mutafakkirlarining pedagogik g'oyalari bilan tanishish (Case study, Kichik guruhlarda ishlash usullari asosida)
3. Shaxs rivojlanishining yoshga bog’lik xususiyatlari haqida ma’lumot olish (Kichik guruhlarda ishlash, B.B.B. usullari asosida)
Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini o’rgatadi. O’tmishning pedagogik sistemalarida bo’lgan ilg’or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi.
Demak, pedagogika tarixi ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika xodisalariga davr talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil bo’lganligini ochib beradi, ilg’or qarashlarning taraqqiyot yo’lini ko’rsatib beradi.
Pedagogika tarixi fani quyidagi fanlar, ya’ni, pedagogika, psixologiya, madaniyat tarixi, O’zbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya, axloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Biz pedagogika tarixi fanini o’rganish va tahlil qilishda: qadimgi yozuvlar, bitiklar, qo’lyozma yodgorliklari, sharq mutafakkirlarining ilmiy – ma’naviy me’rosi, xalq og’zaki ijodi, muqaddas kitoblar, pandnomalar, dasturlar, o’quv qullanmalari va darsliklar, xalq maorifi masalalariga oid materiallar, matbuot materiallari, prezident Islom Karimovning ta’lim-tarbiyaga, oid asarlariga asoslanamiz.
Pedagogika tarixi fanining metadologiyasi esa milliy va umumbashariy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, Markaziy Osiyo va SHarq mutafakkirlarining ilmiy va ma’naviy merosi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’lim – tarbiyaga oid asarlari va milliy istiqlol g’oyasi haqidagi nazariyalari hisoblanadi.
Pedagogika tarixini o’rganish o’qituvchilarining faqat pedagoglik madaniyatini oshiribgina qolmay, balki, shu bilan birga, unga pedagogik mahoratni egallashga yordam beradi. SHuningdek, o’tmishning ta’lim – tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini o’rganadi, bu esa uning kundalik pedagoglik faoliyatida yordam beradi, uni bevosita amaliy faoliyatga tayyorlaydi.
Bu borada yaratilgan tarixiy, falsafiy, adabiyotshunoslikka oid asarlardan ham ijodiy foydalanishga harakat qildik. Xullas, ushbu qo’llanmaning yaratilishida faylasuf, sharqshunos, tarixchi, filolog olimlardan B.Ahmedov, A.Ahmedov, A.Abdullayev, V.V.Bartold, YE.E.Bertels, A.Bahoutdinov, I.S.Braginskiy, B.G’.G’afurov, V.Zoxidov, I.Mo’minov, O.Fayzullayev, SH.SHomuxammedov, A.Qayumov, Y.Jumaboyev, A.Irisov, M.Orifiy, M.Hayrullayev, S.Rajabov va boshqalarning ishlari qo’llanma va yo’llanma vazifasini o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |